Tayanch iboralar:
Muzgenerator, buyurtma, taom harorati, sovutgich jihozlari, shkafli seksiya, gatsronom mahsuloti
Savol va topshiriqlar:
Tayyor taomlarni tarqatishda qanday sanitariya talablari mavjudligini aytib bering
Sovuq gazaklar, birinchi, ikkinchi va shirin taomlarni saqlash muddatlarini aytib bering.
qaysi taomlarni kelgusi kunga qoldirish ta ‘qiqlanadi?
20-MAVZU: OZIQ-OVQATNAZORATI VA SANITARIYA QONUNCHILIGI
REJA:
Oziq-ovqat sanitariyasi
SES ovqatlanish gigienasi bo‘limining vazifalari
Sanitariya qonunchiligi
Yuqori tashkilotlaming sanitariya hizmati
Ovqatlanish gigienasida erishilgan ilmiy yutuqlarni amaliyotga, oziq-ovqat, umumiy ovqatlanish korxonalarining kundalik ishiga, savdoga va mamlakatimiz aholisining turmushiga joriy qilish davlat ahamiyatiga ega. Ovqatlanish gigienasidagi amalda qo‘llanishi va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini, ularni tayyorlash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan sog‘lomlashtirish tadbirlariga oziq-ovqat sanitariyasi deyiladi. Bu ishni SES ning ovqatlanish gigienasi bo‘yicha maxsus bo‘limlari amalga oshiradi. Bunday sansiyalar hamma shaharlarda va tuman markazlarida mavjud, yirik posyolkalarda esa SES bo‘linmalari bor.
Shahar (tuman) dagi aholi soniga ko‘ra SES ovqatlanish gigienasi bo‘limida bir necha vrach va sanitariya feldsherlari (1-kategoriyali SES) yoki bitta sanitariya vrachi va bir necha sanitariya feldsherlari (2-kategoriyali SES) yoki SES bosh vrachining bevosita rahbarligi ostidagi 1-2 ta feldsher (III kategoriyali SES) ishlaydi. HI-kategoriyali SES sanitariya feldsheri zimmasiga mas’uliyatli vazifa yuklanadi: oziq-ovqat mahsulotining sifati, oziq-ovqat korxonalari ishining sanitariya tartibiga baho berish.
SES ovqatlanish gigienasi bo‘limining vazifalari quyidagilardir:
1. Aholining turli guruhlari jumladan, sanoat va qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ishchi-dehqonlar, maktabgacha va maktab muassasalaridagi bolalar va o‘smirlar, yoshi ulug‘ kishilar, sportchilar, davolash muassasalaridagi bemorlar va boshqalarning ratsional ovqatlanishini uyushtirishda ishtirok etish.
Aholiga beriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya jihatidan nazorat qilish va ovqatdan zaharlanishning oldini olish.
Mavjud oziq-ovqat korxonalari ustidan joriy sanitariya nazorati olib borish.
Loyiha qilinayotgan, yangi qurilayotgan va rekonsruksiya qilinayotgan oziq-ovqat sanoatiga qarashli umumiy ovqatlanish va savdo korxonalari ustidan ehtiyot sanitariya nazorati o‘rnatish.
Aholi o‘rtasida ratsional ovqatlanish haqida tashviqot olib borish maqsadida sanitariya-oqartuv ishlarini o‘tkazish.
SES ning ovqatlanish gigienasi bo‘limi yoki ovqatlanish gigienasi bo‘yicha vrachining ishi kompleks reja asosida olib boriladi, unga ovqatlanish gigienasining yuqorida ko‘rsatilgan hamma bo‘limlari bo‘yicha tadbirlar, ularni bajaruvchilar, bajarish muddatlari kiritiladi. Ratsional ovqatlanishni uyushtirish bo‘limi bo‘yicha muayyan kontingentlar (ishchilar, dehqonlar, bolalar va o‘smirlar, davolash muassasalaridagi bemorlar) ning ovqatlanishi ustidan ilmiy asosda nazorat olib borish ko‘zda tutiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini sanitariya jihatidan nazorat qilish sanitariya ekspertizasi mahsulotlarga sanitariya-gigienik baho berishdan iborat bo‘lib, ularning oziq-ovqat qiymatini yoki aholi sog‘ligi uchun bezararligini aniqlashga qaratilgan. Sanitariya ekspertizasi mahsulotning organaleptik xossalarini, undagi zararli aralashmalar (jumladan petsisidlar)ni, kimyoviy tarkibidagi o‘zgarishlarni, to‘yimliligi, ozuqaviy qiymati, bakterial zararlanish darajasi va mikroflorasi xarakterini aniqlash, mahsulotga taalluqli epidemiologik ma’lumotlarni va itse’mol qilinganda^epidemik kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilarini yoki toksikoinfeksiyalarni paydo bo‘lishi mumkinligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Sanitariya ekspertizasida, shuningdek, mahsulotni saqlash sharoiti va realizatsiya qilish muddati, aniqlangan xossalariga ko‘ra uni qayta ishlash yoki yo‘qotish hal qilinadi.
Korxona ishining sanitariya tartibi, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatiga taalluqli sanitariya qoidalarining bajarilishini nazorat qilish sanitariya ekspertizasining vazifasi hisoblanadi. Joriy sanitariya nazoratini sanitariya vrachi yoki uning yordamchisi—sanitariya feldsheri ob’ektni shaxsan tekshirish yo‘li bilan olib boradi. Bu oziq-ovqat korxonalarini sanitariya holatini yaxshilashga, xodimlarni sanitariya bilimini va sanitariya madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, joriy sanitariya nazorati natijasida rekonsruksiya, remont ishlari, texnologik jarayonni takomillashtirish, korxonani zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash (jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish), ventilyatsiya, kanalizatsiya, yoritish kabilarni yaxshilash bo‘yicha tadbirlarning rejasi va ish hajmi belgilanadi. Joriy sanitariya nazorati SES rejasi bo‘yicha bir hafta, bir oyga tuziladigan grafiklar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Rejali nazoratdan tashqari, ba’zan oziq-ovqat korxonalarini shoshilinch sabablar bo‘yicha tekshirish (ovqatdan zaharlanishlar, epidemik ko‘rsatmalar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda ro‘y beradigan avariya holatlari va b.) zarurati vujudga keladi.
Ehtiyot sanitariya nazorati oziq-ovqat korxonalari ob’ektlarini loyihalashda va qurishda sanitariya me’yorlari va qoidalarining bajarilishini nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi. Bu korxonaning foydalanishga tushurguncha sanitariya qoidalarining buzilishini oldini olish imkoniyatini beradi.
Ehtiyot sanitariya nazorati uch bosqichda olib boriladi:
oziq-ovqat korxonalari loyihalarini tuzishda sanitariya me’yorlari va qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat olib borish;
oziq-ovqat ob’ekti qurilayotganda sanitariya talablari, me’yorlari va qoidalarining bajarilishi ustidan nazorat qilishdan;
yangi qurilgan yoki rekonsruksiya qilingan ob’ektni ishga tushirishda sanitariya talablari, me’yorlari va qoidalarining bajarilishi ustidan nazorat qilish.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarining loyihalari maxsus loyiha insitutlari tomonidan ishlab chiqiladi. Ular muassasa rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi. Loyihada sanitariya me’yorlari va qoidalaridan chetlashishlar bo‘lsa, ular albatta sanitariya xizmati bilan kelishib olinishi kerak.
Sog‘liqni saqlash vazirligining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘riqnomasiga binoan sanitariya xizmati loyihaning bosh injener imzosi bilan tasdiqlangan loyihada sanitariya me’yorlari qoidalariga haqiqatdan ham rioya qilinayotganligini aniqlash uchun tanlab, tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega.
qurilishustidan samarali nazorat olib borish uchun SES da qurilayotgan ob’ektlarning kartochkasi bo‘ladi, ya’ni har bir ob’ektga belgilangan nusxa bo‘yicha karta tuziladi va unda tekshirish natijalari yozib boriladi. qurilishustidan nazorat bir necha bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqich — poydevomi va erto‘la devorlarini ishlashda sanitariya me’yorlariga rioya qilinishini kuzatib borish (erto‘la xonalariga, er osti suvlari kirishining oldini olish uchun gidroizolyatsiya ishlari) lozim. qurilishni tekshirishda avvalo loyiha hujjatlari bilan tanishish, qurilishning kalendar rejasini, ayrim inshootlarning qanday tartibda qurilishini va qurilishning qaysi muddatda tugallanishini aniqlash zarur.
So‘ngra qurilish ishlarining loyihaga muvofiq bajarilayotganligi shuningdek, ularning sifati tekshiriladi. Erto‘la devorlarini, poydevorlami gidroizolyatsiya qilish, vodoprovod va kanalizatsiya trubalarini o‘tkazish, teplofikatsiya va boshqa ishlarni bajarishda ishchi komissiyasi tomonidan er ostidagi yopiq ishlarga akt tuziladi. Komissiya sostaviga sanitariya nazoratining vakili, aksariyat sanitariya vrachining yordamchisi—sanitariya feldsheri kiradi.
Tekshirishning ikkinchi bosqichi binoning birinchi qavati ishlanayotgan davrda o‘tkaziladi. Bu davrda ish loyihada qabul qilingan reja asosida borayotganligi va xonalarning o‘lchamlariga rioya qilinishi tekshiriladi. Xonalar maydonini, karidorlarni, eshik, derazalar eni, xonalarning balandligini qisqartirish mumkin emas. Bu bosqichda shuningdek, ventilyatsiya kanallarini loyihaga muvofiq tekshirilishi lozim.
qurilishning navbatdagi tekshirishini sanitariya asboblarini montaj qilish va xonalar ichini pardozlash vaqtida o‘tkazish zarur.
qurilishvaqtida ob’ektni har safar tekshirishdan keyin qurilish bosqichlari, navbati, rejada ko‘rsatilgan tugallanish muddati aniqlangan akt tuziladi.
Yangi qurilgan ob’ekt maxsus davlat hay’ati tomonidan foydalanishga qabul qilinadi, uning tarkibida albatta, snitariya nazorati vakili bo‘lishi shart. U qurilgan korxonaning loyihaga muvofiqligini (xonalarning joylashishi, ichki pardoz ishlari sifati, texnalogik uskunalarningzamonaviyligi, uni texnalogik jarayonga muvofiq joylashganligi, korxonaning sanitariya-texnalogik jihozlanishi: issiq va sovuq suv bilan ta’minlanishi, kanalizatsiya, isitish, ventilyatsiya, sovutish asboblarining ishlashi) tekshirishi shart. Er ostidagi yopiq ishlariga tuzilgan aktlar ham tekshiriladi.
YAngi qurilgan ob’ekt sanitariya talablariga muvofiq kelsa, sanitariya xizmatining foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi vaqtli davlat qabul komissiyasi tomonidan tuzilgan aktiga imzo chekiladi. Agar bajarilgan ishlarda sanitariya jihatidan kamchiliklar, ya’ni chala qolgan yumushlar bo‘lsa, sanitariya xizmatining vakili aktga imzo chekmasdan, qurilish tashkilotiga bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar bayon qilingan talabnoma topshiradi. Sanitariya xizmati vakiliga «aktga o‘z fikri» ni yozib qo‘yish kabi qo‘shimcha eslatmalar kiritishga ruhsat etilmaydi. Kamchiliklari bo‘lgan korxonani foydalanishga shartli ravishda qabul qilish ham taqiqlanadi.
Aholining ovqatlanishini uyushtirish, oziq-ovqat mahsulotlarining gigienik ekspertizasini, joriy va ehtiyot sanitariya nazorati ustidan sanitariya nazoratini amalga oshirishda davlat sanitariya xizmati quyidagi qonun chiqaradigan hujjatlarga asoslanadi.
1. «O’zbekitson Respublikasining sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi
qonun asoslari», «Aholining sanitariya-epidemiologik tinchligini
ta’minlash» yuzasidan epidemiyaga qarshi tadbirlar sistemasini
belgilaydi; bu moddalarda davlat sanitariya nazoratini uyushtirish
va amalga oshirish tamoyillari belgilanadi; sandart va texnik
shartlarni sog‘liqni saqlash organlari bilan albatta, kelishib olishini
belgilaydi; oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, ishlov berish,
saqlash, tashish va realizatsiya qilishga qo‘yiladigan sanitiriya
talablari; oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlaydigan shaxslarni
albatta, tibbiy tekshiruvidan o‘tkazishni belgilab beradi.
O‘zbekitson Respublikasining sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra aholining sanitariya-epidemiologik jihatidan muhofaza qilish sanitariya va sanitariyaga oid epidemiyalarga qarshi tadbirlarni o‘tkazish davlat organlarining zimmasiga yuklanadi. Gigienik va epidemiyaga qarshi qoidalarni buzganlar O‘zbekitson respublikasining tegishli qonunlariga binoan intizomiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risidagi «Nizom»ga ko‘ra oziq-ovqat ob’ektlariga guvohnomasini ko‘rsatgan holda borish, sanitariya va epidemiologik tinchlikni ta’minlaydigan me’yorlar va qoidalarga amal qilishni, mansabdor shaxslardan zarur hujjatlarni ko‘rsatishni talab etish huquqi beriladi.
Insruksiyalarda, O‘zbekitson sog‘liqni saqlash Vazirligining buyruqlari, ovqatlanish gigienasi bo‘limining aholi ovqatlanishini nazorat qilishning turli masalalari bo‘yicha o‘tkazadigan tadbirlari bayon qilingan.
O‘zbekitson sog‘liqni saqlash Vazirligi va tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlangan bu qoidalarni shu idoralarga qarashli hamma korxonalar va oziq-ovqat sanoati korxonalari bajarishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi umumiy ovqatlanish va savdo orxonalarining ishini, sanitariya holatini yanada yaxshilash zarurligini ko‘rsatuvchi qarorlar. Sanoat korxonalarini, qurilishlarni, jamoa xo‘jaligi ishchilarini umumiy ovqatlanish korxonalari xizmati bilan ta’minlash ularning mehnat numdorligini oshirishda katta ahamiyatga ega, shuning uchun mamlakatimizda bu masalaga katta e’tibor beriladi. Umumiy ovqatlanish korxonasi rahbarida maxsus yo‘riqnomalar bo‘lib, unda aholini umumiy ovqatlanish bilan ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan hukumat qarorlari, savdo va sog‘liqni saqlash vazirligining ushbu sohadagi hamma buyruqlari jamlangan.
Oziq-ovqat mahsulotlariga davlat sandartlari (GOST), texnik shartlar (TSH), vaqtinchalik texnik shartlar (VTSH) va muddati, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirishda zarur bo‘ladigan boshqa hujjatlar bo‘lishi shart. Standartlarga rioya qilmaslik, davlat sandartlari buzilgan mahsulotlarni sotish taqiqlanadi.
Hukumatning ehtiyot sanitariya nazorati bo‘yicha qarorlari.
O‘zbekitson Respublikasi sanitariya qonunchiligini buzganshaxslarni jazolashni ko‘zda tutadigan Jinoyat kodeksi moddalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |