Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazaryasi»


O’ZBEKISTONDA BANDLIKNING TARKIBI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH VAZIFALARI



Download 142,5 Kb.
bet6/7
Sana27.03.2022
Hajmi142,5 Kb.
#513479
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SSI 50 GURUH TALABASI TOSHKENTOVA DILFUZA IQTISODIYOT NAZARYASI

3. O’ZBEKISTONDA BANDLIKNING TARKIBI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH VAZIFALARI.

Respublika iqtisodiyotida bandlarning hududiy kesimidagi ulushi ayrim viloyatlar bo‘yicha 2,7% (Sirdaryo viloyati)dan 11,4% (Farg‘ona viloyati)gacha
bo‘lgan darajani tashkil qilgan, ya‘ni bandlikning eng past va yuqori ko‘rsatkichi
o‘rtasidagi farq 4,2 barobardan ko‘proqqa teng bo‘lgan (2016 y.). Sirdaryo va
Farg‘ona viloyatlarining YaIMdagi ulushi (mos ravishda 1,8 va 6,7%)dagi farqlar
ko‘lami ham 3,7 barobardan ko‘proqni tashkil qilgan.
Respublika viloyatlari bo‘yicha band bo‘lganlarning ulushidagi nisbatan
ancha katta farqlarni ular iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi, ixtisoslashuv
yo‘nalishi, tarmoq tuzilishi va unda sanoat hamda qayta ishlovchi sohalarning
ulushi kabi omillar belgilab beradi.
Hozirgi kunda mamlakatda aholini ish bilan bandligini ta‘minlash bo‘yicha
amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar quyidagilarni qamrab oladi:
1. Aholining ish bilan bandligi tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish hamda
ishsiz aholini yangi, mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunarlarga o‘rgatish.
2. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan
qayta jihozlash, ayniqsa tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashga e‘tiborni
kuchaytirish.
3. Ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar faoliyatini
takomillashtirish, bunda eng avvalo, ular tuzilmasini maqbullashtirish.
Tayanch tushunchalar
Ishchi kuchini takror hosil qilish – insonning jismoniy kuchlari va aqliy
qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklash va ta‘minlab turish, ularning mehnat
malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi
o‘sishini ta‘minlash, yosh ishchilar avlodini yetkazib berish.
Bandlik – mehnat layoqatiga ega bo‘lgan va mehnat qilishga ishtiyoqi bor
kishilarning ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishlari.
462
To’liq bandlik – mehnatga layoqatli bo‘lgan va ishlashni hohlagan barcha
kishilarning ish bilan ta‘minlanganini anglatadi.
Samarali bandlik– xodimlarning o‘z mexnati natijalaridan to‘liq iqtisodiy
manfaatdorligining ta‘minlanishi.
Birlamchi bandlik – bu asosiy ish bilan, ya‘ni daromadning asosiy qismini
beruvchi faoliyat turi bilan band bo‘lishi.
Ikkilamchi bandlik – qo‘shimcha ish bilan, ya‘ni qo‘shimcha daromad
beruvchi faoliyat bilan band bo‘lishi.
Bandlik darajasi – iqtisodiyotda band bo‘lganlarning mehnat resurslariga
nisbati.
Mehnat birjasi – ishchi kuchini taqdim qiluvchilar hamda ishga
yollovchilar o‘rtasida ish kuchini sotish va sotib olish bo‘yicha kelishuvni amalga
oshirishda vositachi vazifasini bajaruvchi maxsus muassasa.
Kishilik jamiyatining ilk davrlaridanoq davlatning iqtisodiyotga aralashuvi
muammosi paydo bo‘lgan. Qadimgi Bobilda qabul qilingan Eshnunn va
Xammurapi qonunlari bunga misol bo‘la oladi.
Buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davrida G‘arbiy Evropa mamlakatlarining
mustamlakalarni bosib olish siyosati ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvini
taqozo qilgan. Chunki bunda, birinchidan, mustamlaka axolisini itoatda ushlab turish; ikkinchidan, mustamlakalarni boshqa davlatlardan himoya qilish zarurati
paydo bo‘lgan.
XX asr boshlarida, ko‘plab mamlakatlar birinchi jahon urushining
ishtirokchilari bo‘lganligi sababli, davlat iqtisodiyotni boshqarish bo‘yicha bir
qator vazifalarni o‘z zimmasiga olgan. U resurslar va ishchi kuchini taqsimlagan,
yirik monopolistlarga mamlakat uchun zarur bo‘lgan ko‘plab zaruriy tovarlarni
ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtmalar bergan.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi asosan 1929-1933 yillardagi jahon
iqtisodiy inqirozidan keyin kuchaygan.U iqtisodiyotga ta‘sir ko‘rsatishning har xil
usullarini qo‘llab, tsiklga qarshi tartibga solishni amalga oshirgan.
Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli
masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Uning "Xalqlar
boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) nomli kitobida
bozor usullari orqali iqtisodiyotning o‘z-o‘zini tartibga solish zarurligi ta‘kidlab
o‘tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat
nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar
iste‘molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniga ega
bo‘ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz
ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga rag‘batlantiradi.
Davlat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanadi va ayni vaqtda bozor
tizimi faoliyat qilishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyotida bu davlatning
iqtisodiy vazifalarida ifodalanadi. Bular quyidagilar:
bozor iqtisodiyoti me‘yorida faoliyat qilish uchun huquqiy asosni vujudga
keltirish va takomillashtirish;
raqobatni himoya qilish;
daromad va boylikni oqilona qayta taqsimlash;
resurslarni qayta taqsimlash;
iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya‘ni inflyatsiya va bandlik darajasi
ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish;
tashqi samarani tartibga solish.
Bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy, huquqiy asosni quyidagi tadbirlar taqozo
qiladi: xususiy korxonalarga qonuniy mavqeini berish; xususiy mulkchilik
xuquqini aniqlash va shartnomalarga amal qilishini kafolatlash; korxonalar,
resurslarni yetkazib beruvchilar va iste‘molchilar o‘rtasidagi munosabatlarni
tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqish va shu kabilar. O‘zbekiston
Respublikasining korxonalar, tadbirkorlik va aktsionerlik jamiyatlar to‘g‘risidagi
qonunlari hamda ularga kiritilgan qo‘shimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun
zaruriy, huquqiy asosni ta‘minlashga qaratilgan.
Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta‘minlash o‘z ichiga ichki tartibni
saqlash, mahsulot sifati va og‘irligini o‘lchashga andozalar belgilash, tovarlar va
xizmatlar ayriboshlashini engillashtirish uchun milliy pul tizimini muomalaga
kiritish kabilarni oladi.
Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usulda nazorat o‘rnatiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar
―raqobatli bozor‖ mavjud bo‘lish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradigan tabiiy
monopoliyalar deb nomlanadigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va
ko‘rsatiladigan xizmatlarga andozalarni o‘rnatadi. Transport, aloqa, elektr quvvati
ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma‘lum darajada
shunday tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko‘pchilik
bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta‘minlanishi sababli davlat
raqobatini quchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi
qonunlar qabul qiladi.
Bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a‘zolari
o‘rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli
davlat o‘z zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu
vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o‘z ifodasini topadi. Birinchidan, transfert
to‘lovlari orqali muhtojlarni, nogironlarni va birovning qaramog‘ida bo‘lganlarni
nafaqalar hamda ishsizlarni ishsizlik nafaqalari bilan ta‘minlaydi. Ijtimoiy ta‘minot
dasturlari orqali pensionerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko‘rsatiladi.
Ikkinchidan, davlat bozorini tartibga solish yo‘li bilan, ya‘ni talab va taklif
ta‘sirida o‘rnatiladigan narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan ham daromadlarning
taqsimlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Davlat jamiyat a‘zolari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlashda soliq
tizimidan keng foydalanadi.
Bozor mexanizmining resurslarni qayta taqsimlashdagi layoqatsizligi ikki
holatda ko‘rinadi, ya‘ni raqobatli bozor tizimi: 1) ma‘lum tovarlar va xizmatlarning
kam miqdorini ishlab chiqaradi; 2) ishlab chiqarishi o‘zini oqlagan ayrim tovarlar
va xizmatlarga resurslarning har qanday turini ajratish holatida bo‘lmaydi.
Resurslarning qayta taqsimlanishi tovarlarni ishlab chiqarish yoki iste‘mol
qilish bilan bog‘liq foyda yoki zarar, uchinchi tomonga, ya‘ni bevosita xaridor
yoki sotuvchi hisoblanmaganlar tomonga ―joyini o‘zgartirsa‖ vujudga keladi. Bu
qo‘shimcha samara deb ataladi, chunki u bozor qatnashchisi hisoblanmaganlar
422
xissasiga to‘g‘ri keluvchi foyda yoki zararni ifodalaydi. Bunga atrof-muhitning
ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin. Kimyo korxonasi o‘zining sanoat
chiqitlarini ko‘l yoki daryoga oqizsa, bu cho‘miluvchilar, baliqchilar va atrofdagi
aholiga zarar keltiradi.
Davlat bu holatlarni tartibga solish uchun qonunchilik tadbirlarini qo‘llaydi
yoki mahsus soliq va jarimalardan foydalanadi.
Masalan, atrof-muhit va suv havzalarining ifloslanishini taqiqlovchi yoki
cheklovchi qonunlar, ishlab chiqaruvchilarni o‘zlarining sanoat chiqitlarini ishlab
chiqarish jarayonida ifloslangan suvni tozalovchi qurilmalar sotib olish va
o‘rnatish bilan yo‘qotishga majbur qiladi.
Boshqa holda davlat maxsus soliqlarni kiritish yordamida, atrof-muhitni
ifloslantiruvchi korxonalarga boshqalarga keltirishi mumkin bo‘lgan zararni
yuklashga harakat qiladi.
Davlat bir qator yo‘llar bilan resurslarning nomutanosib taqsimlanishi
keltirib chiqaradigan oqibatlarni yumshatishga ham harakat qiladi.
Birinchidan, iste‘molchilarning aniq tovar va xizmatlarni xarid qilish
qobiliyatini oshirish yo‘li bilan ularning talabi kengaytirildi.
Ikkinchidan, davlat taklifini oshirish maqsadida ishlab chiqarishni subsidiyalashi mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchilarning zararlarini qisqartiradi
va mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurslarning etishmasligi bartaraf qilinadi.
Uchinchidan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne‘matlarni ishlab
chiqaruvchisi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslanadi
va davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ularni moliyalashtirishni davlat o‘z
zimmasiga oladi.
Bular fan, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, milliy mudofaa, favqulodda ro‘y
beradigan tabiiy hodisalarga qarshi kurash, ichki tartibni saqlash shular
jumlasidandir.
Davlat byudjet mablag‘lari hisobiga resurslarni hususiy sohada
qo‘llanilishdan bo‘shatadi hamda ularni ijtimoiy ne‘mat va xizmatlar ishlab
chiqarishga yo‘naltirish mumkin. Shunday qilib, davlat mamlakat milliy mahsuloti
tarkibida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida resurslarni qayta
taqsimlaydi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya‘ni iqtisodiyotning barcha sohalarini
resurslar bilan ta‘minlash, to‘liq bandlik va narxlarning barqaror darajasiga
erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish davlatning eng
muhim vazifasi hisoblanadi.
Iqtisodiyotda to‘liq bandlikni ta‘minlash uchun umumiy sarflar, hajmi etarli
bo‘lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy ne‘matlar va xizmatlarga o‘z xarajatlarini
ko‘paytiradi, boshqa tomondan xususiy sektorning sarflarini rag‘batlantirish
maqsadida soliqlarni qisqartiradi.
Agar jami sarflar to‘liq bandlik sharoitida taklif hajmidan oshib ketsa, bu
narxlar darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Jami sarflarning mazkur ortiqcha
darajasi inflyatsion xususiyat kasb etadi. Bunday holda davlat soliqlarni oshirish
orqali xususiy sektor sarflarini qisqartirish va shu yo‘l bilan ortiqcha sarflarni
tugatishga harakat qiladi. Iqtisodiyotda ishsizlik mavjud bo‘lganda davlat
sarflarining ko‘payishi jami sarflar, ishlab chiqarish hajmi va bandlilikning
o‘sishiga olib keladi. O‘z navbatida, soliqlarning qisqarishi yoki transfert
to‘lovlarining ko‘payishi daromadlarni ko‘paytiradi. Bu daromadlar shaxsiy
sarflarning o‘sishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Davlat o‘z ishlab chiqarishini moliyalashtirishdan tashqari ijtimoiy sug‘urta
va ijtimoiy ta‘minotning bir qator dasturlarini amalga oshiradi, iqtisodiyotning
xususiy va kooperativ sektorida daromadlarni qayta taqsimlaydi. Davlat atrofmuhitni himoya qilish, aholi sog‘lig‘ini saqlash, bo‘sh ishchi o‘rinlariga ega
bo‘lishning teng sharoitini ta‘minlash va ma‘lum sohalarda narx belgilash
amaliyoti ustidan nazorat qilish va shu kabilar orqali ham iqtisodiy faollikga
ta‘sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy tavsifdagi ne‘matlar ham borki, ular faqat davlat tomonidan ishlab
chiqarilib, butun jamiyat a‘zolari yoki alohida kishilar guruhi bahramand bo‘lishi
taqazo qilinadi.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ikki yo‘nalishda kechadi. Birinchidan,
iqtisodiyotning davlat sektorini tashkil etuvchi korxonalarda tovar va xizmatlar
yaratib bozor munosabatlarida ishtirok etadi. Ikkinchidan, davlat umumiy
manfaatlarini ifodalovchi kuch sifatida milliy iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok
etadi.
Respublikamizda yaqin istiqbolda ham: ―iqtisodiyotda davlat ishtirokini
kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini himoya qilish va uning istiqbolli rolini
yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish‖ nazarda
tutiladi.83 Bunda quyidagilarga ustuvorlik beriladi:
davlat mulkini xususiylashtirish tartib-tamoyillarni yanada kengaytirish va
soddalashtirish;
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini
kamaytirish;
davlat mulkini xususiylashtirilgan ob‘ektlarning bazasida xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
korporativ boshqaruvining zamonaviy standartlari va usullarini joriy etish;
davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish;
nodavlat, jamoat tashkilotlar va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini
oshirish
Davlat bozorga nisbatan tashqi kuch sifatida ham maydonga chiqib butun
iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etadi va bunda butun jamiyat nomidan ish
ko‘radi.
Davlatning oilalarga beradigan turli transferlari ularning xarid qobiliyatini
oshiradi, bu esa o‘z navbatida talabni shu orqali bozorni kengaytiradi. Davlat
sektori korxonalarida yaratilgan tovar va xizmatlar taklifini oshiradi.
Davlat sektori butun jamiyat uchun zarur bo‘lgan xususiy korxonalar ishlab
chiqarilmaydigan tovar va xizmatlarni yaratadi. Aksariyat hollarda davlat sektori
ishlab chiqarish infratuzilmasi, yonilg‘i-energetika, transport, yo‘l va suv xo‘jaligi,
aloqa kabi sohalarni qamrab oladi. Ularning xizmatlari milliy iqtisodiyotning rivoji
uchun zarur bo‘lganligi sababli shu sohalar xarajatini qoplashni davlat o‘z
zimmasiga olib, iqtisodiy o‘sishga turtki beradi.


XULOSA
Bu mehnatga layoqatli va ishlashni hxohlagan kishilarni
ish bilan ta‘minlash, shu orqali ularga o‘zini-o‘zi iqtisodiy ta‘minlash uchun
imkoniyat yaratishni ko‘zda tutadi. Bunda davlat mamlakatda yangi ish o‘rinlarini
yaratish, mavjud ish o‘rinlaridan to‘laroq foydalanib bandlikni oshirilishini ko‘zda
tutadi. Yangi ish o‘rinlarini yaratgan korxonalarga soliqdan imtiyozlar yoki
subsidiyalar beriladi. Shuningdek, yangi ish o‘rnini yaratib, uni zamonaviy
texnologiyalar bilan jihozlab, mehnat unumdorligini va shunga ko‘ra
daromadlarini oshirishga erishish rag‘batlantiriladi. Bandlik muammosining
keskinligiga qarab uni hal etishning u yoki bu yo‘liga ustuvorlik beriladi. Iqtisodiy
jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda bandlik siyosati har qanday ish o‘rnini,
hatto unumi past ish o‘rinlarining yaratilishini ham ko‘zda tutadi. Aksincha, iqtisodiy jihatdan yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda malakali mehnatni band
qiluvchi unumi yuqori ish o‘rinlarini, yaratishga e‘tibor qaratiladi. O‘zbekistonda
bandlik siyosatida yangi ish o‘rinlarini yaratishda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohalari, dehqon va fermer xo‘jaliklarida ish
o‘rinlarini yaratishga ustuvorlik beriladi. O‘zbekistonda maxsus bandlik fondi
mablag‘lari hisobidan ish o‘rinlari yaratiladi, ishsizlarga nafaqa beriladi va ular
yangi kasblarga o‘rgatiladi. Davlat hisobidan moliyalashtiriladigan fondlar mablag‘lari ham yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltiriladi.
Ishsizlik darajasi yuqori bo‘lganda, uni kamaytirish uchun hukumat ish
kuchini chetga chiqarish choralarini ham ko‘radi.



Download 142,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish