O’zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha bandlar (2016 yil.)
l
Iqtisodiyot tarmoqlari
|
Ming kishi
|
Foizda
|
Iqtisodiyotda jami bandlar soni
|
13298,4
|
100,0
|
Shu jumladan tarmoqlarda:
|
|
|
Qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligi
|
3646,7
|
27,4
|
Sanoat
|
1802,4
|
13,6
|
Qurilish
|
1263,6
|
9,5
|
Savdo
|
1452,4
|
10,9
|
Tashish va saqlash
|
638,2
|
4,8
|
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar
|
308,0
|
2,3
|
Axborot va aloqa
|
63,6
|
0,5
|
Moliyaviy va sug‘urta faoliyati
|
66,5
|
0,5
|
Ta‘lim
|
1105,6
|
8,3
|
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish
|
601,6
|
4,5
|
San‘at, ko‘ngil ochish va dam olish
|
65,1
|
0,5
|
Boshqa faoliyat turlari
|
2284,7
|
17,2
|
Respublikada bandlikning tarmoq tarkibidagi keskin kamayishi qishloq
qishloq xo‘jaligi soxasi ulushiga tegishli bo‘lgan. Agrar soxaning YaIMdagi ulushi
2016 yilda 2000 yilga taqqoslanganda 12,5 (30,1 dan 17,6) foizga qisqargani
holda, bandlikdagi ulushining kamayishi 6,8 foizni tashkil qilgan.
Respublikada bandlikning tarmoq tarkibidagi ro‘y beradigan istiqboldagi
muhim o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni qayd qilish mumkin.
Iqtisodiyotning, sanoat tarmog‘ining mavjud quvvatlarini yangilash va
modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash hamda kooperatsiyalash
asosida mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish natijasida bandlikdagi ancha
muhim miqdor va sifat o‘zgarishlar uning alohida tarmoqlariga tegishli bo‘ladi.
Jumladan, sanoatning qazib oluvchi va undiruvchi tarmoqlarida, band bo‘lganlar
salmog‘i nisbatan kamayib, uni qayta ishlovchi tarmoqlaridagi ulushi shunga mos
ravishda ortib boradi. Bu avvalo, yoqilg‘i, metallurgiya, kimyo va qurilish
materiallari sanoatiga tegishli.
Qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazishda band
bo‘lganlar mutloq va nisbiy ulushining kamayishi tarmoq mahsulotining YaIMdagi
salmog‘i qisqarishiga mutanosib ravishda bo‘lishiga erishib borishga qaratilishi
zarur.
Samarali bandlikni ta‘minlash talabi hisobga olinganda iqtisodiyotning
transport va aloqa tarmog‘i boshqa tarmoq va sohalarga qiyosan ancha yuqori
mavqega ega. Mazkur tarmoqda keyingi yillarda qaror topgan ijobiy tamoyillarni
saqlab qolish nafaqat sohada balki butun milliy iqtisodiyotda samarali bandlikni
ta‘minlashga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Samarali bandlikka erishib borish talabi nuqtai nazaridan iqtisodiyotning
qurilish hamda savdo tarmoqlarida va umumiy ovqatlanish sohalarida ishchi
kuchidan foydalanilmayotgan katta potentsial imkoniyatlar mavjudligini
ko‘rsatadi. Xususan, qurilish tarmog‘ining bandlikdagi ulushi 2000-2016 yilda ¼
hissaga ortgani holda, uning YaIM dagi hissasi deyarli o‘zgarmay qolgan. Savdo
va umumiy ovqatlanish sohalarining YaIM dagi ulushi kamayib borgan sharoitda,
unda band bo‘lganlar salmog‘i 1/3 barobarga ortgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |