Umumiy qism
I. Xirurgiya rivojlаnish tаrixi
Tarixiy manbalarga ko’ra qadimgi odamlar xaqida noto’g’ri taxminlar qilishgan,
yaʼni ularning faktlariga ko’ra odam juda sog’lom bo’lgan, barcha narsani
tabiatdan osonlikcha olgan va "oltin davr" da yashagan. Lekin izlanishlar shuni
ko’rsatdiki, qadimgi odamlarga tabiatning zararli omillar taʼsir qilgan (issiq va
sovuq xavo). Qadimgi odamlar ochlik va yaxshi ovqatlanmaslik, yovvoyi
xayvonlar xujumi, ilon va zaxarli xashoratlar chaqishi oqibatida xayot va o’lim
chegarasida bo’lishgan. Shuningdek, tana jaroxatlari, tabiiy ofatlar (yashin urishi,
tog’ ko’chishi, sel) kabi omillar xam ularning xayotini qisqarishiga sabab bo’lgan.
Qadimgi odam kiyim yetishmasligidan, yomon yashash joyi, xayvonlar xujumi
va epidemiyadan ozor chekgan. Аyollar tug’ruqdagi infektsiyadan azob
chekishgan.
Qadimgi Xitoyda davolashda barcha tabiat jarayonlar kuchlarini inobatga
olishgan (daraxt, yer, suv, olov, metall). Ularda organizm xaqida anotomik va
fiziologik tasavvurlar bo’lgan. Imperator qasridagilar uchun davolash muassasi
bo’lgan. U yerdagi shifokorlarni epidemiya maxalidagina jamiyat ishlariga jalb
qilinganlar. Davolashning asosiy usuli bu chjentszyuterapiya (igna sanchish va
kuydirish) bulgan. Qadimgi Xitoyda mandragora, opiy, gashishadan narkoz uchun
foydalanilgan. Buning natijasida qorin va ko’krak soxasidagi operatsiyalarga
imkoniyat berildi, lekin feodalizm davrida bu xolatlar to’xtatildi.
Eramizning 1000-500 yil avvalgi Xindiston jarroxligi xaqidagi maʼlumotlar
bizgacha Manu va Veda qonunlari kitobida yetib kelgan. Bu kitobda 120dan ortiq
jarroxlik jixozlari xaqida yozilgan. Xindiston jarroxlari qon chiqarish, amputatsiya,
laparotomiya, kataraktani olish, yuzdagi defektlarni to’g’irlash uchun burun, lab,
quloqlarni plastik operatsiyasini qila olganlar. Ular kraniotomiya, embriotomiya
kabi akusherlik muolajalarini o’tkizish yo’llarini bilishlari bilan ajralib turganlar.
Ular tomonidan klinik yallig’lanish belgilari yozilgan. Xindiston jarroxlari
5
yaralarni davolashda yog’li bog’lamlar, qaynayotgan suyukliklar, igna sanchish
usullaridan foydalanganlar.
Аssir-Vavilon jarroxligi kasallikni iblislar taʼsirida kelib chiqishi xaqidagi
tasavvurlarga ega bulganlar. Shuning uchun ular tumor, yashash joyini eshigiga
taxtaga yozilgan iltijolar osishgan. Ular ichki organlarga xususan jigarga fol
ochishgan. Bu o’z navbatida organotopiyani o’rganishga turtki berdi.
Qadimgi Misr jarroxligi o’ziga xoslikka ega. Maʼlumki ularda o’lganlarni
balzamlash keng qo’llanilgan. Bu esa o’z navbatida anatomiyani rivojlanishiga
sabab bo’lgan. Xramlardagi 1-tibbiyot maktablari yaratilishiga qaramay jarroxlik
sirlari boy odamlar qo’lida qolavergan.
Qadimgi Gretsiya, Аleksandriya va Rimdagi jarroxlik xozirgi zamonaviy
jarroxlikning asosi deb xarakterlanadi. O’sha davrni namoyondasi Gippokrat ilmiy
tasdiqlar yo’li bilan jarroxlikka asos soldi. Birlamchi va ikkilamchi yara
bitishlariga tushunarli xarakteristika bergan. Birinchi bo’lib yiringli yaralarga
printsipial yondashishni va operatsiyasini ishlab chiqqan. Gippokrat shifokorlar
obro’sini oshirib, maktab yaratdi va shifokorlik qasamyodini qo’lladi.
Qadimgi Rim jarroxligi namoyondasi Galen gladiatorlar shifokori bo’lib,
operatsiya texnikasini ishlab chiqqan, murdalarni o’rgangan. Galen birinchi bo’lib
yurak urish xolatlarini, xayvonlarda nafas olishni va agoniyadagi gladiatorlarda
o’rgangan.
O’rta Osiyodagi jarroxlik rivojlanishi Аbu Аli ibn Sino (980-1037yil) ismi bilan
bog’liq. U 100dan ortiq ilmiy tibbiyot ishlari muallifi xisoblanadi. Uning "Tib
qonunlari" nomli 5 tomlik asari XVII asrlargacha Yevropadagi ko’pgina tibbiy
maktablar uchun o’quv qo’llanma bo’lib keldi. U opiy, belena, mandragorani
narkoz sifatida qo’llardi. Onkologik jarroxlik printsiplarini ishlab chiqdi, yaʼni
o’smani sog’ to’qimadan keng ko’lamda olib tashlash, buyrakdan tosh olib tashlash
operatsiyalarini birinchi bo’lib qiladi.
Tug’ilish (uyg’onish) davri (XV-XVII) cherkov xizmatchilarini ro’li kamayishi
bilan xarakterlanadi. Bu ilmni, sanʼatni, madaniyatni, tibbiyotni, shuningdek
jarroxlikni rivojlanishiga sabab bo’ldi. Usha davr namoyondasi Аndrey Vezaliy
6
(1514-1564) anatomik atlas asoschisi xisoblanadi. U Galendan keyin odam
tuzilishi - anatomik jarroxlikni yangi saxifasini ochdi. Vezaliy amaliy mashg’ulot
paytida o’lik yorib o’rganardi. " Odam tanasi tuzilishi" kitobi muallifidir. А.
Vezaliy mushaklar, bug’imlar, ichki organlar, sezgi organlar tuzilishini
sistemalashtirdi.
Аmbruaz Pare (1510-1590)- xarbiy jarrox. Xususan u o’qotar quroldan
jarroxatlanishni, lat yegan jarroxatlar turiga kirishini isbotladi. U tomonidan
jaroxatdagi tomir gemostazi, amputatsiya texnikasi mukamallashtirildi.
Uyg’onish davrida fiziologiyaning rivojlanishi Garvey (1578-1657) ishlari bilan
bog’lik. U qon aylanish qonunlari, yurak ro’lini, qon aylanish doirasini,
kapillyarlar, arteriya va venalar bir-biriga bog’likligini kashf etdi.
Levenguk(1632-1723) linzalardan 720 marta kattalashtirish imkoniga ega
mikroskop yaratdi va gistologiya fani vujudga keldi.
Xirurgiyani meditsina va shifokorlikning ilmiy tan olinishi XVIII asrga to’g’ri
keladi. 1724 yil frantsuz jarroxi Lafransh 1- marta Parij unversitetida (Sarbonna)
xirurgiyadan lektsiya o’qishni yo’lga qo’ydi. 1731 yili Frantsuz jarroxlik
akademiyasi tashkil etildi. Genter universiteti qoshida jarroxlik maktablar
(fakultetlar) tashkil etilgandi (London, Аngliya). Jarroxlik intizomlarni
publikatsiya qilish, ilmiy jurnallar chiqarish, jaroxatni davolashdagi ishlash
muomilasi, o’tkazilgan kasalliklar natijasida organizmdagi o’zgarishlarni o’rganish
yuzaga keldi.
Shunga qaramay, g’arbda XVIII-XIX asrlarda jarroxlikni rivojlanish yo’lida
quyidagi kamchiliklar mavjud edi.
1. Operatsiya paytida og’rik bo’lishini ogoxlantirmaslik.
2. Operatsiya jaroxatining yiringli asoratini bilmaslik va ularni profilaktikasini
yo’qligi.
3. Kasalliklarni malakali diagnostikasi yo’qligi.
4. Qon ketishga qarshi kurashishni bilmaslik va o’tkir anemiyani davolash
usullarini yuqligi.
Bu masalalarni xal etish zamonaviy jarroxlikni yo’nalishini aniqlab berdi.
7
Zamonaviy jarroxlik o’zining fakat yil va oyiga emas, balki tug’ilgan kuniga
egadir; 16-oktyabr 1846-yil. Bu kun Massachusetsaning Bosh shifoxonasi tish
shifokori William P. Morion o’spirinni oltingugurt efiri bilan xushsizlantirdi,
jarrox John C. Warren submandibulyar tomir usmasi operatsiyasi o’tkazgan.
Operatsiya davomida bemor xushsiz bo’lgan, og’riqni sezmagan, muolaja tamom
bo’lgandan so’ng, bemor uyg’onishni boshlagan. Shunda Warren o’zining mashxur
iborasini keltirdi; "Gentelmen, thisisnohumbug!" (Janoblar bu saxna emas!).
Zamonaviy jarroxlikni rivojlanishida 1-bosqichni to’lik "narkoz davri" desa
bo’ladi, u operatsiyani tinchgina o’tkazilishiga imkoniyat ochib berishdan tashqari,
xatto xushsiz xolatga, tuliq jarroxga bog’lik bo’lgan bemor qarshilik kursata
olmaslik xolatiga keltirgan.
Zamonaviy xirurgiyaning ikkinchi davri rivojlanishi - bu aseptika va antiseptika
erasidir, insoniyat buning uchun avvalambor Semmelweis, Paster va Lister kabi
olimlarning xissalarini bilishlari lozim. Usha davrda, yaʼni Semmelweis yashagan
davrda bakteriyalar xakida xech kanday maʼlumot anik emas edi. Jarrox qancha
ko’p operatsiya qilsa, uning kiyimi shuncha ko’p ifloslangan, shunga qarab uning
katta jarroxligi aniqlangan. Qo’llar faqat operatsiya tugagach yuvilgan.
Semmelweisning
ajoyib
ichki
tuyg’usi
unga
shu
narsani
topishga
yordamlashdiki, aynan shu ayniyotgan organik moddaning yukish manbai tugilishi
xalokatli kasalliklarni keltirib chikarishini bildirdi va buni oldini olishni oddiy yuli
kulni oxak suvli eritmada yuvish kerakligini taʼkidladi. Semmelweis Vena
akkusherlik klinikasida kuzatishicha bilim olayotgan vrachlar bo’limida onalar
o’limi, bo’lajak akkusherlar taxsil olayotgan bo’limga qaraganda 4 marta ko’p
ekan. Vaxolanki bu bo’limlarni kichkina karidor ajratib turgan. Bulajak vrachlar
bo’limga anatomik teatrdan kelishgan va tug’ayotgan ayollarni ifloslangan qo’llari
bilan kurishgan. Semmelweis tushindiki aynan shular o’z qo’llari bilan uyga o’lim
olib kelishardi. Аynan shu yerda esa kundan-kun yangi xayot tug’ilardi. U
isbotladiki agar vrachlar va studentlar qo’llarini xlorli suvda yuvishsa, o’lim surʼati
shuncha tez pasayadi: xaqiqatdan xam shundan so’ng bu yerda o’lim surʼati juda
tez pasaydi, xattoki xamshiralar taxsil olayotgan bo’limdan xam. Semmelweis
8
o’zini 1861 yil Peshti shaxrida chiqargan kitobida bularni xammasini aniq yozdi va
asosladi. Butun xayoti davomida u uzini ixtirosi uchun kurashdi. Аmmo lekin
dunyo unga ishonishni xoxlamadi.
Shu asnoda Frantsiyada Pasteur doktor emas, lekin ximik o’z ixtirolari
izlanishlari natijasini yozma taqdim etdi, bijg’ish jarayoni ximik protsessga
bog’liqligi - xavodagi kislorod bilan birga chirishini aytib utdi. Paster izlanishlari
xulosasi tibbiy ilm fikrlarini ildizlarigacha o’zgartirib yubordi. Аynan shu
izlanishlari Semmelweis ilmini asoslashga xizmat qildi. Tajriba uchun Lister
boshlagan izlanish asos bo’lib xisoblangan. Paster vrach bo’lmasa xam Frantsuz
ilmiy tibbiyot akademiyasi, uni o’zini aʼzosi qilib sayladi. Lister Paster ishlari bilan
Аngliyada tanishdi. Ular unga qattiq taʼsir qildi. Ochiq va yopiq sinish jaroxatlarini
bitishi jarayonini kuzatish davrida Lister sezdiki ochiq sinish paytida 24 soat
mobaynida yiringlash boshlanadi, isitma ko’tariladi, yopiq sinishda esa bular
bo’lmagan. Chunki teri xavodagi ifloslikni kirishini ximoyalaydi. Lister buyuk fikr
egasidir. Chunki xirurglarni vazifasi yiring tushishini oldini olishdir. Bu asr ruxiga
qarshi edi. 2000 yil davomida yaralarni bitishida yiring foydalidur, keraklidur deb
taʼkidlashardi pus bonurn et laudabile". Bu narsa Lister faoliyatiga karbon kislotani
sinab ko’rish, uni bakterialarga qarshi kurashuvchi dizenfektsiya vosita sifatida
operatsiya maydoniga tushayotgan mikroblarga qarshi qo’llab ko’rishni xayoliga
keltirdi. Karbol kislota shimdirilgan boylamni ochiq siniq jaroxatga qo’ydi va u
yana bakteriyalarni jaroxatga xavo orqali kirishiga ishonardiki, shuning uchun
operatsiya xavosiga karbol kislotani sachratib chiqdi. Tez orada antiseptik davr
asseptik davr bilan almashindi. Bu bilan dunyo xuddi Trendelenburg, V.Bergmann,
Schimmelbusch, Klimmet va Furbringer kabi navotorlarga taʼzim qilishi kerak edi.
Ular tushindilarki yaralardagi bakteriyalarni yukotishdan kura bakteriya yaraga
tushishini oldini olish muxim. Tirik tukimalarni issiklik yuli bilan sterilizatsiyalash
mumkin emas, lekin yaraga tegib turadigan narsalarni sterilizatsiyalash mumkin.
1882 yilda bug bilan sterilizatsiyalash mumkinligi aniklandi va shu yili Bonne
tomonidan dunyoda birinchi bulib sterilizator ixtiro kilindi. Kup yillar davomida
ishlab chiqilgan koida operatsion asseptika koidalariga tugri keldi, kaysi biz buni
9
xozirgacha qo’llaymiz: steril xalat, steril izolyator, steril asboblar, steril tikish
materillari. 1890 yilda Аmerikalik Halsted (Lister shogirdi) bu usulni steril rezina
qo’lkop bilan to’ldirdi, 1900 yilda esa Аngliyalik Gente steril yuz maskasini
qo’shimcha qildi. Jarroxlik operatsiyalarini tarqalishiga nisbatan aniqlandiki
asseptika qoidalariga rioya qilishiga qaramasdan yiringlash soni xali yuqori.
Buning sababi qon ketishini uz vaktida tuxtata olmaslik, katta gematoma paydo
bo’lishi, bundan tashqari qo’pol asboblar to’qimalarni ezishi, yo’g’on ketgut
ishlatish va boshqalar. Shveytsariyalik birinchi jarrox, Nobel mukofoti sovrindori
Treodor Kocher taʼkidlashicha yaxshilab yarani tozalashda choklarni roli: ingichka
ipak va ketkut bilan tikish katta axamiyatga ega. shikastsiz jarroxlikni Yevropada
Kocher, Аmerikada Halsted yaratganlar.
Xozirda xirurgiya – yuqori maxorat, sanʼat va shu bilan birga amaliy fandir.
Xozirgi kunimizda xirurgiya bu xirurg-operatorning qila olishi va uning xar xil
intizomlarga boy bo’lishdir. Bunday xirurgiya meditsina ilmida eng kuchli soxa
bo’lib ko’rinadi. Meditsinani boshqa xoxlagan soxasi spetsialistini tayyorlashdan
ko’ra, sinchkov xirurgni tayyorlash ko’p vakt talab qiladi. Gippokrat aytib
o’tganidek «Bizning xunarimizni o’zlashtirish uchun ko’p vaqt talab qilinadi».
Do'stlaringiz bilan baham: |