"moliya" kafedrasi odilov sardor qamaridinovich davlat budjeti daromadlarida egri soliqlarni o



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana20.11.2019
Hajmi1,1 Mb.
#26490
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
davlat budjeti daromadlarida egri soliqlarni orni va ularni undirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari


 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI  

 

   MOLIYA-IQTISOD 

 FAKULTETI  

 

“MOLIYA” KAFEDRASI  

 

 



ODILOV SARDOR QAMARIDINOVICH 

 

«DAVLAT BUDJETI DAROMADLARIDA EGRI SOLIQLARNI 



O’RNI VA ULARNI UNDIRISH MEXANIZMLARINI 

TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI»  

 

5230600 -“Moliya”- taʻlim yoʻnalishi  bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun 

yozilgan   

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

 

 

 



 

«HIMOYAGA RUXSAT ETILDI» 

«Moliya» kafedrasi mudiri 

__________  i.f.n., dots. O.Komolov 

«____»______________ 2015 y. 

 

          



                                                                                                

                        Ilmiy rahbar:   _____________   o’q.Avazxo’jaev S. 

 

 



 

 

 



TOSHKENT - 2015 

 

MUNDARIJA: 

 

KIRISH............................................................................................................... 





BOB 

I BOB. DAVLAT BUDJETI DAROMADLARINI 

SHAKLLANTIRISHDA EGRI SOLIQLARNING NAZARIY 

JIHATLARI............................................................................................. 

 



1.1.  Davlat  budjeti  daromadlarining  ijtimoiy-  iqtisodiy  mohiyati  va                               

huquqiy asoslari.......................................................................................... 

 



1.2.  Davlat budjeti soliqli daromadlarida egri soliqlarning o’rni va 

ularning o’ziga xos xususiyatlari.............................................................. 

 

17 



 

I bob bo’yicha xulosa.................................................................................  26 

II 

BOB 

DAVLAT  BUDJETI  DAROMADLARINI  SHAKLLANTIRISHDA 

EGRI 

SOLIQLARNING 

AMALDAGI 

HOLATI 

TAHLILI..................................................................................................... 

 

27 

2.1. 

Davlat  budjetida  egri  soliqlar  tarkibi  va  o’zgarish  dinamikasi 

tahlili............................................................................................................. 

 

27 



2.2.  Davlat budjeti soliqli daromadlarini shakllantirishda xorijiy 

davlatlar tajribasi…………………………............................................... 

 

38 



 

II 

bob 

bo’yicha 

xulosa................................................................................. 

56 


III 

BOB 

O’ZBEKISTON 

RESPUBLIKASI 

DAVLAT 

BUDJETI 

BARQARORLIGINI 

TAMINLASHDA 

EGRI 

 

SOLIQLAR 

SALMOG’INI 

OSHIRISHNING 

USTUVOR 

YO’NALISHLARI..................................................................................... 

 

 

57 

 

III bob bo’yicha xulosa..............................................................................  69 

XULOSA................................................................................................................ 

70 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..........................................   

76 

 

 

 

KIRISH  

 

Bitiruv 

malakaviy 

ishi 

mavzusining 

dolzarbligi. 

Mustaqil 

taraqqiyotimizning  yigirma  to’rt  yilligi  davri  mobaynida  ijtimoiy  hayotimizning 

barcha  sohalarida  bo’lgani  kabi  davlat  moliya  tizimida  ham  keng  ko’lamli 

islohatlar  amalga  oshirilib  kelinmoqda.  Bu  borada  bugungi  kunda  budjet-soliq 

siyosatini  yanada  takomillashtirish,  davlat  budjeti  daromadlarining  turlari  va 

ularning  amal  qilish  mexanizmini  soddalashtirish  muhim  masalalardan 

hisoblanadi.  Soliq  siyosati  moliya  tizimi  islohotlaring  muxim  yo’nalishi  sifatida  

iqtisodiyotni  tartibga  solish  hamda  uning  barqarorligini  taminlash  jarayonida  har 

muxim ahamiyat kasb etib bormoqda. Shu sababli, mamlakatimiz rivojlanishining 

muhim ustuvor rivojlanishi sifatida budjet-soliq siyosati vazifalarini izchil amalga 

oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.  

         Hozirgi  paytda  davlat  budjeti  jahondagi  har  bir  davlatning  eng  muhim 

institutlaridan biri hisoblanadi. Uning samarali faoliyat ko’rsatishi iqtisodiy o’sish 

va  ijtimoiy  farovonlikning  darajasiga    bevosita  ta’sir  ko’rsatadi.  Xuddi  shuning 

uchun  ham  keyingi  yillarda  budjet  masalalariga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda. 

Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy xarajatlarining o’sib borishi, pirovard natijada, davlat 

budjeti  asosiy  moliyaviy  kategoriya  sifatida  jamiyat  hayotidagi  roli-ning  oshib 

borishiga  olib  keladi.  Bu  esa,  birinchi  navbatda,  davlat  budjeti  daromadlarini 

shakllantirish amaliyotini takomillashtirishni taqozo etadi. 

         Rivojlangan  xorijiy  davlatlarda,  xususan,  Yaponiya,  Germaniya,  Buyuk 

Biritaniya,  Franasiya,  Italiya,  AQSH    kabi  davlatlarda  soliqlar  davlat  budjeti 

daromadlarining  90  foizgacha  bo’lgan  qismini  tashkil  etadi.  O’zbekiston 

Respublikasida esa bu ko’rsatkich 90 foizdan ham ortiq bo’lgan miqdorni tashkil 

etmoqda. 

         Respublikamizda 

zamonaviy 

davlat 


budjet 

tizimini 

barpo 

etish 


mustaqilligimizning  dastlabki  kunlaridan  boshlangan  edi.  Bu  borada  mamlakat 

iqtisodiyoti oldida turgan tub o’zgarishlarni amalga oshirish sharoitida sodir bo’lib, 

ular  o’z  navbatida,  budjet  oldida  turgan  birinchi  darajali  vazifalarni  ham  aniqlab 

berdi.  Ular  orasida  O’zbekiston  iqtisodiyotini  xo’jalik  yuritishning  bozor 



 

sharoitlariga moslashtirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, milliy iqtisodiyotda 



investitsion  faollikni  rag’batlantirish  hamda  soliq  tizimini  yanada  isloh  qilish 

alohida o’rin egallaydi. 

         Soliqlar  davlat  budjetining  asosiy  daromad  manbai  bo’lganligi  bois,  ularni 

belgilangan  muddatlarda  undirilishi  va  budjetga  kelib  tushishidagi  muammolarni 

aniqlash va ularni o’z vaqtida bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. Soliqqa 

tortishning  mohiyati,  maqsadi,  qoidalari,  stavkalari  va  bazasining  holati  soliq 

tizimi shakllanishining har bir davlat xususiyatlariga xos bo’lgan hamda muayyan 

davrda bajariladigan o’ziga xos vazifalarga asoslanadi. 

 

Bu  borada  Prezidentimiz  I.  A.  Karimov  soliqlarnining  davlat  budjeti 



daromadlarini  shaklantirishdagi  ahamiyatiga  alohida  e’tibor  qaratib,  shunday 

deydilar: “ O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‘i stavkasi 

esa  9  foizdan  8  foizga  kamaytirilgan  bo‘lsa-da,  davlat  byudjeti  yalpi  ichki 

mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi. 

  

Mamlakatimiz  2014  yilda  biznesni  yuritish  sharoiti  bo‘yicha  reytingda  8 



pog‘onaga, soliqqa tortish borasida esa 61 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi.  

Yuqori iqtisodiy o‘sish sur'atlari har tomonlama chuqur va puxta o‘ylangan 

izchil  soliq  va  pul-kredit  siyosatini  amalga  oshirish  orqali  ta'minlanadi.  Ushbu 

siyosat,  avvalambor,  iqtisodiyotda  soliq  yukini  kamaytirish,  xo‘jalik  yurituvchi 

sub'yektlar faoliyatida uning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirishga qaratiladi.  

Birinchi  navbatda  amalga  oshiriladigan  vazifalar  qatoriga  daromad  solig‘i 

stavkasini 7,5 foizga kamaytirish kiradi. Shu bilan birga, qurilish sohasida faoliyat 

yuritayotgan korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi, sanoat korxonalarida 

bo‘lganidek, 6 foizdan 5 foizga tushiriladi bu barcha sanoat korxonalari uchun.”

1

                                                           



1

 

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari 



va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar 

Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi 

 

 


 

Bizga  malumki,  egri  soliqlar  davlat  budjeti  daromad  qismining  asosini 



tashkil  qiladi.  Hozirgi  kunda  O’zbekiston  Respublikasi  davlat  budjeti 

daromadlarining  50  foizdan  ortiq  qismi  egri  soliqlar  hisobiga  shakllantirilmoqda. 

Shu  nuqtai  nazardan,    egri  soliqlarni  davlat  dudjetini  to’ldirishda  ahamiyati  kata. 

Bu  soliqning  ijobiy  tomoni,  respublikada  ishlab  chiqarilgan  tovarlarni  chetga 

chiqib ketishini chegaralaydi,  mamlakat ichida tovarlar  ko’p  ishlab  chiqarilishiga 

yordam  beradi.  Egri  soliqlar  orqali  tovarlar  qiymati  oshirilmasa,  bozorda  ularni 

taqchilligi  ortadi.  Soliqlar  stavkasining  oshirilishi  korxonalar  faoliyatining 

moliyaviy  yakuniga  tasir  etmaydi,  yani  investitsion  faoliyatini  qisqartirmaydi.  Bu 

soliqlarning  yana  bir  tomoni  muomilada  ortiqcha  pul  massasini  kamaytirib, 

inqirozni jilovlab turadi.  



Bitiruv malakaviy ishi mavzusining maqsadi. Egri soliqlarning mohiyati, 

mazmuni,  o’ziga  xos  xususiyatlarini  o’rganish,  to’g’ri  va  egri  soliqlarni 

mutanosibligini taxlil qilish, iqtisodiyotga egri soliqlar orqali  ijobiy tasir etish va 

boshqarish hamda tartibga solish, bu boradagi mavjud muammo va kamchiliklarni 

aniqlash  va  tegishli  xulosalar  chiqarish,  takliflar  tizimini  ishlab  chiqishdan 

iboratdir. 



Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  vazifalari.  Tadqiqot  ishi  oldiga 

qo’yilgan maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni amalga oshirish 

 belgilab olindi: 

 



Davlat  budjeti  soliqli  daromadlarini  barqarorligini  ta’minlashni 

nazariy  jihatdan  va  davr  talablariga  mos  ravishda  o’rganib  soliqqa 

tortishning ob’ektiv zarurligini asoslab berish; 

 



Egri  soliqlarning  xususiyatlarini  o’rganish,  budjet  daromadlarini 

shakllantirishga tasirini aniqlash; 

  Soliq siyosatini erkinlashtirishda egri soliqlarni undirishning amaldagi 



holatini tahlil qilish; 

  Egri  soliqlarni  undirishda  xorijiy  davlatlar  ilg’or  tajribalarini 



o’zlashtirish; 

 



  Soliq  imtiyozlarini  berish  hisobiga  davlat  budjeti  daromadlarini 

oshirish yo’llarini o’rganib chiqish; 

 

Egri soliqlarni hisoblash va budjetga to’lash tartibini takomillashtirish 



yo’llarini yoritish 

Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  ob’ekti.  Bitiruv  malakaviy  ishida 

izlanish  obektini  soliq  tizimini  muhim  bo’g’ini  bo’lgan  egri  soliqlar,  jumladan, 

qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i  hamda transport vositalariga benzin, dizel 

yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun soliq tashkil etadi.  



Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  predmeti. 

Davlat  budjeti 

daromadlarining  shakllanishida  soliqlarning  kelib  tushishi  bilan  bog’liq 

munosabatlar tadqiqot predmetini tashkil etadi. 

          Bitiruv malakaviy ishi mavzusining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv 

malakaviy  ishida  tadqiqot  natijalari  bo’yicha  ishlab  chiqilgan  ilmiy  takliflar  va 

amaliy 

tavsiyalardan 



soliq 

tizimi 


va 

soliqqa 


tortish 

mexanizmini 

takomillashtirishda,  soliq  siyosati  konsepsiyasini  ishlab  chiqishda  va  ustuvor 

yo’nalishlarini belgilashda, soliq munossbatlarini tartibga solishda, soliq bo’yicha 

meyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanish mumkin. 

         Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  tarkibiy  tuzilishi.  Ushbu  bitiruv 

malakaviy  ishi  kirish  qismi,  uchta  bob,  oltita  paragraf,  xulosa  va  takliflar, 

foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

I BOB. DAVLAT BUDJETI DAROMADLARINI 



SHAKLLANTIRISHDA EGRI SOLIQLARNING NAZARIY 

JIHATLARI 

 

1.1  Davlat budjeti daromadlarining ijtimoiy- iqtisodiy mohiyati va                               



huquqiy asoslari 

 

O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va xususiylashtirish 

jarayonini  jadallashtirish  soliq  siyosati  strategiyasini  muhim  ro’l  o’ynamoqda. 

Ushbu  soliq  siyosati  strategiyasidan  kelib  chiqib  belgilanadigan  vazifalar 

prezidentimiz  I.A.  Karimov  takidlaganidek  “  …  soliqlar  asosli,  barqaror, 

moslashuvchan  bo’lishi,  mahsulot  ishlab  chiqaruvchining  qo’lini  bog’lab 

qo’ymasligi, cho’chitib yubormasligi, aksincha uni rag’batlantirishi lozim. Soliqlar 

korxonalarning tadbirkorligi va tashabbuskorligini har tomonlama rag’batlantirishi 

lozim.”

2

 



 

Darhaqiqat,  soliqlar  davlat    tomonidan  yuridik  va  jismoniy  shaxslardan 

qonunda  belgilangan  meyor  va  muddatlarda,  majburiy  ravishda  budjetga 

undiriladigan  to’lov  shakli  bo’lib,  mamlakat  oldida  turgan  ijtimoiy-  iqtisodiy 

vazifalarni moliyaviy jihatdan taminlashning asosidir. 

 

Iqtisodiyotni tartibga solishga, davlat o’z funksiya va vazifalarini bajarishga, 



shunungdek,  ijtimoiy  siyosatni  amalga  oshirishga  imkon  beradigan  dastaklardan 

biri – davlat budjetidir. 

         O’zbekiston  Respublikasi  Budjet  kodeksining  3-moddasida  davlat  budjeti 

tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, unga ko’ra “Davlat budjeti – davlatning davlat 

vazifalari  va  funksiyalarini  moliyaviy  jihatdan  ta’minlash  uchun      mo’ljallangan 

markazlashtirilgan pul jamg’armasi”

3

 

Demak,  budjet  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  o’zida  davlatning  bir  yilga 



mo’ljallangan daromadlari va xarajatlarini ifodalaydi. Moliya yiliga mo’ljallangan  

                                                           

2

 Karimov I. “ Bank tizimi, pul muomilasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik: - T. 2005. 245- bet 



3

 O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi. 26- dekabr 2013-yil. O’RQ-360-son. 3-modda

 


 

daromadlar  va  xarajatlar  rejalashtirilib,  tasdiqlanadi.  Ularni  amalga  oshirish  esa 



budjet munosabatlari hisoblanadi. 

          Budjet  orqali  iqtisodiyotga  quyidagi  jihatlarda  ta’sir  ko’rsatish    mumkin: 

soliqlar, yig’imlar va turli majburiy to’lovlar  vositasida; to’g’ridan-to’g’ri budjet-

dan  moliyalashtirish  vositasida;  subsidiyalash  vositasida;  foizsiz  va  imtiyozli 

kreditlar  berish  vositasida;  budjet  mablag’lari  hisobiga  maxsus  jamg’armalar  va 

zahiralar yaratish vositasida ta’sir ko’rsatiladi. 

 

O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetinig daromad manbalari quyidagilar 



hisoblanadi: 

 



to’g’ri va egri soliqlar; 

 



boshqa majburiy to’lovlar; 

 



davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olinadigan 

daromadlar; 

 

 meros yoki hadya huquqi asosida davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; 



 

 yuridik  va  jismoniy  shaxslardan  hamda  chet  davlatlardan  tushadigan 



qaytarilmaydigan pul mablag’lari; 

 



 rezident-yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan kreditlar hisobidan 

to’lovlar va qonun hujjatlariga oid boshqa daromadlar. 

         Umuman olganda davlat budjeti daromadlarini 2 turga ajratish mumkin:  

      1)  davlat budjetining soliqli daromadlari;  

      2)  davlat budjetining soliqsiz daromadlari. 

         Soliqlar  davlat  budjetining  asosi  hisoblanadi,  ya’ni  soliqlarsiz  budjet 

daromadlarini  tasavvur  qilib  bo’lmaydi.  Soliqlar  budjetning  daromadlarini 

ta’minlovchi  asosiy  manba  hamda  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishda 

davlatning  muhim  dastagi  hisoblanadi.  Bunga,  ayniqsa,  mamlakatimiz 

mustaqillikka  erishgan  dastlabki  yillarda  yuz  bergan  o’zgarishlardagi  soliqlarning 

roli  yaqqol  misol  bo’la  oladi.  “O’zbekistondagi  siyosiy  va  iqtisodiy  tartibning 

o’zgarib  ketishi,  uning  mustaqillikni  qo’lga  kiritishi  davlat  qo’lida  katta 

miqdordagi  moliyaviy  mablag’  to’planishini  taqozo  etdi.  1992-yil  birinchi  marta 

davlat  budjetini  chetdan  dotatsiya  va  subvensiya  olmasdan  tuzish  zarur  bo’ldi. 



 

Shundan  kelib  chiqib,  boshlang’ich  bosqichda  soliq  tizimi  ijtimoiy-iqtisodiy 



yo’nalishga  ega  bo’lgan  budjet  daromad  va  xarajatlarining  tengligini  ta’minlash 

bilan  bog’liq  bo’lgan  muammolarni  hal  qilishga  qaratilgan  edi.  Uni  respublikada 

ishlab  chiqarish  hajmi  tushib  ketgan  bir  sharoitda,  yuqori  inflatsiya  paytida  va 

davlat moliya sohasidagi o’ta og’ir bir vaziyatda amalga oshirishga to’g’ri keldi”

4

 . 


O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjeti  daromadlari  ikki  qismdan  iborat: 

davlat maqsadli jamg’armalari hisobga olinmagan daromadlar va davlat maqsadli 

jamg’armalari  daromadlari.  Davlat  maqsadli  jamg’armalari  hisobga  olinmagan 

daromadlar 

respublikamizda 

umumbelgilangan 

soliqlar 

hamda 


boshqa 

daromadlardan  tashkil  topadi.  Bular  quyidagi  umumbelgilangan  soliqlardan 

iborat

5

:   



 

yuridik shaxslardan оlinadigan fоyda sоlig’i; 



 

jismоniy shaxslardan оlinadigan darоmad sоlig’i; 



 

qo’shilgan qiymat sоlig’i; 



  aksiz sоlig’i; 

  yer qa`ridan fоydalanuvchilar uchun sоliqlar va maxsus to’lоvlar;  



  suv resurslaridan fоydalanganlik uchun sоliq; 

 

mоl-mulk sоlig’i; 



 

yer sоlig’i; 



 

оbоdоnlashtirish va ijtimоiy infratuzilmani rivоjlantirish sоlig’i;  



  transpоrt  vоsitalariga  benzin,  dizel  yoqilg’isi  va  gaz  ishlatganlik  uchun 

оlinadigan sоliq. 

          Davlat  maqsadli  jamg’armalari  daromadlari  esa  asosan  boshqa  majburiy 

to’lovlarni  o’z  ichiga  oladi.  Lekin  boshqa  majburiy  to’lovlar  tarkibidagi  davlat 

bоji, bоjxоna to’lоvlari, ayrim turdagi tоvarlar bilan chakana savdо qilish va ayrim 

                                                           

4

 Toshmatov. SH. A. Korxonalarni rivojlantirishda soliqlar roli. Monogarafiya.T.:”Fan va texnologiya”, 2008.  



86-bet  

5

  O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.2007-yil 25-dekabr. O’RQ-136-son. 23-modda 



10 

 

turdagi  xizmatlarni  ko’rsatish  huquqi  uchun  yig’im  bevosita  davlat  budjeti 



daromad manbai hisoblanadi. Bоshqa majburiy to’lоvlarga quyidagilar kiradi

6



1) ijtimоiy jamg’armalarga majburiy to’lоvlar: 

yagоna ijtimоiy to’lоv;  

fuqarоlarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari;  

budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar; 

2) Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lоvlar: 

Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar; 

Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar; 

3)  Budjetdan  tashqari  umumta`lim  maktablari,  kasb-hunar  kоllejlari, 

akademik  litseylar  va  tibbiyot  muassasalarini  rekоnstruktsiya  qilish,  mukammal 

ta`mirlash va jihоzlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar; 

4)  davlat bоji; 

5)  bоjxоna to’lоvlari; 

6)  ayrim  turdagi  tоvarlar  bilan  chakana  savdо  qilish  va  ayrim  turdagi 

xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im. 

         O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjeti  soliqli  daromadlarini  2  guruhga 

bo’lishimiz  mumkin  (1-rasm):  1)  to’g’ri  soliqlar  (yuridik  shaxslardan  olinadigan 

foyda  solig’i,  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig’i,  mol-mulkka 

solinadigan  soliq,  yer  qa’ridan  foydalanganlik  uchun  soliq,  suv  resurslaridan 

foydalanganlik uchun soliq, yer solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani 

rivojlantirish  solig’i,  soddalashtirilgan  tartibda  to’lanadigan  soliqlar;  2)  egri 

soliqlar  (qo’shilgan  qiymat  solig’i,  aksiz  solig’i,  transport  vaositalariga  benzin, 

dizel  yoqilg’isi  va  gaz  ishlatganlik  uchun  olinadigan  soliq).  Egri  soliqlar  davlat 

budjetini  asosin  tashkil  qilib,  iqtisodiyotda  barqarorlikni  taminlashga  ham  xizmat 

qiladi.  Bu  soliq  turi  barcha  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  davlat  budjetini 

to’ldiruvchi manba bo’lib, tovar( ish, xizmat)larning tannarxiga emas balki uning 

bahosiga qo’shilib uni bevosita to’ovchilari bo’lib xaridorlar hisoblanadi.         

                                                           

6

  O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.2007-yil 25-dekabr. O’RQ-136-son. 23-modda 



11 

 

 Budjetning  soliqsiz  daromadlari  asosan  davlatning  iqtisodiy  faoliyati  va 



budjet  tizimining  turli  darajalarida  olingan  daromadlar  qayta  taqsimlanishi  nati-

jasida paydo bo’ladi. Ko’pgina soliqsiz daromadlar doimiy fiskal xususiyatga ega 

emas va ularning qat’iy belgilangan stavkasi yo’q. 


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish