O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
«IQTISODIYOT» KAFEDRASI
«IQTISODIYOT NAZARYASI» fanidan
KURS ISHI
MAVZU: ISHSIZLIK, UNING TURLARI VA O’BEKISTONDA BANDLIK MUAMOLARI.
BAJARDI: Toshkentova D.O
TEKSHIRDI: Asatullayev X.S.
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
«____» _______2021 y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
«____» _______2021 y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
«____» _______2021 y.
Baho «_____» _________
|
___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
__________________
|
TOSHKENT-2021
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
MAKROIQTISODIY BEQARORLIK: INQIROZ, ISHSIZLIK VA
INFLYATSIYA.
ISHCHI KUCHI BOZORI. ISHCHI KUCHI VA UNING BANDLIGI.
O’ZBEKISTONDA BANDLIKNING TARKIBI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH VAZIFALARI.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
Iqtisodiyot – bu iqtisodiy ne’matlar va vositalarni takror ishlab chiqarish
jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, xo’jalik yuritish
shakllari, ularni tartibga soluvchi mexanizmlar va infratuzilmaviy muassasalarning ma’lum darajada tartibga solingan tizimidir.
Iqtisodiyot murakkab va ko’pqirrali tushuncha bo’lib, bu birinchidan
xo’jalik tizimi, ikkinchidan iqtisodiy munosabatlar birligi va uchinchidan, fan
darajasida mujassamlashgan bilimlardir. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy
shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y bergan. Shuning uchun iqtisodiyot deganda uy
xo‘jaligi va uni yuritish qonun-qoidalari tushunilgan.
Iqtisodiyot doirasida iqtisodiy boyliklarni, ya‘ni jamiyat uchun zarur bo‘lgan
ne‘mat va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayoni ro‘y beradi.
Takror ishlab chiqarish bu jarayonning to‘xtovsiz takrorlanib, yangidan
boshlanib turishidir. Takror ishlab chiqarish qisqarib boruvchi, oddiy va
kengaytirilgan turlarga ajratiladi.
Qisqarib boruvchi takror ishlab chiqarishda ishlab chiqarish hajmi kamayib
borish tartibida takrorlansa, uning oddiy turida bir me‘yorda, o‘zgarmasdan va
kengaytirilgan turida esa bu jarayon ko‘payib borish tartibida takrorlanadi.
ovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati bo’yicha takror ishlab
chiqarish - ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimlash va iste‘mol qilish
jarayonlarining birligidan iboratdir. Ishlab chiqarish jarayonida tovar va xizmatlar
yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayriboshlanadigan va
nihoyat, iste‘mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi.
Taqsimot jarayonida ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, tovar va
xizmatlar hamda pul daromadlari tarmoqlar, sohalar, hududlar, korxonalar va
jamiyatning alohida a‘zolari o‘rtasida taqsimlanadi hamda qayta taqsimlanadi.
Ayriboshlash yaratilgan ne’matlar va boyliklarning ishlab
chiqaruvchilari va iste’molchilarini bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi.
Iste’mol jarayonida tovarlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard
iste‘molchilarini topadi hamda turli xil ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi.
Iste‘mol ikki turga bo‘linadi: unumli va shaxsiy iste‘mol. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ishlab chiqarish jarayonida foydalanilib, unumli iste‘mol
qilinadi. Iste‘mol buyumlari shaxsiy iste‘mol jarayonida foydalaniladi va shu
orqali ularning o‘rniga yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Iqtisodiyotning zaruriy tarkibiy qismi va faoliyat qilishining asosiy sharti
infratuzilmadir.
Infratuzilma – bu ishlab chiqarish va ayriboshlashning bir me‘yorda ro‘y
berishi hamda kishilar turmush kechirishining umumiy shart-sharoitini tashkil
qiluvchi sohalardir.
Infratuzilma quyidagi turlarlardan iborat bo’ladi:
Ishlab chiqarish infratuzilmasi-bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat
ko‘rsatadi. Bular saqlash va uzatish vositalari, ombor xo‘jaligi, moddiy texnika
ta‘minoti, transport, aloqa, yo‘llar va boshqa shu kabilardir.
9
Ijtimoiy infratuzilma-kishilar yashash va hayot kechirishining ijtimoiymadaniy va maishiy sharoitlarini tashkil qiladi (ta‘lim, sog‘liqni saqlash, maishiy,
uy-joy va kommunal xo‘jalik).
Bozor infratuzilmasi-tovarlar va iqtisodiy resurslar ayriboshlash jarayoniga
xizmat qiladi (birjalar, savdo uylari, auktsionlar va boshqalar).
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi
hamda uni qondirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.
Iqtisodiyotning bosh masalasi o‘zining ikki tomoniga ega: ehtiyojlar cheksiz va
iqtisodiy resurslar cheklangan.
Iqtisodiyotning asosiy muammosi – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda
jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to‘laroq qondirib borish mumkinligi
to‘g‘risidagi masaladir.
Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilish yo’llari:
- iqtisodiy resurslar miqdorini ko‘paytirish;
- resurslar unumdorligini oshirish;
- resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng
samaralisini tanlash;
- jamiyat ehtiyojlarini cheklash.
Do'stlaringiz bilan baham: |