2-jadval
№
|
Yuvish va dezinfeksiyalash vositalarining nomi
|
Preparatning qo’llanilishi
|
qo‘llanish tartibi
|
1
|
«Progress» sintetik yuvish vositalari
|
Idishlarniqo’ldayuvishIdishlarnimexani-zatsiyayordamidayuvish
|
1 litr Suvga5gr solinadi Mashina yo‘riqnoma-siga binoan
|
2
|
Kir sodasi
|
qo‘lda yuvilganda
|
1 litr suvga 10 gr
|
3
|
«Spetsialniy-2»
|
qo‘lda yuvilganda
|
Etiketkada ko’rsatil-gani bo’yicha
|
4
|
«Posudamoy»
|
qo‘lda yuvilganda mexa-nizatsiyalashgan yuvishd
|
1 litr suvga 1 choy t qoshiq 1 litr suvga 1 osh qoshiq
|
5
|
Natriy karbonat, kalsiy soda
|
qo‘lda yuvilganda
|
I litr suvga 20 gr solinadi
|
6
|
Oshxonani tozalash uchun «Svetliy»
|
Idishlarning barcha turlarini yuvish uchun (polirofkalangan alumi-niydan tashqari)
|
Yo‘riqnomasi bo’yicha
|
7
|
Xlorli oщakning 10% li konsentratsiyasi
|
Idishlarning dezin-feksiyasi
|
10 litr suvga 200 ml
|
8
|
Xloramin
|
Idishlarning dezin-feksiyasi
|
10 litr suvga 200 gr
|
Tayanch sboralar:
Alyuminiy, polimer, metall, cho‘yan, konteyner, chinni, invertar, tara. dezinfeksiya, jihoz, tarozi, dyuralumin,markirovka, chovli, bug‘ katsruUanduxovka-shkaf, xlor ohagi, xloramin, kalsiy gipoxlondrakovina, fayans, billur.
Savol va topshiriqlar:
1. Jihozlar, inventar, idish-tovoq va taralarga qanday umutiy gigienik talablar qo‘yiladi.
2. Jihoz va inventar ishlab chiqarish uchun qanday material-
lar ishlatiladi?
3. qaysi idish-tovoqlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi?
12-MAVZU: OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI TASHISH VA SAQLASHGA QO’YILADIGAN TALABLAR
REJA:
Mahsulotlarnitashishvositalari
Mahsulot tashish vositalariga qo‘yiladigan talablar
Mahsulotlarniqabulqilishqoidalari
Oziq-ovqat mahsulotlari «oziq-ovqat» markirovkasi bor maxsus avtotransportda tashiladi. Bunday mashinalarning yuk ortish ichki qismi oq tunuka yoki alumin tunuka bilan qoplanadi, olinadigan sellajlar o‘rnatiladi. Mahsulot tashiydigan har bir mashinada sanitariya-epidemiologik xizmat idorasi tomonidan bir yilga berilgan pasport bo‘lishi kerak. Mahsulotni kuzatib boruvchi, ortib-tushiravchilar sanitar kiyimiga ega bo‘lishi, belgilangan qoidaga muvofiq tibbiyot daftarchasi bo‘lishi, unda tibbiyot ko‘rigidan o‘tganlik, maxsus gigiena tayyorgarligi borligi, attetsatsiya haqida hujjati qayd qilingan bo‘lishi kerak.
Umumiy ovqatlanish korxonalariga oziq-ovqat mahsulotlari ombor va bazalardan olib kelinadi. Agar oziq-ovqatlarai tashish qonun-qoidalariga rioya qilinmasa, ular quyosh nuri, chang, yuqori harorat, mexanik zararlanish natijasida buzilishi mumkin. SHuning uchun ularni tashishda sanitariya me’yorlariga rioya qilish asosiy shartlardan hisoblanadi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari omborxonalariga keladigan oziq-ovqat mahsulotlari amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlar talabiga mos kelishi, toza, sozlangan taralarda bo‘lishi shart. Sifati har bir idishdagi markirovka yorlig‘i, sana, tayyorlangan soati va sotilishining oxirgi muddati qo‘shib yuboriladigan hujjatda yozilgan bo‘lishi kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun alohida har bir mahsulot uchun moslashtirilib «Non», «Sut», «oziq-ovqatlar» kabi yozuvlar bilan belgilab qo‘yilgan berk yukxonali, ichki qismiruxlangan yoki oq tunuka bilan qoplangan avtotransportdan foydalaniladi.
Kartoshka, karam, tarvuzlarni ochiq kuzovli avtomashi-nalarda, albatta, brezent bilan o‘ralgan holda tashishga ruhsat etiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini yaqin masofaga yuk tashuvchi motorollerlar yordamida tashiladi. Tez buziladigan mahsulotlarni sovutgichli yoki izotermik sovutiladigan avtomobillarda 6 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda 3 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda tashiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari tashiladigan taralar engil, zanglamaydigan materiallardan yasalgan bo‘lib, turli mahsulotlar uchun alohida mo‘ljallanadi. Tashiladigan mahsulotlarning barchasini sifat sertifikati tayyorlangan va sotilish muddati ko‘rsatilgan yuk hujjati bo‘lishi kerak.
Ayniqsa, tez buziluvchi (yarimfabrikatlar, tayyor kulinariya va qandolat mahsulotlari) va yarim tayyor mahsulotlar bilan savdo qiluvchi oshxonalar, magazinlar, bufetlarga olib boriladigan mahsulotlarga alohida e’tibor berish talab qilinadi. CHunki bu mahsulotlar mikroorganizmlar bilan tez zararlanishi mumkin. Ushbu mahsulotlarni tashishning sanitariya qoidalariga quyidagilar kiradi:
1) xom va tayyor mahsulotlarni alohida-alohida tashish kerak;
yilning issiq fasllarida yarimfabrikatlarni yopiq sovutiladigan kuzovlarda 6 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, 2 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda tashish kerak;
yarimfabrikatlar maxsus zich yopiladigan, qopqoqli metall taralarda, tayyor ovqatlar esa termoslar, katsrulkalar, qopqoqli lotoklarda;
oziq-ovqat mahsulotlarini tashishda ularni tayyorlagan tashkilot nomi, tayyorlash sanasi, soati va’saqlanish muddati, qadoqlovchining nomeri ko‘rsatilgan yorliq yopishtirilgan bo‘lishi kerak;
taomlar tashishdan 7 soatlar oldin tayyorlashga ruhsat etiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari sifati korxona sifatini nazorat qilish xizmati vakillari tomonidan takshiriladi. Agar laboratoriya bo‘lsa, uning xodimi tekshiruv o‘tkazadi. Kelayotgan oziq-ovqat mollari sifatini nazorat qilishni ishlab chiqarish mudiri yoki uning o‘rinbosarlari, oshpaz-brigadir, bufetlarda — bufetchi amalga oshiradi.
quyidagi hollarda mahsulot qabul qilib olish taqiqlanadi:
- oziq-ovqat xomashyosi va oziqa mahsulotlarining sifat hamda xavfsizligini tasdiqlovchi huijatlar bo‘lmasa;
go‘sht va qishloq xo‘jalik chorva mollarining hamma xillari:
kallapocha, ichak-chavoqlarda veterinar tamg‘asi bo‘lmasa;
- baliq,qisqichbaqa,parranda go‘shtlarida veterinar guvohnomasi bo‘lmasa;
tuxumning sirti iflos, chaqilgan, singan bo‘lsa;
konservalar iflos, bankalar urilgan, etiketkasiz bo‘lsa;
- yorma, un, quruq meva va boshqa mahsulotlarga omborxona kemiruvchilari zarar etkazgan bo‘lsa;
sabzavot va mevalarda mog‘orlash va chirish bo‘lsa;
uyda tayyorlangan mahsulotlar;
- realizatsiya muddati o‘tgan tez buziluvchi mahsulotlar. Korxonalar mahsulotlarni buzilishdan saqlash qoidalariga
rioya qilish talablarini bajarishi lozim.
Saqlash uchun qabul qilingan mahsulotlarni mol yuboruvchining idishida (bochka, qutilar, flyaga, bidonlar va boshqalar) saqlanadi yoki toza, mahsulotga moslanib ishlab chiqilgan va markirovka qilingan qabul qiluvchining taralariga joylashtiriladi.
Mahsulotlarni idishsiz, ochiq holda taroziga qo‘yib tortish taqiqlanadi, idishlari bilan yoki toroziga kleyonkalar, qog‘oz va boshqa toza narsalar solinadi.
Sanitariya talablariga ko‘ra oziq-ovqatlar tashiladigan transport har kuni ishdan keyin kalsiyli soda solingan issiq suv bilan yuvilishi va kamida 1 haftada 1 marta 2% li xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi kerak. Kuzovlar usti o‘raladigan brezentlar ifloslanish darajasiga qarab ishqorli suv bilan yuviladi. Avtomashinalarni yuvish avtobazalarda va oziq-ovqat korxonalarida tashkil etiladi. Har bir umumiy ovqatlanish korxonasiga qaytariladigan taralar tozalanib issiq suv bilan yuvilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |