Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar


O’zbekiston respublikаsidа xirurgiya fаnining rivojlаnishi



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

O’zbekiston respublikаsidа xirurgiya fаnining rivojlаnishi 
Qadimiy boy madaniyati va taraqqiy topgan 
tibbiyoti bo’lgan O’zbekistonda xirurgiya fani 
o’zining ko’p asrlik tarixiga ega. Buxorolik ulug’ 
xakim, buyuk komuschi olim, yirik faylasuf va 
isteʼdotli shoir, “Tib qonunlari”, “Kitob ash-shifo” 
singari olamshumul asarlar muallifi Аbu Аli ibn 
Sinoning (Ovrupada Аvitsenna nomi bilan 
mashxur, 980-1037 yy.) boy ilmiy merosi 
fikrimizning yorqin dalilidir. Biroq, Chingizxon 
boskini davrida madaniyat va fanning inqirozga 
Abu Ali Ibn Sino 


10 
yuz tutishi, O’rta osiyo xalqlarining o’z ozodligi yo’lida arab va boshqa 
bosqinchilarga qarshi ko’p asrlik kurashi, o’zaro kelishmovchiliklar, din va 
jaxolatparastlikning xukumronligi tibbiyotning rivojini sekinlashtirdi. Lekin shuni 
xam unitmaslik kerakki, bizning davrimizgacha saqlanib kelgan birinchi manbalar 
bilan ishlashni bilmaslik va ular bilan ishlash imkoniyatining yo’qligi (O’rta osiyo 
olimlarining ko’pgina birinchi manbalar — qo’lyozmalar London, Berlin 
shuningdek Sankt-Peterburg kutubxonalarida saqlandi) xaqiqatni bilishga doir 
bilimlarimizni cheklab ko’ygan. Shunga qaramay, yuqorida eslatib o’tganimizdek, 
Sharq tabobatining ilmiy asoschilaridan bo’lgan Ibn Sino o’zining “Tib qonunlari” 
kitobida og’riq va og’riqsizlantirish, shikastlanishlar, yiringli-yallig’lanish 
jarayonlari va jaroxatlar soxasida o’zining chuqur bilimlarini namoyish eta olgan. 
Tibbiyotga oid asarlarida (ularning soni 40dan oshadi), xususan “Tib qonunlari” da 
Ibn Sino butun O’rta asirlardagi Ovrupa va Sharq tabobatining o’zigacha bo’lgan 
asosiy yutuqlarini umumlashtirib va tizimga solibgina qolmay, balki o’zining 
sermashaqqat shaxsiy tadqiqotlari natijalari bilan boyitib, ularni ko’p jixatdan 
rivojlantirishga xam muvaffaq bo’ldi. Tibbiyot tarixi bilimdoni, olim V. D. 
Petrovning eʼtirofi bo’yicha, “Tib qonunlari” o’z davrida odamning sog’lig’iga va 
kasalliklariga taalluqli bilimlarni to’la-to’kis o’ziga qamrab olgan butun bir tibbiy 
qomusdir (1954). 
Turkiston o’lkasini istilo qilganidan keyin chor Rossiyasi sog’liqni saqlashni 
rivojlantirishga juda kam eʼtibor berdi, chor xukumati shu maksadlar uchun 
nixoyatda kam mablag’ ajratar edi(1913 yilda jon boshiga atigi 14 tiyin 
sarflangan). 
Turkistonda birinchi davolash muassasasi 1861 yilda Toshkentda ochilgan 
xarbiy lazaret (1870 yilda u xarbiy gospitalga aylantirilgan) edi. 1872 yilda 
Samarqandda 20 o’rinli shaxar kasalxonasi ochilgan. Keyingi yillarda 
Kattaqo’rgon, Fargona, Marg’ilon, Qo’qonda (1883), Petro-Аleksandrovskda 
(Turtkul-1886) shifoxonalar ochilgan. 
1903 yilning 15 aprelida Toshkentda Qizil Krestning xirurgik kasalxonasi, 1906 
yilda esa Toshkent shaxar kasalxonasi qoshida xirurgik bo’lim tashkil etilgan edi. 


11 
1913 yildan boshlab Toshkent viloyatining Pskent tumanida ishlagan 
O’zbekistonning keksa vrachlaridan biri А. P. Spiridonov usha davrdagi xirurgik 
yordam axvoli tug’risida shunday yozadi: “Qizil Krestda P. F. Borovskiy ishlagan 
edi, u Toshkentda va xatto butun Sirdaryo viloyatida (xozirgi Toshkent va Sirdaryo 
viloyatlarining xududi) yagona xirurg bo’lgan. Xamma joydan uni surab kelishar 
edi, chunki boshqa viloyatlarda xirurg yo’q edi…” 
1917 yil 7 sentyabr xukumat dekreti bo’yicha Turkiston (xozirgi Toshkent 
davlat) dorilfununi tarkibida tashkil qilingan tibbiyot fakulteti O’rta osiyoda oliy 
tibbiy taʼlimning vujudga kelishiga zamin xozirladi. 1930-1940 yillarda 
Samarqand, Dushanbe, Bishkek, Аshgabat, keyinchalik esa Аndijon, Buxoro va 
Nukusda tibbiyot oliy o’quv yurtlari tashkil etildi. 
O’z-o’zidan maʼlumki, tibbiyot oliy o’quv yurtlarining xirurgik kafedralari asta-
sekin xirurgik maktablar shakllanadigan markazlarga aylandi. Ular ixtisoslashgan 
jarroxlik yordamini rivojlantirishga imkon berdi. 
Chunonchi, P. F. Borovskiy (1863-1932) yirik olim va Turkistonda ilmiy 
xirurgiyaning tashkilotchilardan biri bo’lgan. U o’zining ko’p yillik umrini xavfli 
o’smalar (“Turkistonda xavfli o’smalar”, 1924; “Xavfli o’smalar etiologiyasiga 
zamonaviy qarashlar”, 1930), o’t yo’llari, meʼda va o’n ikki barmoq ichak 
yarasining xirurgiyasini o’rganishga bagi’shlagan. Olim teri leshmaniozi 
ko’zg’atuvchisini birinchi bo’lib topgan. P. F. Borovskiy Toshkent tibbiyot instituti 
gospital 
xirurgiya 
kafedrasining 
tashkilotchisi 
xisoblanadi. 
O’zbekiston 
Respublikasining xirurgiyasi rivojiga katta xissa qo’shgan professorlar: M. S. 
Аstrov, I. I. Orlov, S. А. Maʼsumov, L. D. Vasilenko va boshqalar uning 
shogirtlari qatoriga kiradi. 
P. F. Sitkovskiy (1883 – 1933) — Turkiston universiteti tibbiyot fakultetining 
tashkilotchilaridan biri, davolash fakultetining birinchi dekani, fakultet xirurgiyasi 
kafedrasining tashkilotchisi (1920 – 1931yy.) xisoblanadi. U sariq kasalligida 
operatsiyadan keyingi qon oqishlarni o’rganishga (kon ivishiga) katta xissa 
qo’shgan, qon ivishini o’rganish uchun koagulometr ixtiro qilgan. Olim o’tkir 
appenditsitning klinik belgisi – “Sitkovskiy belgisi”ni tasvirlagan (1922), ketgutga 


12 
yod bug’lari bilan ishlov berish usulini taklif qilgan (1926). P.F.Sitkovskiy 
shuningdek O’zbekistonda yuz-jag’ va plastik jarroxlikning tashkilotchisi, 
Toshkent ilmiy xirurgiya jamiyati va “Turkistonning tibbiy tafakkuri” degan 
birinchi tibbiy oynoma tashkilotchisi sanaladi. Uning klinikasidan professorlar 
G.А. Ilin, P.P. Sarenko, dotsentlar V. M. Paradoksov, F.Ya. Sokolov, L.M. 
Obuxova va boshqalar yetishib chiqdi. 
Toshkent davlat tibbiyot instituti umumiy xirurgiya kafedrasini N. S.Pereshivkin 
tashkil qilgan (1920-1933 yillarda) kafedraga mudirlik qilgan, u “Plastik 
sistoskopiya atlasi”ning muallifidir, O’rta Osiyoda endemik bo’qoqni o’rganishni 
boshlab bergan, Turkistonda urologiya yordamiga asos solgan va tashkilotchilik 
qilgan. Uning shogirdlari D.L.Vvedenskiy, G.А.Rotenberg, E.А.Frakman va 
boshqalardir. 
Аtoqli olim professor V.F.Voyno-Yasenetskiy (1877-1961) 1917 yildan boshlab 
Toshkent shaxar kasalxonasining bosh vrachi va xirurgi bo’lgan, topografik 
anatomiya bilan operativ xirurgiya kafedrasini tashkil qilgan (1920-1923 yy.), 
uning “Yiringli jarroxlik ocherklari” (1934) nomli ilmiy asari Davlat mukofotiga 
sazovor bo’lgan, u regionar anesteziyani, uch shoxli nervni etil spirti bilan 
ogriqsizlantirish metodikasini ishlab chiqqan. 
O’zbekistonda qon quyish xizmatining tashkilotchisi prof. V. K. Yasevich 
(1894—1965) xisoblanadi, uning “O’rta Osiyo xalqlarida kon gruppasini 
o’rganishga doir materiallar” (1938) nomli doktorlik dissertatsiyasi respublikadagi 
xamma gematologlar uchun dasturul amal qullanma xisoblanadi. 
1933 yil 1 sentyabrda Toshkentda Markaziy qon quyish stantsiyasi tashkil 
etilgan bo’lib, u Moskvadagi Markaziy qon quyish institutining filiali bo’lib 
qolgan. 1940 yilda Markaziy qon quyish stantsiyasi O’zbekiston gematologiya va 
qon quyish ilmgoxiga aylantirilgan. 
Turkistonda onkologiya xizmatining rivojlanishi prof. P. F. Borovskiyning nomi 
bilan bog’lik, birok muntazam davolash va onkologiyaga qarshi profilaktik ishlar, 
onkologiya, rentgenologiya va radiologiya soxasidagi ilmning taraqqiy etishi 1931 
yilda O’zbekiston rentgen-radiologik va rak ilmgoxining dispanser bilan birga 


13 
ochilishi bilan boshlandi. 1946 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti 
qoshida, so’ngra tibbiyot institutlarining qoshida xam onkologiya va rentgen-
radiologiya kafedralari tashkil topdi. 
O’zbekistonda neyroxirurgiya ayniqsa Ulug’ Vatan urushi davrida rivojlana 
boshladi va Turkiston sog’liqni saqlashining birinchi xalq komissari prof. I. I. 
Orlov nomi bilan bog’liq. Katta evakogospitallarda neyroxirurgik bo’limlar tashkil 
qilinib, ularda neyroxirurgiyadan yuqori malakali ixtisoslashgan yordam ko’rsatila 
boshlandi. 
O’zbekistonda xirurgiyaning rivojlanish tarixida respublika xirurglarining I 
sʼezdi (Toshkent, 1965 yil, dekabr), so’ngra O’rta Osiyo respublikalari va 
Kozog’iston xirurglarining I sʼezdi (Toshkent, 1979 yil, 16—17 yanvar) yirik 
voqealardan bo’lib qoldi. Bu ikkala sʼezdning tashkilotchisi O’zbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, professor O’ktam Oripovich 
Oripov xisoblanadi. 1986 yilda Toshkentda xirurglarning 31 sʼezdi o’tdi. 
Xirurglarning bu katta anjumanlari dastlabki olimlar urniga xozirgi vaqtda ko’p 
qirrali ixtisoslashgan xirurgik yordamni va xirurgiya fanini rivojlantirayotgan 
isteʼdodli yoshlar, shu jumladan milliy qadrlar yetishib chiqqanligini ko’rsatdi. 
1974 yilda Butun ittifoq xirurgiya ilmiy markazi Toshkent filiali (xozirgi 
O’zbekiston Respublikasi sogl’iqni saqlash vazirligining Toshkent xirurgiya ilmiy 
markazi) ning ochilishi respublikamiz xirurgiyasi tarixida muxim vokea bo’lib 
qoldi. Bu markazga O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi 
Vosit Voxidovich Voxidov uzoq yillardan buyon moxirlik bilan raxbarlik kilib 
keldi va namunali maktab yaratib ketdi. 
O’zbekmstonning jarroxlik buyicha kuzga ko’ringan olimlari (I. I. Orlov, S. А. 
Maʼsumov, M. P. Postolov, M. А. Аshrapova, S. M. Аʼzamxujaev, Sh. I. Karimov, 
F.F. Nazirov va b.) jigar sirrozlari va portal gipertenziya muammolarini ishlab 
chiqishga barakali xissa qo’shdilar. 
Turkistonda endemik buqoq muammolarini o’rganishga prof. N. S. Pereshivkin 
tashkilotchilik qilgan edi. Bu masalani ishlab chiqishda S. А. Maʼsumov, 


14 
O’zbekiston Respublikasi FА akademigi Y. X. Turakulov, prof. R.K. Islombekov, 
R.Y. Omirov, А. Saidxonov va boshqalar katta xissa qo’shdilar. 
Tomirlar xirurgiyasida qo’lga kiritilgan yutuklar tufayli akademik U. O. Oripov, 
prof. D.L. Аrustamov, Sh.I. Karimov, N.P. Pak buyrakni birinchi marta 
muvaffaqiyatli ko’chirib o’tkazishgan (1972 yil 12 sentyabr) va buning uchun 
Davlat tamonidan mukofat bilan taqdirlangan. Uning davomi sifatida, xozirda 
buyrakni ko’chirib o’tkazish va gemodializ respublika markazi ochilgan. 
Respublikada transplantatsion immunologiya soxasi keng rivojlandi (U.O. 
Oripov va xodimlari), Rossiya immunologiya ilmgoxining direktori, Rossiya MFА 
akademigi prof. Raxim Musaevich Xayitovning (Samarqand tibbiyot institutini 
tamomlagan) katta yordami va ishtirokida Respublika immunologiya ilmgoxi 
tashkil etildi. 
Yangi yo’nalish — endobiliar xirurgiyani prof. Sh.I. Karimov va uning 
shogirdlari ishlab chiqayaptilar. Ushbu kafedrada ilmiy laboratoriya bilan birga 
tarkalgan yiringli peritonitni patogenetik davolashning eksperimental va klinik 
jixatlari muvaffaqiyatli urganilyapti. 
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida jarroxlik fani va amaliyoti tobora jadallik 
bilan rivojlanib borayapti. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish