Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

ANTISEPTIKA 
Antiseptika ta’sir qilish usullariga qarab quyidagilarga bo‘linadi: mexanik, 
fizikaviy, kimyoviy va biologik antiseptika. 
Bu usullar amalda bir-birini to‘ldirib ko‘pincha birgalikda qo‘llaniladi.
Mexanik antiseptika - bu xirurgik usul bo‘lib, yaralardagi yot jismlarni va 
o‘lgan to‘qimalarni olib tashlashga asoslangan. Buning asosida yaralarni xirurgik 
zararsizlantirish yotadi, bu esa antiseptika va aseptika qoidalariga to‘la rioya 
qilingan holda operatsiya xonasida bajariladi. Yaralarning atrofi, yon devori va 
tubi kesilib o‘lgan to‘qima va mikroblardan tozalanadi. Zarur bo‘lganda ostki qavat 
to‘qimalarini tekshirish uchun yara kanali bo‘yicha kengaytirib kesiladi (1-rasm). 
Yaraning atrofini kesish terining atrofidan boshlab ichkariga boriladi va bunda 
nekrotik va o‘lgan to‘qimalar yo‘qotiladi. Bu usul 1898-yili P.Fridrix tomonidan 
taklif etilgan. 
1-rasm. Jarohat kanalini kengaytirish. 
Yiringlagan, tiqilgan yara va operatsiya yaralarining choklarini zaruratga 
qarab, ularning biron qismi yoki barchasi olib tashlanadi. 
Yaradan yiring, qon va boshqa ajralib chiquvchi zardoblarning bemalol oqib 
chiqishini ta’minlash uchun drenaj va alohida bog‘lash materiallaridan 
foydalaniladi. Mexanik antiseptikaga yara va bo‘shliqlarni suyuqlik purkab yuvish 
ham kiradi. 
Fizikaviy antiseptika – bog‘lov materiallarining fizikaviy xossalariga va 
boshqa fizikaviy omillarga asoslangandir. Yara va bo‘shliqlarning infeksiyasini 
yopiq va ochiq usulda davolash sterillangan laminar havo oqimi karkas ostida 
davolash ultrabinafsha nurlari (UBN), ultra yuqori chastotalar (UYUCH), rentgen, 


17 
lazer nurlari va muz bilan davolash ham fizikaviy antiseptika usullariga kiradi. 
Fizikaviy antiseptikaning asosi ifloslangan yaradan ajralib chiqayotgan 
suyuqliklarni 
drenaj 
orqali 
tashqariga 
chiqarishdir 
(2-rasm). 
Fizikaviy 
antiseptikada drenaj va tamponlar keng miqyosda qo‘llaniladi. 
Hozir yaralarga drenaj qo‘yishga turli xil rezinali polixlorvinil trubkalar, 
qo‘lqop rezinasidan tayyorlangan piliksimon chiqaruvchilar hamda dokali 
tamponlar qo‘llaniladi. Bu rus olimi M.Ya.Preobrajenskiy tomonidan qo‘llanilgan 
va u 1894-yilda “Bog‘lov materiallarining fizikaviy xususiyatlari” to‘g‘risida 
dissertatsiya yoqlangan. 
2-rasm. Jarohat bo‘shlig‘i va plevra bo‘shlig‘ini drenajlash. 
Drenaj qo‘llanishdan maqsad yara va uning antibiotiklar hamda boshqa 
antiseptik moddalarni yuborish va ularni yuvishdan iborat. Bu fizikaviy, 
kimyoviy, mexanik va biologik antiseptika usullarini birgalikda qo‘llanishidir. 
Dokali tamponlar orqali yaradagi suyuqlik tashqariga oqadi. Yaralarga 
tampon va drenaj qo‘yish ularni gigroskopik doka bilan bog‘lash, uning fizikaviy
xossalariga – kapillyarligiga va so‘ruvchanligiga asoslangan. Gigroskopik doka 
tamponning ta’siri drenaj funksiyasi uzoq muddatga cho‘zilmaydi, ya’ni u 4-6 soat 
ichida yiringga to‘ladi. Bunday tampon yaradan yiring oqib chiqishiga qarshilik 
qiladi, shuning uchun tamponlarni almashtirish zarurati tug‘iladi. 5% li glyukoza, 
gipertonik tuzli eritmalar bakteritsid ta’sir qilib, yaradagi yiringlarni so‘rib oluvchi 
tamponga qarab haydaydi. 


18 
Bakteriyalar uchun oziqlik moddasi bo‘lgan suyuqliklar so‘rilib, 
to‘qimalarning emirilishi bakteriyalarning rivojlanishi va ularning organizmni 
zaharlash qobiliyati kamayadi. Shuning uchun tamponning drenaj vazifasini 
kuchaytirish uchun u 10% li glyukoza, magneziya sulfati eritmasiga bo‘ktiriladi. 
Ko‘p hollarda, drenaj va tamponlar birga qo‘llaniladi. Rezinali piliksimon drenaj 
(chiqaruvchi) so‘rish qobiliyatiga ega emas, lekin u suyuq eksudatni toza yaradan 
oqib chiqishiga xizmat qiladi. Bu xildagi drenaj operatsiyadan keyingi birinchi 
soatlarda qo‘llaniladi. Ko‘pincha bir va ko‘p kanalli drenajlardan foydalaniladi, 
ularda 2, 3 va uchtadan ko‘proq murakkab teshiklar bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda 
polivinilxlorli trubkalar ishlatish maqsadga muvofik. Chunki ular yallig‘lanish 
keltirib chiqarmaydi. Rezina trubkalar uchun yallig‘lantirish harakterlidir. 
Drenajlarning o‘lchami yara bo‘shlig‘i hajmiga qarab aniqlanadi. Kichik yaralarda 
barmoqda va qo‘lda 2-5 mm razmerdan, katta chuqurlarda esa 10 va 20 mm 
razmerdagi drenaj naychalar ishlatiladi (3-rasm).
3-rasm. Turli o‘lchamdagi drenaj naychalar 
Drenaj naynachalar yonidagi teshigi yara bo‘shlig‘ining joylashuviga qarab 
qo‘yiladi. Drenaj qilish texnikasi alohida ahamiyatga ega. Jarohatni drenaj 
qilishning har qanday usulida ham yara yoki bo‘shliqning tubiga qo‘yilishi kerak 
va trubkaning chiqish tomonini manbaning eng pastki tomonidan chiqariladi. Bu 
holda yaraning ichidagi bor narsalar og‘irlik kuchi qonun-qoidasi asosida 
tashqariga oqadi. Drenajlar yaraga, bo‘shliqlarga (bo‘g‘imga – yiringli artritda, 


19 
plevra bo‘shlig‘iga – yiringli plevritda, qorin bo‘shlig‘iga – peritonitlarda) 
to‘plangan yiringli ekssudatlarni tashqariga chiqaradi. Hosil bo‘lgan yiring 
to‘qimalar oshirilishining mahsullari va bular bilan birga mikroorganizmlar ham 
bir yoki bir necha drenaj orqali bog‘lamga kelib so‘riladi. Drenaj trubka orqali 
antiseptik solingan idish bilan tutashgan bo‘lishi mumkin, bu holda yaradagi 
ajralmalar idishga kelib tushadi va bog‘ichning ifloslanishini kamaytiradi. Yarani 
davolashda drenajni to‘g‘ri qo‘llash katta ahamiyatga ega. Drenaj qo‘llash vaqti 
turlichadir. Agarda drenaj yaradan qon va yara eksudatini chiqarish uchun 
qo‘yilgan bo‘lsa, uni 48 soatdan so‘ng olish mumkin. Operatsiya yarasining 
yiringlash xavfi bo‘lsa, u holda drenaj trubkasi 6-7 kundan so‘ng olinadi. Abssess 
va yiringli bo‘shliqlarni drenaj qilish muddati tuzalish jarayoni bilan belgilanadi. 
Yarani drenajlash aseptika qoidalariga qattiq amal qilishni talab etadi. Shuni 
yoddan chiqarmaslik kerakki, drenaj infeksiya uchun kirish darvozasi ham bo‘lishi 
mumkin. 
Drenajning ta’sir kuchi uch ko‘rinish bilan ajralib turadi:

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish