O’zi ag’dargich (samosval) kuzovli avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar



Download 205 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi205 Kb.
#20346

Aim.uz

O’zi ag’dargich (samosval) kuzovli avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar.

Reja.


1. O’zi ag’dargich kuzovli avtomobillar.

2. Tirkamalar va yarim tirkamalar.

O’zi ag’dargich- (samosval)-avtomobillar umumiy ishlarga mo'ljallangan yuk avtomobillaridan shu bilan farq qiladiki, tashilayotgan yuklarni tushirish, ularda mexanik usul bilan ag'daruvchi qurilma yordamida kuzovni qiyalatib amalga oshiriladi. Ko'pchilik samosvallarda yuk orqa tomonga ag'dariladi. Lekin ikki yoki uch tomonga ag'daruvchi avtomobillar ham bor.

Samosval-avtomobillar harakatlanish jarayoni oddiy bo'lgan avtomobillar bazasida (negizida) tayyorlanadi. Ular sochiluvchan yuklarni (qum, shag'al, tosh, don, kartoshka va h.k.) tashish uchun mo'ljallangandir, shuning uchun yuk ko'taruvchanligi va kuzovi turlicha bo'ladi. Bu kuzovlar tuzilishi va shakli ho'yicha bir-biridan farq qiladi. Ko'pincha kuzov, tog'orasimon yoki cho'michsimon turda, to'g'ri bortli metall konstruksiya ko'rinishida bo'ladi. Kuzov asosining ko'ndalang to'sini, ag'dargich uchun sharnirli tayanchlar blian ta'minlangan. Kuzovning o'rta qismiga, ko'ndalang to'sinlar orasiga, ko'tarish mexanizmi uchun tayanch vazifasini o'tovchi, qo'shimcha bo'ylama qisqa to'sinlar payvandlab qo'yiladi.

Samosval-avlomobillarda, avtomobil dvigatelidan quvvat olish qutisi orqali harakatga keltiruvchi, gidravlik ko'tarish mexanizmlari keng tarqalgan. Kuzovni ko'tarish uchun gidravlikaning qo'llanilishi kuzovni ko'tarish va tushirishga kam vaqt (10-25 soniya) sarflanishi, shuningdek, bunday mexanizmlarning ishonchliligini yuqori bo'lishi bilan tushintiriladi.

Gidravlik ko'tarish mexanizmi (138-chizma) teleskopsimon silindr (1), shesternali moy nasosi (6), boshqarish krani (5), quvvat olish qutisi (4), moy baki (2) va quvuryo'llardan (7) iborat. Quvvat olish qutisi, moy nasosi va boshqarish krani bilan konstruktiv jihatdan birlashtirilgan. U uzatmalar qutisining karteriga joylashtirilgan va uzatmalar qutisidagi orqaga yurisb shesternalari blokidan harakat oladi.



138-chizma. Gidravlik ko'tarish mexanizmi.


Ko'tarish mexanizmi richagni (3) o'ngga surish bilan ishga tushadi. Bunda. richag o'qiga o'rnatilgan shesterna, orqaga yurish shesternalar bloki bilan ilashadi va moy nasosi moyni bakdan silindrga hayday boshlaydi. Shesternalar zarbsiz ulanishi uchun ilashma oldindan ajratib turiladi. Teleskopsimon silindrning zvenolari moy bosimi ostida kerma-ket suriladi va kuzovni ko'taradi. Ko'tarishni tugatish paytida quvvat olish qutisini boshqaruvchi richag neytral holatga o'tkaziladi va ko'tarilish to'xtaydi, silindr esa surilgan hotatida qoladi.

Kuzovni tushirish uchun richag neytral holatdan chap tomonga o'tkaziladi. Oqibatda boshqarish kranidagi zolotnik surilib, haydash quvuryo'lini qaytish quvuryo'li bilan tutashtiradi va silindrdagi bosim pasayadi. Kuzovning gidrosilindr shtokiga tushayotgan og'irligi hisobiga gidrosilindr zvenolari silindr bo'shlig'idagi suyuqlikni bakka siqib chiqargan holda pastga suriladi. Kuzov asta-sekin pastga tushadi va gorizontal holatni egallaydi.



Tirkamalar va yarim tirkamalar.

Tirkama deb-o’zi yura olmaydigan transport vositasiga aytiladi. U avtomobil – shataklagichga tortish-ulash qurilmasi vositasida ulanadi. Yarim tirkamalar esa avtomobil –shataklagichga egarsimon-ulash qurilmasi yordamida biriktiriladi.

Tirkama vositalari o’qlar miqdori bo’yicha ajratiladi va ular bir o’qli, ikki o’qli hamda ko’p o’qli bo’lishlari mumkin. O’qlar sonidan qat’iy nazar tirkamalar, tashilayotgan yuklar massasidan yuzaga kelgan barcha yuklanishlarni o’zining g’ildiraklariga uzatadi. Yarim tirkamalarda vertikal yuklanishning oz qismi egarsimon-ulagich qurilmasi orqali avtomobil –shataklagichning g’ildiraklariga, ko’p qismi esa o’zining g’ildiraklariga uzatiladi.

Tirkama transport vositalarining tuzilishi. Ikki o’qli tirkama (140-chizma) shveller turidagi ramadan (5) va unga mahkamlangan bortli yuk platformasidan (3) iborat. Ramaning oldingi qismiga burish doirasini mahkamlash uchun ramajstligi o’rnatilgan. Burish doirasi zoldirli ikkita halqadan iborat bo’lib, o’z navbatida, buruluvchi aravachaning (2) ramasi bilan biriktirilgan.



140-chizma. Ikki o'qli tirkama.

Bir o’qli yarim tirkama (141-chizma) yon va orqa bortlari tashlama bo’lgan yuk platformasiga ega. Pog’onasimon rama ikki qismdan, ya’ni platformaning asosi bo’lib xizmat qiluvchi yuqorigi qismdan (6) hamda pastki qismdan (5) iborat. Pastki qismga(5), orqa o’q va g’ildiraklari bilan ressorlar (7) hamda tirgaklari (4) bo’lgan tayanch qurilma (3) mahkamlangan. gan

141-chizma. Bir o'qli yarim tirkama.



Tayanch iboralar: umumiy ishlarga mo’ljallangan, yuklarni tushirish, mexanik usul bilan ag’dargich, orqaga ag’daradi, ikki tomonga ag’daradi, gidravlik ko’targich, ko’tarish mexanizmi richagi, tirkama, yarim tirkamabir o’qli, ikki o’qli, ko’p o’qli.
NAZORAT SAVOLLARI.


  1. O’zi ag’dargich avtomobillar yuklarni qanday to’kadi?

  2. Gidravlik ko’tarish mexanizimi qanday tuzilgan?

  3. Tirkama deb qanday transport vositasiga aytiladi?

  4. Tirkamalarning qanday turlarini bilasiz?




Aim.uz


Download 205 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish