Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «iqtisodiyot nazaryasi»


ISHCHI KUCHI BOZORI. ISHCHI KUCHI VA UNING BANDLIGI



Download 142,5 Kb.
bet3/7
Sana27.03.2022
Hajmi142,5 Kb.
#513479
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SSI 50 GURUH TALABASI TOSHKENTOVA DILFUZA IQTISODIYOT NAZARYASI

ISHCHI KUCHI BOZORI. ISHCHI KUCHI VA UNING BANDLIGI.

Bandlik tushunchasi. To’liq va samarali bandlik muammosi.

―Bandlik mehnat layoqatiga ega bo‘lgan va mehnat qilishga ishtiyoqi bor
kishilarning ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishlaridir‖. Ish bilan band
aholiga yollanib ishlovchilar va o‘zlarini mustaqil ravishda ish bilan ta‘minlagan
shaxslar kiradi. Ish bilan band bo‘lish uchun mehnatga layoqatli, ya‘ni mehnat qilish
qobiliyatiga ega bo‘lish kerak, unga ega bo‘lgan kishilar mehnat resurslarini
tashkil etadilar. O‘zbekistonda mehnat resurslariga aholining quyidagi guruhlari
kiradi:
I. Mehnatga layoqatli yoshdagilar:
16 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan ayollar;
16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar.
II. Mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagi (mehnat nafaqasidagi)
ishlovchilar.
III. Balog’at yoshiga etmagan ishlovchi o’smirlar (16 yoshgacha
bo’lganlar). Mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol aholi qatlamlaridan
iborat bo‘ladi. O‘zbekistonda mehnat resurslarining o‘rtacha 70-72 foizi, iqtisodiy
faol hisoblanib ularning 95% ga yaqini iqtisodiyotda band qilingan. Iqtisodiy
nofaol aholining 57,0% dan ortiqrog‘ini band qilinmaganlar tashkil qilsa, 43,0% ga
yaqini mehnatga layoqatli yoshdagi o‘quvchilar va ishlab chiqarishdan ajralgan
holda ta‘lim olayotganlardan iborat.
Iqtisodiy faol aholi qatlami yalpi ishchi kuchini tashkil qiladi. Yalpi ishchi
kuchining miqdor o‘lchami – bu mehnatga layoqatli kishilarining (mehnat
resurslarining) umumiy sonidir.
Yalpi ishchi kuchining sifat o‘lchami esa ularning bilimi, malakasi,
mahorati, ko‘nikmasi va ish tajribasining o‘rtacha ko‘rsatkichlarida
mujassamlashadi. Boshqa resurslar kabi mehnat resurslari ham takror hosil qilib turilishi kerak.
Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini
uzluksiz kengaytirilgan tarzda tiklab turish, ularning mehnat malakasini, umumiy
bilimi, kasbiy tayyorgarlik darajasini yangilab va o‘stirib borish hamda ishchi
avlodini tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oladigan jarayondir.
Ishchi kuchini takror hosil qilish quyidagilarni anglatadi:
aholining tabiiy harakati, tabiiy o‘sishning umumiy shart-sharoitlarini
yaratish;
xodimlarni ishlab chiqarishga jalb qilish va bo‘shatish;
mehnat resurslarini tarmoqlar, sohalar va hududlar o‘rtasida taqsimlash
hamda qayta taqsimlash;
aholining ijtimoiy, ma‘naviy va madaniy ehtiyojlarini qondirib borish;
ishchi kuchini to‘liq va samarali bandligini ta‘minlash.
Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishining asosiy maqsadlaridan biri to‘liq ish
bilan bandlikni ta‘minlash hisoblanadi. ―To‘liq bandlik‖ va ―samarali‖ yoki
―oqilona‖ bandlikni ham taqozo qiladi.
Ish bilan to‘liq bandlik mehnatga layoqatli bo‘lgan va ishlashni hohlagan
barcha kishilarning ish bilan ta‘minlanganini anglatadi. Shuningdek, ish bilan
to‘liq bandlik bir tomondan iqtisodiyotda ishsizlikning tabiiy darajasi mavjud
bo‘lishini inkor etmaydi, boshqa tomondan, bu mehnatga layoqatli barcha
kishilarning ishlab chiqarishga jalb etilish zarurligini anglatmaydi.
Bandlik miqdor o‘lchamda qancha kishi va qancha vaqt ish bilan mashg‘ul
bo‘lishini bildiradi. Sifat jiqatidan esa bu ishlagan vaqt davomida qancha miqdorda
tovar va hizmatlar yaratilishi, ular qanday narxda sotilishi, natijada qancha pul
daromad olinishini bildiradi. To‘liq bandlik belgilangan ish kuni, haftasi va oy
davomida har doim ish bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Aks holda to‘liq
bo‘lmagan bandlik kelib chiqadi.
―Samarali‖ yoki ―oqilona‖ va ―samarasiz‖ bandlik ham mavjud. Oqilona
bandlik bu yuqori mehnat unumdorligi va shunga binoan yuqori daromad
keltiradigan va ishlovchining mehnatdan qoniqishini ta‘minlovchi bandlikdir.
Samarasiz bandlik mehnat unumdorligi past, ish haqi kam va ishlovchi o‘z
mehnatidan qoniqmagandagi bandlikdir. Bunday bandlikda texnologiya yuqori
bo‘lmaydi, malakasi va ish tajribasi kam kishilarning mehnati talab qilinadi.
Oqilona bandlikka kompyuter dasturchisining bandligini misol qilib olish
mumkin. U zamonaviy kompyuterlarda ishlaydi, uning mehnati maxsus iste‘dod va
tayyorgarlik talab qiladi va ish haqi ham boshqalarnikidan ancha yuqori bo‘ladi.
Samarasiz bandlikka misol qilib qishloq xo‘jaligi xodimlari bandligini olish
mumkin. Ish bilan samarali bandlik, xodimlarning o‘z mehnati natijalaridan to‘liq
iqtisodiy manfaatdorligining ta‘minlanishi zarurligini anglatadi. Bu o‘z navbatida
mehnat resurslarining oqilona band qilinishini va ulardan foydalanishning intensive turiga tayanishini taqozo qiladi.
Bandlik axamiyatiga qarab birlamchi va ikkilamchi bandlikka ajratiladi.
Birlamchi bandlik bu asosiy ish bilan, ya‘ni daromadning asosiy qismini beruvchi
faoliyat turi bilan band bo‘lishidir. Ikkilamchi bandlik qo‘shimcha ish bilan, ya‘ni
qo‘shimcha daromad beruvchi faoliyat bilan band bo‘lishidir. Ko‘pchilik ishlovchilar birlamchi bandlikka moyil bo‘ladi, u keltirgan daromad ishlovchini qoniqtirmaganda, u ikkilamchi bandlikka harakat qiladi. Ikkilamchi bandlik o‘rindoshlik
asosida ishlash shaklida ro‘y beradi.
Bandlik darajasi ishlashga layoqati bo‘lganlarning qanchasi amalda ishlab
turishlarini bildiradi.

Download 142,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish