Toshkent turizm va servis kolleji "tasdiqlayman"



Download 465,6 Kb.
bet23/33
Sana31.12.2021
Hajmi465,6 Kb.
#210411
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
Sanitariya va gigiyena o'quv qo'llanma 5 10 03 2021

Tayanch iboralar:

Avtotransport, yukxona, ochiq kuzovli avtomashina, motoroller, sanitar-epidimiologik xizmat, markirovka yorlig‘i, veterinar tamg‘asi, realizatsiya muddati, flyaga, bidon, bochka, quti.


Savol va topshiriqlar:

  1. Maxsulotlarni tashish vositalariga nimalar kiradi?

  2. Tashish vositalariga qanday talablar qo‘yiladi?

  3. Mahsulot qabul qilish qoidalarni aytib bering?


13-MAVZU: OZIQ-OVQAT MAXSULOTLARI SAQLANADIGAN OMBORXONALARGA TALABLAR
REJA:

  1. Mahsulotlarni omborxonaga qabul qilib olish qoidalari

  2. Omborxonalargaqo‘yiladigantalablar

  3. Mahsulotlarnisaqlashqoidalari


Tayanch iboralar:

Xomashyo, yarimfabrikat, sellaj, tokcha, ilmoq, sovutish kamerasi, ziravorlar, sitrus mevalar, krupalar.
Umumiy ovqatlanish korxonalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zahira xom-ashyolariga ega bo‘lib, ularning miqdori korxonaning quvvati va mahsulotning saqlanish muddati bilan belgilanadi. Keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari korxonaning omboriga tushiriladi, so‘ngra ehtiyojga qarab ishlab chiqarish sexlariga o‘tkaziladi. Mahsulotni qabul qilishda sandart talablari va mahsulotning ujjatlariga ko‘ra uning sifati tekshiriladi. Tekshirish orgonoleptik usul bilan yoki laboratoriyalarda amalga oshiriladi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash ularni saqlash shartlari bo‘yicha tasnif asosida amalga oshiriladi. Bular quruq mahsulotlar: un, qand, yorma, makaron va non, go‘sht, baliq, sut-yog‘, gatsronomiya, sabzavotlar.

Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoiti ularning sifatini saqlanishiga qaratilgan ma’lum sanitariya talablariga javob berishi shart:

Omborxonalar soni talab darajasida bo‘lishi kerak;

Mahsulotlarni saqlashni to‘g‘ri tashkil qilish (harorat, namlik, shamollatish);

Saqlanish muddatiga rioya qilish;

Xomashyo, yarimfabrikat va tayyor mahsulotlarni birga saqlash ma’n etiladi;

Tovarlarni birgalikda saqlash qoidalariga rioya qilish (bir-biriga xidi o‘tib ketmasligi uchun);

Maxsus omborxona jihozlarning bo‘lishi (sellajlar, tokchalar, ilmoqlar va boshqalar), mahsulotlar yaxshi saqlanishi uchun ular devordan kamida 20 sm uzoqlikda, poldan 15 sm balandlikda saqlanishi kerak.

Tez buziladigan mahsulotlarga go‘sht, baliq, sut, sabzavot mahsulotlari, qandolat mahsulotlari va shirin taomlar kiradi. Ularni saqlash sharoitining buzilishi mikroorganizmlar rivojlanishiga va natijada ovqatlaming buzilishiga hamda ovqatdan zaharlanishga, o‘tkir oshqozon ichak kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu maksimal saqlanish vaqti tayyorlangan kunidan boshlab 6 soatdan 72 soatgacha bo‘lib, harorat 6 °C dan yuqori bo‘lmasligi kerak.

Kichik umumiy ovqatlanish korxonalarida tez buziladigan mahsulotlar umumiy kamerada saqlanishiga ruxsat etiladi. Biroq go‘sht, baliq, sut mahsulotlarini saqlash joylari chegaralanishi, ular engil yuviladigan selajlar, tokchalar bilan jihozlanishi kerak. Barcha mahsulotlar umumiy sovuq kamerada yopiq taralarda saqlanadi.

Omborxona binolari sovutish kameralari (go‘sht, baliq, sut, yog‘, mevalar va ko‘katlar uchun) va sovutilmaydigan omborlarga (quruq mahsulotlar, sabzavotlar, non) bo‘linadi. Yashiklarga solingan parranda go‘shti va sut mahsulotlari selaj tokchalarida saqlanadi.

Go‘sht saqlaydigan kameralar gigienik talablarga rioya qiladigan, tez va toza yuviladigan sellajlar va zanglamaydigan po‘lat osqichlar bilan jihozlangan bo‘ladi.

Nimtalangan go‘shtlar osib qo‘yiladi, osilganda oralari ochiq bo‘lishi, bir-biriga, devorga tegmasligi shart, go‘sht polga qo‘yilmaydi. Muzlatilgan go‘shtlar sellajlarda va maxsus tokchalarda saqlanadi, kalla-pocha, ichak-chavoqlar qutilar va boshqa idishlarga joylanadi. Muzlatilgan parranda go‘shtlarini, baliqlarni mahsulot yuboruvchining idishlarida qulay joyga qo‘yiladi. qutilar oralari shamol o‘tadigan tarzda ochiq bo‘lishi kerak.

Baliq va baliq mahsulotlarini sovuq kamerada saqlash harorati -2 °C va havoning nisbiy namligi 20% bo‘lishi kerak.

qaymoq, tvoroglar qopqoq bilan yopiladigan idishlarda saqlanadi. qaymoq, tvoroglar ichida qoshiqlar, kurakchalar qoldirmasligi kerak. Ular tozalanib yuvilgandan so‘ng, maxsus idishlarda saqlanishi lozim. Har bir mahsulot tarasida mahsulot foydalanib bo‘lguniga qadar markirovka yorlig‘i saqlanishi talab qilinadi.

Sut mahsulotlarini saqlashda sovutish kameralari harorati 4 °C va nisbiy namligi 85% bo‘lishi kerak. Saqlanish muddati quyidagicha: sut 36 soat, tvorog 36 soat, qaymoq 72 soat, tuxum 6 kun, pishloq 15 kun. Sutli tvorogli va smetanali beton, bochkalar, qutichalardagi tuxumlar peshtaxtalarga qo‘yiladi, pishloqlar selajlarga qator terilib, orasiga karton qo‘yib saqlanadi.

Mayda pishloqlarni idishlarda tokcha va sellajlarga terib qo‘yiladi.

Sariyog‘ zavod idishida yoki pergamentlarga o‘ralgan holda lotoklarda saqlanadi. Eritilgan sariyog‘ flyagalarga quyiladi.

Eritilgan sariyog‘ va boshqa yog‘lar qo‘lansa hid chiqaradigan mahsulotlar bilan birga saqlanmaydi.

Gatsronomiya sovutish kameralarida kolbasa, sariyog‘, sut mahsulotlari va boshqa tez buziladigan mahsulotlarni havo harorati 4 °C, nisbiy namligi 85% da saqlash tavsiya etiladi.

Kolbasa, tuzlangan son go‘shti ilgichlarga osiladi, sosiskalar mahsulot yuboruvchining idishida yoki maxsus qutilarga solingan holda saqlanadi.

Tuxumlar qutilarda quruq, salqin joylarda boshqa mahsulotlardan alohida saqlanadi. Tuxum kukuni harorati 20° dan yuqori bo‘lmagan quruq xonalarda joylanadi. O‘simlik yog‘ini bochkalarda, bidon va boshqa idishlarda saqlanadi.

quruq oziq-ovqat omborlari qish mavsumida isitilib, ularda havo harorati 15-17 °C, nisbiy namlik 65% bo‘lishi kerak. quruq oziq-ovqat mahsulotlarini saqlanish muddati 5 kundan 10 kungachadir. Krupalar qopqoqli idishlarda saqlanadi. Unlar uzoq muddat saqlansa, namligi oshib ketishi mumkin. Bunning oldini olish uchun quyi qatlamdagi qoplarni yuqoriga olib, qayta taxlanadi. Makaron mahsulotlari yashiklarda saqlanadi. SHakar va tuzni saqlashda uni namiqib qolishdan asrash, kuchli hidli tovarlarni esa boshqa tovarlardan ajralgan holda saqlash maqsadga muvofiqdir.

Sabzavotlar saqlanadigan ombor yaxshi shamollatiladigan bo‘lishi kerak. Uning harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liqdir. Kartoshka va sabzavotlar 1,5 m balandlikdagi uyumlarda, yangi karam esa panjarasimon tokchalarda saqlanishi kerak. Tuzlangan sabzavotlar yog‘och bochkalarda saqlanadi.

Nonlarni odatda, ovqatlanish zali yaqinida joylashgan non kesish xonalarida saqlanadi va ular yuk tushirish maydonchasi bilan ta’minlanadi. Binoning bunday joylashishi nonlarni tushirishni va tashilishini engillashtiradi va qotib qolishdan saqlaydi. Xona harorati 17 °C dan pats bo‘lmasligi, nisbiy namligi 70% va quruq bo‘lishi kerak. Non itse’molga tayyor mahsulot bo‘lgani uchun uni 24 soatgacha ventilyatsiya shkaflarida yoki tokchalarda parda bilan yopiq holda saqlash mumkin. Nonning navi va turiga qarab alohida tokchalarda saqlanadi. Barcha omborxonalar toza bo‘lishi kerak. Choy va qahvalar quruq shamollatiladigan xonalarda turishi maqsadga muvofiqdir. Muzlatilgan sabzavotlar, mevalar mahsulot yuboruvchining idishida, muzlatgich kameralarda, quriq sabzavot, quriq meva va qo‘ziqorinlar ozoda shamollatiladigan binolarda saqlanadi.



Download 465,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish