2. KLAPANLARI YUQORIDA JOYLASHGAN GAZ TAQSIMLASH MEXANIZMI.
Gaz taqsimlash mexanizmi- silindrlarga havoni (dizellarda) yoki yonuvchan aralashmani (karburatorli va gazli dvigatellarda) kiritishni hamda ishlatilgan gazlarni chiqarishni o’z vaqtida amalga oshirish uchun mo’ljallangan. Gaz taqsimlash mexanizmi klapanlarining yuqorida (silindrlar kallagida) va pastda (silindrlar blokida) joylashgan turlari bo’ladi. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi ishlatiladi. Klapanlarning bunday joylashuvi bejirim yonish kamerasi olishga, silindrlarni yonuvchan aralashma bilan yaxshi to’ldirishga va issiqlik tirqishlarini sozlashni yengillashtirishga imkoniyat yaratadi.

Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi. Quyidagi chizmada ZIL-130 dvigatelining gaz taqsimlash mexanizmi ko’rsatilgan. Taqsimlash vali aylanganda uning mushtchalari (6,7), turtgichlar (20), shtangalar (19) va koromislo (14) orqali klapanlarga kuch yuboriladi, natijada prujinalar (12) siqilib klapanlar ochiladi. Klapanlarning yopilishi siqilgan prujinalar hisobiga amalga oshiriladi. Ikkala silindrlar qatori uchun umumiy bo’lgan taqsimlash valida, shuningdek, uzgich-taqsimlagich va moy nasosi yuritmalarining shesternasi hamda yonilg’I haydovchi nasos yuritmalarining ekssentrigi joylashtirilgan. Taqsimlash vali silindrlar blokida joylashgan bo’lib, shesterna (1) orqali tirsakli valdan harakat oladi. Uning aylanishlar chastotasi tirsakli valning aylanishlar chastotasidan