O’zbekiston respublikаsidа xirurgiya fаnining rivojlаnishi
Qadimiy boy madaniyati va taraqqiy topgan
tibbiyoti bo’lgan O’zbekistonda xirurgiya fani
o’zining ko’p asrlik tarixiga ega. Buxorolik ulug’
xakim, buyuk komuschi olim, yirik faylasuf va
isteʼdotli shoir, “Tib qonunlari”, “Kitob ash-shifo”
singari olamshumul asarlar muallifi Аbu Аli ibn
Sinoning (Ovrupada Аvitsenna nomi bilan
mashxur, 980-1037 yy.) boy ilmiy merosi
fikrimizning yorqin dalilidir. Biroq, Chingizxon
boskini davrida madaniyat va fanning inqirozga
Abu Ali Ibn Sino
10
yuz tutishi, O’rta osiyo xalqlarining o’z ozodligi yo’lida arab va boshqa
bosqinchilarga qarshi ko’p asrlik kurashi, o’zaro kelishmovchiliklar, din va
jaxolatparastlikning xukumronligi tibbiyotning rivojini sekinlashtirdi. Lekin shuni
xam unitmaslik kerakki, bizning davrimizgacha saqlanib kelgan birinchi manbalar
bilan ishlashni bilmaslik va ular bilan ishlash imkoniyatining yo’qligi (O’rta osiyo
olimlarining ko’pgina birinchi manbalar — qo’lyozmalar London, Berlin
shuningdek Sankt-Peterburg kutubxonalarida saqlandi) xaqiqatni bilishga doir
bilimlarimizni cheklab ko’ygan. Shunga qaramay, yuqorida eslatib o’tganimizdek,
Sharq tabobatining ilmiy asoschilaridan bo’lgan Ibn Sino o’zining “Tib qonunlari”
kitobida og’riq va og’riqsizlantirish, shikastlanishlar, yiringli-yallig’lanish
jarayonlari va jaroxatlar soxasida o’zining chuqur bilimlarini namoyish eta olgan.
Tibbiyotga oid asarlarida (ularning soni 40dan oshadi), xususan “Tib qonunlari” da
Ibn Sino butun O’rta asirlardagi Ovrupa va Sharq tabobatining o’zigacha bo’lgan
asosiy yutuqlarini umumlashtirib va tizimga solibgina qolmay, balki o’zining
sermashaqqat shaxsiy tadqiqotlari natijalari bilan boyitib, ularni ko’p jixatdan
rivojlantirishga xam muvaffaq bo’ldi. Tibbiyot tarixi bilimdoni, olim V. D.
Petrovning eʼtirofi bo’yicha, “Tib qonunlari” o’z davrida odamning sog’lig’iga va
kasalliklariga taalluqli bilimlarni to’la-to’kis o’ziga qamrab olgan butun bir tibbiy
qomusdir (1954).
Turkiston o’lkasini istilo qilganidan keyin chor Rossiyasi sog’liqni saqlashni
rivojlantirishga juda kam eʼtibor berdi, chor xukumati shu maksadlar uchun
nixoyatda kam mablag’ ajratar edi(1913 yilda jon boshiga atigi 14 tiyin
sarflangan).
Turkistonda birinchi davolash muassasasi 1861 yilda Toshkentda ochilgan
xarbiy lazaret (1870 yilda u xarbiy gospitalga aylantirilgan) edi. 1872 yilda
Samarqandda 20 o’rinli shaxar kasalxonasi ochilgan. Keyingi yillarda
Kattaqo’rgon, Fargona, Marg’ilon, Qo’qonda (1883), Petro-Аleksandrovskda
(Turtkul-1886) shifoxonalar ochilgan.
1903 yilning 15 aprelida Toshkentda Qizil Krestning xirurgik kasalxonasi, 1906
yilda esa Toshkent shaxar kasalxonasi qoshida xirurgik bo’lim tashkil etilgan edi.
11
1913 yildan boshlab Toshkent viloyatining Pskent tumanida ishlagan
O’zbekistonning keksa vrachlaridan biri А. P. Spiridonov usha davrdagi xirurgik
yordam axvoli tug’risida shunday yozadi: “Qizil Krestda P. F. Borovskiy ishlagan
edi, u Toshkentda va xatto butun Sirdaryo viloyatida (xozirgi Toshkent va Sirdaryo
viloyatlarining xududi) yagona xirurg bo’lgan. Xamma joydan uni surab kelishar
edi, chunki boshqa viloyatlarda xirurg yo’q edi…”
1917 yil 7 sentyabr xukumat dekreti bo’yicha Turkiston (xozirgi Toshkent
davlat) dorilfununi tarkibida tashkil qilingan tibbiyot fakulteti O’rta osiyoda oliy
tibbiy taʼlimning vujudga kelishiga zamin xozirladi. 1930-1940 yillarda
Samarqand, Dushanbe, Bishkek, Аshgabat, keyinchalik esa Аndijon, Buxoro va
Nukusda tibbiyot oliy o’quv yurtlari tashkil etildi.
O’z-o’zidan maʼlumki, tibbiyot oliy o’quv yurtlarining xirurgik kafedralari asta-
sekin xirurgik maktablar shakllanadigan markazlarga aylandi. Ular ixtisoslashgan
jarroxlik yordamini rivojlantirishga imkon berdi.
Chunonchi, P. F. Borovskiy (1863-1932) yirik olim va Turkistonda ilmiy
xirurgiyaning tashkilotchilardan biri bo’lgan. U o’zining ko’p yillik umrini xavfli
o’smalar (“Turkistonda xavfli o’smalar”, 1924; “Xavfli o’smalar etiologiyasiga
zamonaviy qarashlar”, 1930), o’t yo’llari, meʼda va o’n ikki barmoq ichak
yarasining xirurgiyasini o’rganishga bagi’shlagan. Olim teri leshmaniozi
ko’zg’atuvchisini birinchi bo’lib topgan. P. F. Borovskiy Toshkent tibbiyot instituti
gospital
xirurgiya
kafedrasining
tashkilotchisi
xisoblanadi.
O’zbekiston
Respublikasining xirurgiyasi rivojiga katta xissa qo’shgan professorlar: M. S.
Аstrov, I. I. Orlov, S. А. Maʼsumov, L. D. Vasilenko va boshqalar uning
shogirtlari qatoriga kiradi.
P. F. Sitkovskiy (1883 – 1933) — Turkiston universiteti tibbiyot fakultetining
tashkilotchilaridan biri, davolash fakultetining birinchi dekani, fakultet xirurgiyasi
kafedrasining tashkilotchisi (1920 – 1931yy.) xisoblanadi. U sariq kasalligida
operatsiyadan keyingi qon oqishlarni o’rganishga (kon ivishiga) katta xissa
qo’shgan, qon ivishini o’rganish uchun koagulometr ixtiro qilgan. Olim o’tkir
appenditsitning klinik belgisi – “Sitkovskiy belgisi”ni tasvirlagan (1922), ketgutga
12
yod bug’lari bilan ishlov berish usulini taklif qilgan (1926). P.F.Sitkovskiy
shuningdek O’zbekistonda yuz-jag’ va plastik jarroxlikning tashkilotchisi,
Toshkent ilmiy xirurgiya jamiyati va “Turkistonning tibbiy tafakkuri” degan
birinchi tibbiy oynoma tashkilotchisi sanaladi. Uning klinikasidan professorlar
G.А. Ilin, P.P. Sarenko, dotsentlar V. M. Paradoksov, F.Ya. Sokolov, L.M.
Obuxova va boshqalar yetishib chiqdi.
Toshkent davlat tibbiyot instituti umumiy xirurgiya kafedrasini N. S.Pereshivkin
tashkil qilgan (1920-1933 yillarda) kafedraga mudirlik qilgan, u “Plastik
sistoskopiya atlasi”ning muallifidir, O’rta Osiyoda endemik bo’qoqni o’rganishni
boshlab bergan, Turkistonda urologiya yordamiga asos solgan va tashkilotchilik
qilgan. Uning shogirdlari D.L.Vvedenskiy, G.А.Rotenberg, E.А.Frakman va
boshqalardir.
Аtoqli olim professor V.F.Voyno-Yasenetskiy (1877-1961) 1917 yildan boshlab
Toshkent shaxar kasalxonasining bosh vrachi va xirurgi bo’lgan, topografik
anatomiya bilan operativ xirurgiya kafedrasini tashkil qilgan (1920-1923 yy.),
uning “Yiringli jarroxlik ocherklari” (1934) nomli ilmiy asari Davlat mukofotiga
sazovor bo’lgan, u regionar anesteziyani, uch shoxli nervni etil spirti bilan
ogriqsizlantirish metodikasini ishlab chiqqan.
O’zbekistonda qon quyish xizmatining tashkilotchisi prof. V. K. Yasevich
(1894—1965) xisoblanadi, uning “O’rta Osiyo xalqlarida kon gruppasini
o’rganishga doir materiallar” (1938) nomli doktorlik dissertatsiyasi respublikadagi
xamma gematologlar uchun dasturul amal qullanma xisoblanadi.
1933 yil 1 sentyabrda Toshkentda Markaziy qon quyish stantsiyasi tashkil
etilgan bo’lib, u Moskvadagi Markaziy qon quyish institutining filiali bo’lib
qolgan. 1940 yilda Markaziy qon quyish stantsiyasi O’zbekiston gematologiya va
qon quyish ilmgoxiga aylantirilgan.
Turkistonda onkologiya xizmatining rivojlanishi prof. P. F. Borovskiyning nomi
bilan bog’lik, birok muntazam davolash va onkologiyaga qarshi profilaktik ishlar,
onkologiya, rentgenologiya va radiologiya soxasidagi ilmning taraqqiy etishi 1931
yilda O’zbekiston rentgen-radiologik va rak ilmgoxining dispanser bilan birga
13
ochilishi bilan boshlandi. 1946 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti
qoshida, so’ngra tibbiyot institutlarining qoshida xam onkologiya va rentgen-
radiologiya kafedralari tashkil topdi.
O’zbekistonda neyroxirurgiya ayniqsa Ulug’ Vatan urushi davrida rivojlana
boshladi va Turkiston sog’liqni saqlashining birinchi xalq komissari prof. I. I.
Orlov nomi bilan bog’liq. Katta evakogospitallarda neyroxirurgik bo’limlar tashkil
qilinib, ularda neyroxirurgiyadan yuqori malakali ixtisoslashgan yordam ko’rsatila
boshlandi.
O’zbekistonda xirurgiyaning rivojlanish tarixida respublika xirurglarining I
sʼezdi (Toshkent, 1965 yil, dekabr), so’ngra O’rta Osiyo respublikalari va
Kozog’iston xirurglarining I sʼezdi (Toshkent, 1979 yil, 16—17 yanvar) yirik
voqealardan bo’lib qoldi. Bu ikkala sʼezdning tashkilotchisi O’zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, professor O’ktam Oripovich
Oripov xisoblanadi. 1986 yilda Toshkentda xirurglarning 31 sʼezdi o’tdi.
Xirurglarning bu katta anjumanlari dastlabki olimlar urniga xozirgi vaqtda ko’p
qirrali ixtisoslashgan xirurgik yordamni va xirurgiya fanini rivojlantirayotgan
isteʼdodli yoshlar, shu jumladan milliy qadrlar yetishib chiqqanligini ko’rsatdi.
1974 yilda Butun ittifoq xirurgiya ilmiy markazi Toshkent filiali (xozirgi
O’zbekiston Respublikasi sogl’iqni saqlash vazirligining Toshkent xirurgiya ilmiy
markazi) ning ochilishi respublikamiz xirurgiyasi tarixida muxim vokea bo’lib
qoldi. Bu markazga O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi
Vosit Voxidovich Voxidov uzoq yillardan buyon moxirlik bilan raxbarlik kilib
keldi va namunali maktab yaratib ketdi.
O’zbekmstonning jarroxlik buyicha kuzga ko’ringan olimlari (I. I. Orlov, S. А.
Maʼsumov, M. P. Postolov, M. А. Аshrapova, S. M. Аʼzamxujaev, Sh. I. Karimov,
F.F. Nazirov va b.) jigar sirrozlari va portal gipertenziya muammolarini ishlab
chiqishga barakali xissa qo’shdilar.
Turkistonda endemik buqoq muammolarini o’rganishga prof. N. S. Pereshivkin
tashkilotchilik qilgan edi. Bu masalani ishlab chiqishda S. А. Maʼsumov,
14
O’zbekiston Respublikasi FА akademigi Y. X. Turakulov, prof. R.K. Islombekov,
R.Y. Omirov, А. Saidxonov va boshqalar katta xissa qo’shdilar.
Tomirlar xirurgiyasida qo’lga kiritilgan yutuklar tufayli akademik U. O. Oripov,
prof. D.L. Аrustamov, Sh.I. Karimov, N.P. Pak buyrakni birinchi marta
muvaffaqiyatli ko’chirib o’tkazishgan (1972 yil 12 sentyabr) va buning uchun
Davlat tamonidan mukofat bilan taqdirlangan. Uning davomi sifatida, xozirda
buyrakni ko’chirib o’tkazish va gemodializ respublika markazi ochilgan.
Respublikada transplantatsion immunologiya soxasi keng rivojlandi (U.O.
Oripov va xodimlari), Rossiya immunologiya ilmgoxining direktori, Rossiya MFА
akademigi prof. Raxim Musaevich Xayitovning (Samarqand tibbiyot institutini
tamomlagan) katta yordami va ishtirokida Respublika immunologiya ilmgoxi
tashkil etildi.
Yangi yo’nalish — endobiliar xirurgiyani prof. Sh.I. Karimov va uning
shogirdlari ishlab chiqayaptilar. Ushbu kafedrada ilmiy laboratoriya bilan birga
tarkalgan yiringli peritonitni patogenetik davolashning eksperimental va klinik
jixatlari muvaffaqiyatli urganilyapti.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida jarroxlik fani va amaliyoti tobora jadallik
bilan rivojlanib borayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |