Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

A) Yod preparatlari. 
1. 
Yodning spirtli eritmasi 5-10%
li, yod nastoykasi - qo‘l, operatsiya 
maydoni jarohat atrofini dezinfeksiya qilishda qo‘llaniladi va kuchli antiseptik 


22 
vositadir. U bakteritsid va bakteriostatik ta’siridan boshqa kuydirish (oshlash) 
xususiyatiga ham ega, bu terini qalinlashishiga olib keladi. Yodni 5% spirtli 
eritmasi harbiy dala sharoitida ko‘p qo‘llaniladi. Urush vaqtida harbiy tibbiy 
ta’minotda yodning ahamiyati juda katta. Masalan, yod individual aptechkada, 
qo‘shin aptechkasida, sanitar tibbiy va qo‘shin tibbiy sumkalarida ham bor. 
2. 
Suvli Lyugol eritmasi
– tarkibi: toza yod 10g, kaliy yod 20g, distillangan 
suv 1000 ml. Ta’sirlash xossasi kam bo‘lganligi uchun o‘smalarni, oqma yara, 
yiringli bo‘shliqlarni yuvish, ketgutni zararlantirish uchun qo‘llaniladi. 
3. 
Spirtli Lyugol eritmasi
– tarkibi: yod 10g, kaliy yod 10g. 96% spirt 1000 ml 
gacha. Yara atrofidagi terini, operatsiya sohasini va ketgutni sterilizatsiya qilish 
uchun ishlatiladi (Klaudius va Gubarev usuli). 
4. 
Yodoform
– mayda plastinkasimon yaltiroq krisstallar yoki mayda kristalli 
limon-sariq rangli kukun, o‘tkir barqaror hidli sepki (prisыpka) yoki malham dori 
(maz) sifatida ifloslangan jarohatlarni, ya’ni yarani davolashda mahalliy ravishda 
qo‘llaniladi. Bakteriostatik modda bo‘lib, badbo‘y hidlarni yo‘qotish 
xususiyatlariga ham ega. 
5. 
Yodopiron – yodofor
. Amaliy tibbiyotda yodopiron 0,1%, 0,5% va 1% 
aktiv yodli eritma shaklida qo‘llaniladi. Yodopiron bakteritsid aktivlikka ega 
bo‘lib, operatsiya maydonini, jarroh qo‘lini, rezina buyumlarni tozalash, sterillash 
va yiringlagan yaralarni davolash uchun qo‘llaniladi. 
B. 
Xlor preparatlari
. Xlor har-xil birikma, aralashmalar, preparatlar shaklida 
birinchi bo‘lib qo‘llanilgan antiseptik moddadir. Ilgaridan xlor birikmalari 
dezinfeksiya va sterilizatsiya uchun qo‘llanib kelinadi. Xlor preparatlarining 
bakteritsid va sporotsid xususiyatlari ularning tarkibidagi aktiv xlorning miqdoriga 
bog‘liq. Masalan, xloramin aktiv xlordan iborat. Tarkibida xlor bor birikmalarning 
eritmalariga ammoniy tuzlari qo‘shilsa, ularning bakteritsid xususiyatlari ortadi. 
Bu moddalarning kamchiligi, ular metallarni korroziyaga uchratib, matolarni 
rangsizlantirib chidamsiz qiladi. 
Bu preparatlarning eritmalari shisha, sopol va sirlangan idishlarda 
tayyorlanib, qorong‘u joyda saqlanadi, aks holda xlorning aktivligi kamayib ketadi. 


23 
1.
Xlorlangan oxak
– asosan dezinfeksiya uchun ishlatiladi, jarrohlikda bu 
preparat qo‘llanilmaydi. U vanna va xojatxona (sanuzel) larni dezinfeksiya qilish 
uchun ishlatiladi. 
2.
Xlorli suv
- yaraga malham (primochka) holda qo‘llaniladi. 0,2% eritmasi 
kuydirgi (sibir yarasi) sporasini 15 soniyada o‘ldiradi. Ta’sir mexanizmi ozod va 
organik xloramin borligi bilan ta’minlanadi. 
3.
Xloramin
– 40-yillar boshidan ommaviy ravishda rezina qo‘lqoplar, metall 
asboblarni sterilizatsiya qilish va qo‘lni tozalash uchun ishlatiladi. Xloramin «B» 
tarkibida 26-30% li aktiv xlor bor. 0,2-0,5% eritmalar yiringli yaralarni yuvish 
uchun, 5-10% li xloramin esa asbob va qo‘lqoplarni dezinfeksiya (sterilizatsiya) 
qilish uchun ishlatiladi. Bu qonsentratsiyalarda xloramin sporotsid xossalarga 
egadir. Preparatlarning ta’siri qizdirilganda oshib boradi. Xloramin harbiy dala 
sharoitida ham qo‘llanishi mumkin, uni sanitarlar, instruktorlar o‘zi bilan 
flyagalarda olib yurishi mumkin, chunki dala sharoitida yaradorlarga birinchi 
yordam ko‘rsatadigan tibbiy xodimlarning qo‘llari ifloslanadi, infitsirlanadi, 
shuning uchun ular jarohatga bog‘lam qo‘yish oldidan qo‘llarini xlorli antiseptiklar 
bilan tozalashi, qish sharoitida qo‘llarini qor bilan poklashlari mumkin.
4.
Natriy gipoxloridi
– tarkibida 95% aktiv xlor bo‘lgan 4-5% li eritmasi 
e’tiborga loyiqdir. Bu preparat 1914-1918-yillarda I jahon urush maydonlarida 
shifokorlar tomonidan harbiy dala sharoitida ishlatilingan. Harbiy dala sharoitida 
antiseptiklarni qo‘llash to‘g‘risida Oppel o‘z ilmiy ishlarida yozib qoldirgan. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish