Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazaryasi»


MAKROIQTISODIY BEQARORLIK: INQIROZ, ISHSIZLIK VA INFLYATSIYA



Download 142,5 Kb.
bet2/7
Sana27.03.2022
Hajmi142,5 Kb.
#513479
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SSI 50 GURUH TALABASI TOSHKENTOVA DILFUZA IQTISODIYOT NAZARYASI

MAKROIQTISODIY BEQARORLIK: INQIROZ, ISHSIZLIK VA
INFLYATSIYA.




Ishsizlar – bu mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan
ta‘minlanmaganlardir.
Ishsizlik kelib chiqishining asosiy sababi –ishchi kuchi (mehnat)ning aniq
bozorida taklifning unga bo‘lgan talabdan ortib ketishi va buning natijasida
iqtisodiy faol aholi bir qismining ish bilan ta‘minlanmasligidir.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq 16 yoshdan
boshlab pensiyaga chiqish xuquqini olish yoshigacha ish joyiga va ish haqi
(mehnat daromadi)ga ega bo‘lmagan, haqiqatda ish qidirayotgan, mehnat qilishga
layoqatli, kasb-korga ega va qayta tayyorgarlikdan o‘tishga tayyor, davlat bandlik
hizmati muassasalari maqbul keladigan ishni taklif qilmagan, shaxslar ishsizlar deb
yuritiladi. Ishsizlik kelib chiqish sabablariga ko‘ra: friktsion, tarkibiy va tsiklik
ishsizlikka bo‘linadi.
Friktsion ishsizlikka yangi joyga ko‘chib o‘tishi natijasida asosiy ish joyini
vaqtincha yo‘qotgan, lekin faol ish qidirayotganlar kiradi. Bularga quyidagilarni
kiritish mumkin:
- o‘z xohishi bilan ish joyini o‘zgartirganlar;
- ishdan bo‘shatilganligi tufayli yangi ish joyi qidirayotganlar;
- vaqtinchalik ish joyini yo‘qotganlar;
- birinchi marta ishga joylashish uchun ish qidirib yurgan yoshlar.
Bu turdagi ishsizlar u yoki bu sababga ko‘ra ish joyini yo‘qotganlar bo‘lib,
har doim mavjud bo‘ladi va mehnat bozorini to‘ldiradi.
Friktsion ishsizlik muqarrar hisoblanadi, chunki ko‘pchilik ishlovchilarda
kam haq to‘lanadigan ish joyidan, ko‘proq haq oladigan ishga o‘tishga xohish
bo‘ladi.
Tarkibiy ishsizlik - iste‘molchi talabi va texnologiyadagi o‘zgarishlar
oqibati hisoblangan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida kelib chiqadi. Tarkibiy ishsizlar
maxsus tayyorgarlik qilmasdan, yangi ish turiga ko‘nikma hosil qilmasdan ish topa
olmaydilar.
Friktsion ishsizlik qisqa muddatli tavsifga ega bo‘lsa, tarkibiy ishsizlik esa
uzoq muddatga cho‘zilib jiddiy ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Siklik ishsizlik – iqtisodiy inqiroz fazasi bilan bog‘liq ravishda kelib
chiqadi va majburiy ishsizlik hisoblanadi. Masalan, AQShda 1982 yildagi krizis
davrida ishsizlik darajasi 9,7%ga ko‘tarilgan, ―Buyuk depressiya‖ davri – 1933
yilda esa tsiklli ishsizlik darajasi 25%ga etgan. 2008 yilgi jahon moliyaviy -
iqtisodiy inqirozi natijasida bu turdagi ishsizlik darajasi 5 - 6%ni tashkil qilgan.
Ishsizlik namoyon bo‘lish xususiyatiga ko‘ra ixtiyoriy, muassasaviy (Institutsional), texnologik, hududiy, yashirin va turg‘un turlarga bo‘linadi.
Ixtiyoriy ishsizlikka – odatda o‘z xohishi bilan ishlamayotganlar kiritiladi.
Kishilar ish haqining pasayishi sababli yoki uy xo‘jaligi bilan mashg‘ul bo‘lishi,
bola boqish va boshqa sabablarga ko‘ra ixtiyoriy ravishda ishlamasliklari mumkin.
Muassasaviy ishsizlik - bu mehnat bozorlarining samarali tashkil etilmasligi
natijasida kelib chiqadi. Masalan, vakantli joylar to‘g‘risida ma‘lumot yetarli
bo‘lmay kishilar bo‘sh ish o‘rinlaridan xabarsiz qoladi.
Texnologik ishsizlik - ishlab chiqarishning texnologik usulini o‘zgarishi,
xususan mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion
texnologiyalarning qo‘llash natijasida vujudga keladi.
Hududiy ishsizlik - hududiy, tarixiy, demografik, madaniy, milliy va
ijtimoiy-ruhiy omillar bilan bog‘liq holda mavjud bo‘ladi.
Yashirin ishsizlik – faol aholining ish kuni yoki ish xaftasi davomida to‘liq
band bo‘lmagan qismidir.
Turg’un ishsizlik - mehnatga layoqatlilarning ish joyini yo‘qotgan,
ishsizlik nafaqasini olishdan mahrum bo‘lgan va mehnat faoliyatiga hech
qanday qiziqishi bo‘lmaganlar toifasi.
Ishsizlik davom etish vaqtiga qarab qisqa va uzoq muddatli turlarga
bo‘linadi. Ko‘pgina mamlakatlarda 6 oygacha ishsizlikni qisqa muddatli, undan
ortiq muddatga cho‘zilgani uzoq muddatli hisoblanadi. Iqtisodiy faol aholining ish
bilan bandligini tahlil qilish maqsadida ishsizlik darajasi aniqlanadi. Ishsizlik
darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi umumiy soniga nisbatining foizdagi
ifodasidir:
Ishsizlik darajasi = ishsizlar soni/ishchi kuchi soni •100%
Ishchi kuchi soni=Ishlovchilar yoki band bo‘lganlar + faol ish qidiruvchilar
yoki ishsizlar.
To‘liq bandlilik ishsizlikning tabiiy darajada mavjud bo‘lishini ko‘zda tutadi
va u quyidagicha aniqlanadi. Ishsizlikning tabiiy yoki muqarrar darajasi = friktsion
ishsizlar + tarkibiy ishsizlar. Friktsion va tarkibiy ishsizlik muqarrar mavjud bo‘lib
turadigan ishsizlikdir.
Ishsizlarning bunday tabiiy darajada muqarrar mavjud bo‘lishi, hamma
resurslarning zaxirasi bo‘lganligi kabi, mehnat resurslarining ham zaxirasi sifatida
qaraladi. Shunga ko‘ra ishsizlar soni tsiklik ishsizlarga teng bo‘ladi.
Iqtisodchilarning fikriga ko‘ra ishsizlikning ―tabiiy‖ darajasi 3-5% atrofida
bo‘lishi kerak. Lekin bu ko‘rsatkich turli mamlakatlarda o‘zining ob‘ektiv
sharoitidan kelib chiqib, farq qiladi. Masalan, AQShda u 7% atrofida, chunki bu
mamlakatda ishchi kuchining safarbarligi juda yuqori. Yaponiyada esa ishsizlik
1% atrofida bo‘lsa to‘liq bandlikka erishilgan deb qaraladi. Yaponiyada bir umrlik
asosida ishlash keng tarqalgan, demak ish kuchini safarbarligi past.
Ishsizlikning ijtimoiy oqibati shunda ko‘rinadiki, uzoq vaqt ishsiz yurish
kasbiy malaka va mahoratning yo‘qolishiga olib keladi. Ishsizlik kishilarni ruhan
zo‘riqtiradi, ba‘zi hollarda ishsizlar orasida jinoyatchilik keskin ortishi ham
mumkin.
Amerikalik iqtisodchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YaMM orqada qolishi
o‘rtasidagi bog‘liqlik orqali uning iqtisodiy oqibatini miqdoriy aniqlagan.
Ouken qonuniga ko‘ra ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan
1%ga yuqori bo‘lsa, YaMM (YaIM)ning orqada qolishi 2.5%ni tashkil qiladi,
ya‘ni ular o‘rtasidagi nisbat quyidagicha bo‘ladi - 1:2.5; 2:5; 3:7.5 va h.k.
Ishsizlikning tabiiy darajasidan yuqori bo’lishi natijasida jamiyat tomonidan
ma’lum miqdordagi mahsulotning ishlab chiqarilmasligini quyidagicha
ifodalash mumkin:

Ishlab chiqarilmagan
mahsulot

=

Potentsial YaMM
(YaIM)

-

Haqiqiy YaMM
(YaIM)

Ingliz iqtisodchisi A.U. Fillips Buyuk Britaniya iqtisodiyotining 1861-1956
yillardagi rivojlanishini tavsiflovchi statistik ma‘lumotlardan foydalanib,
inflyatsiya bilan ishsizlik o‘rtasidagi mustahkam bog‘liqlik mavjudligini qayd qilgan. U bu davrda Angliyada ish haqi sekin sur‘atlar bilan o‘sganda ishsizlikning yuqori darajada bo‘lganligini va ish haqi tez o‘sganda esa ishsizlik pasayganligini ko‘rsatib berdi. Buni quyidagicha izohlash mumkin, ishchi kuchiga talab yuqori
bo‘lganda tadbirkorlar yangi ishlovchilarni ishga jalb qilish uchun yoki
ishlayotganlarni ish joylarida ushlab turish uchun ish haqi stavkasini oshiradi. Ishsizlik ortganda esa, ya‘ni ishchi kuchining taklifi talabdan ancha oshib
ketganda,ish haqi stavkalari kamayadi. Ishsizlikning kamayishi narxlar va ish
haqining ortishi bilan birga boradi. Boshqacha aytganda, inflyatsiya sur‘atini
tezlashtirish hisobiga ishsizlik darajasini pasaytirish mumkin.
Keyinchalik Fillips egri chizig‘iga amerikalik iqtisodchilar P.Samuelson va
R.Solou o‘zgartirishlar kiritib, ish haqi stavkasini narxlarning o‘sish sur‘ati bilan almashtirdi. Agar davlat ishsizlik darajasini juda yuqori deb xisoblasa, o‘zining fiskal va byudjet-pul siyosati orqali yangi talabni qondirish zaruratini hisobga olib ishlab chiqarishni rivojlantirishga va yangi ish joylarini vujudga keltirishga harakat qiladi.
Fillips egri chizig’i
Fillips egri chizig‘ida ishsizlik va inflyatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik qisqa
davrdagina amal qiladi. Agar inflyatsiya 5 yildan ortiq vaqt davom etsa, ishsizlik darajasi yanada oshib ketishi mumkin. Buni grafikda egri chiziqning o‘ng tomongа siljishida ko‘rish mumkin, bunda stagflyatsiya xolati kelib chiqadi (Stagflyatsiyaning ma‘nosi inflyatsiya davrida ishsizlikning o‘sishidir).
Hozirda, nisbatan uzoq davrlar uchun Fillips egri chizig‘i o‘rniga ishsizlikning
tabiiy darajasi nazariyasidan foydalanilmoqda. Bu nazariya uzoq davr mobaynida faqat tabiiy ishsizlik darajasidagina inflyatsiyani o‘rtacha sur‘atda ushlab turish
mumkinligini bildiradi. Bu nazariya keyingi yillarda AQSh va Angliya xukumatlari tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llanilgan va buning natijasida mazkur mamlakatlarda
inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlarini ancha pasaytirishga erishilgan.



  1. Download 142,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish