22-amaliy mashg’ulot
MAVZU: TEST NATIJALARINI YAGONA SHKALAGA KELTIRISH.
Tasavvur qiling, biz ikki shahardagi havo haroratini solishtirib qaysi shaharda havo issiqroq, qaysisida sovuqroq ekanligini bilmoqchimiz. Qohirada navo harorati 35°C ni (Selsiy shkalasi bo’yicha 35 darajani), Nyu Yorkda esa 50°C (Farengeyt shkalasi bo'yicha 5 darajani) tashkil etadi. Agar biz har ikki shahardagi havo haroratini umumiy shkalaga keltirmasak, qayerda issiqi va qayerda sovuq ekanligi haqida to’g‘ri xulosa chiqara olmaymiz.
Shunga o’xshash, test topshiruvchilarning natijalari ham tahlil va e’lon qilinishidan oldin yagona shkalaga keltirilishi lozim. Aks holda, test natijalarini tushunish va test topshiriqlarini bir-birlari yoki normativ guruhlar bilan solishtirib asosli xulosalar chiqarish imkonsiz bo’ladi. Masalan, adabiyot fanidan test oldik. Aliyev 30 ta test topshirig’idan 15tasini to'g'ri bajardi Bu yaxshi natijami yoki yomon? Agar test qiyin bo’lsa, bu estda test topshirig’idan 10 tasini to’g’ri yechgan bo'lsa, bu holda 30 tadan 15 tasi to‘g‘ri bajarilishi yaxshi natijadir. Agar test oson bo‘lsa va ko‘pchilik bu testda 30 ta test topshirig'idan 25 tasini to‘g’ri yechgan bo‘lsa, bu holda 30 tadan 15 tasi tog’ri bajarilishi yaxshi natija emas.
Demak, test natijalarini talqin qilish uchun bu natijalar normalar bilan (agar test normaga mo‘ljallangan bo‘lsa) yoki mezonlar bilan (agar test mezonga mo‘ljallangan bo’lsa) solishtirilishi lozim.
Normalar - test topshiruvchilarning maxsus tanlab olingan yirik guruhi (normativ guruh) testni bajarganda qayd etgan natijalari asosida belgilangan ko‘rsatkichlar.
Masalan, adabiyot bo’yicha tuzilgan testimizni normativ guruhga yechtirsak va ularning test natijalarini (o‘rtacha ballar, standart og’ish va hokazo) normalar sifatida qabul qilsak, keyinchalik boshqa test topshiravchilarning sbu testdan qayd etgan natijalarini normalar bilan solishtirishimiz mumkin.
Normalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
topshiruvchilarning tayyorgarlik darajasi turlicha bo’lgan guruhlari o’rtasidagi farqlarni hisobga olsak, masalan, matematika testi uchun belgilangan normalar matematika chuqurlashtirib o‘tiladigan maktablar va ;oddiy maktablar uhun bir xil bo‘lishi mumkin emas;
test topshiruvchilarning reprezentativ tanlanmasi asosida olingan bo‘lishi zarur, ya’ni normativ guruh xususiyatlari jihatidan (yoshi, tayyorgarlik darajasi va hokazo) shu testni topshiradiganlar guruhi bilan bir xil bo'lishi va kamida 200 - 300 kishidan tashkil topishi talab etiladi;
test mo‘ljallangan guruh uchun mos bo‘lishi, ya’ni test topshiruvchilarning real kontingentiga asoslanib real sharoitlarda olingan bo‘lishi shart.
Normalar belgilanishi uchun tanlangan normativ guruh qatlamlashtirilgan bo‘lishi ham talab qilinadi, ya’ni testni topshiradigan haqiqiy kontingentning turli qatlamlarini (masalan, yoshi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi bo‘yicha) aks ettirishi kerak. Xususan, biz tuzgan test turli yoshdagilar uchun mo‘ljallangan bo’lsa, normativ guruh ham turli yoshdagilardan iborat bo’lishi lozim.
Misol uchun, oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarida qo’llanilishi mo’ljallangan test uchun normalar belgilamoqchi bo‘lsak, kamida 200 - 300 kishidan iborat normativ guruh tuzamiz. Bu guruhning yoshi, tayyorgarlik darajasi va boshqa jihatlari testimizni topshiradigan abituriyentlarniki bilan bir xil bo‘lishi kerak. Bu guruh haqiqiy imtihon sharoitida testni yechadi. Shundan so‘ng bu guruhning test natijalari tahlil etiladi va bu natijalar asosida normalar belgilanadi.
Normalar belgilanishi bilan bir qatorda test natijalari e’lon qilinishidan oldin boshqa omillar ham hisobga olinishi mumkin. Agar testda bir paytning o‘zida parallel test formalari ishlatilsa, unda test natijalarini bir-biri bilan o’zaro yoki normalar asosida solishtirish qiyin bo‘ladi. Masalan, Aliyev va Valiyev oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun test topshirishdi. Ali yev 90 ta test topshirig‘idan 57 tasini to‘g‘ri ishladi, Valiyevda esa 61 ta to‘g‘ri javob bo‘ldi. Yuzaki qaraganda, Valiyev yaxshiroq natija ko‘rsatgan degan xulosaga kelishimiz mumkin. Biroq Valiyevga tushgan test varianti Aliyev yechgan test variantidan qiyinroq bo‘lishi ham mumkin, shu sababli Valiyevning natijasi ball hisobida Aliyevning natijasiga qaraganda pastroq bo’lsa ham, sifat jihatidan unikidan yaxshiroq bo'lishi mumkin.
Test turli vaqtlarda o'tkazilsa va testning xavfsizligini ta’minlash maqsadida har safar yangi parallel test formalari ishlatilsa, bu ham solishtirishni qiyinlashtiradi. Masalan, Aliyev chet tilidan imtihonni yanvar oyida topshirganda 90 ta test topshirig'idan 60 tasini to‘g‘ri yechgan edi. U o’z natijalaridan qoniqmay imtihonni mart oyida qayta topshirdi va bu safar 64 ta test topshirig‘ini to‘g‘ri yechdi. Yuzaki qaraganda, biz uning chet tilidan bilim darajasi yaxshilangan deb hisoblashimiz mumkin, lekin uning yanvar oyida yechgan test formasi (varianti) bilan mart oyida yechgan test formasining qiyinlik darajasi bir xilmi?
Shunday muammolarni bartaraf etish uchun ham test natijalari, odatda, xom (boshlang’ich) ballarda emas, persen-tillarda yoki yagona shkalaga keltirilgan standart ballarda e’lon qilinadi. Xom (boshlang’ich) ball - test topshiruvchining to’g‘ri yechgan test topshiriqlari asosida hisoblangan ball. Yuqoridagi misolimizda agar har bir to‘g‘ri ishlangan test topshirig'iga 1 baldan bersak, Aliyevning xom ball 57 ga, Valiyevniki esa 61 ga teng. Persentil - test topshiruvchi bilan bir xil yoki undan past ball olganlar necha foizni tashkil etishi. Test topshiruvchi mansub bo’lgan persentil qanchalik yuqori bo’lsa, uning natijasi boshqalarga nisbatan shunchalik yaxshiroq bo’ladi. Masalan, Aliyev 67-persentilga kirsa, bu u bilan bir xil yoki undan past ball olganlar 67% ni tashkil etadi deganidir. Valiyev 45-persentilga kirsa, u bilan bir xil yoki undan past ball olganlar 45% ni tashkil etadi. Test natijalari bo‘yicha 50-persentildan yuqori guruhga kiradiganlar testni o‘rtachadan yaxshi yechgan, 50-persentildan quyi guruhga kiradiganlar testni o‘rtachadan past yechgan hisoblanadi. 25-persentil birinchi kvartil, 75-persentil esa uchinchi kvartil deb ataladi. Test topshiruvchining qaysi persentilga mansubligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |