5
-MAVZU. YURIDIK SHAXSLAR
Yuridik shaxs tushunchasi va belgilari. Yuridik shaxsning huquq
layoqati va muomala layoqati. Yuridik shaxslarning vujudga kelish va
bekor boʻlishi. Yuridik shaxslarning turlariga umumiy tavsif.
Yuridik shaxs tushunchasi va belgilari
Fuqarolik huquq subyektlari ichida yuridik shaxslar oʻz belgilari,
vujudga kelish va bekor boʻlish usullari, fuqarolik-huquqiy munosabatda
ishtiroki, subyektiv huquqlarni amalga oshirishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik
huquqining
mustaqil
subyektlari
sifatida
fuqarolik-huquqiy
munosabatlarda qatnashish va shu munosabat bilan muayyan huquq va
majburiyatlarga ega boʻlishi layoqati nafaqat fuqarolarga, balki yuridik
shaxslarga ham beriladi.
Mamlakatimizda yuridik shaxslar faoliyatini tartibga soluvchi qonun
hujjatlarini yaxlit tizimi yaratilgan. Ularning har birida turli xoʻjalik
yuritish shakliga ega boʻlgan u yoki bu yuridik shaxslarga oʻziga xos
ta’riflar, tushunchalar berilgan. FK esa ularning barchasini umumlashtirib
quyidagicha ta’rif beradi:
Oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida
mol-mulkka ega boʻlgan ham oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-
mulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy-nomulkiy
huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan,
majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar boʻla
oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi (FK, 39-modda).
Shuningdek, fuqarolik huquqi subyekti yuridik shaxs sifatida tan
olinishi uchun muayyan huquqiy belgilarga ega boʻlishi talab etiladi.
Yuridik shaxs belgisi uning ichki oʻziga xos xususiyatidir. FKda yuridik
shaxsga berilgan ta’rifdan aniqlanishicha, har qanday tashkilot emas, balki
muayyan talablarga javob beradigan tashkilotlargina yuridik shaxs boʻla
oladi.
Tashkiliy birlik – bu yuridik shaxsning huquq subyekti sifatida
tashkil boʻlganligini, oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun ta’sis
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqaruv organlari va boʻlinmalari orqali
muayyan huquq va majburiyatlarga ega boʻlishligini bildiradi. Yuridik
shaxsning tashkiliy jihatdan tuzilishi (strukturasi) ta’sis hujjatida
koʻrsatiladi. Yuridik shaxslarning ayrim filiallari (xoʻjalik boʻlimlari,
7
6
uchastkalari, agentliklari) ma’lum tizimga ega boʻlgan, muayyan tarzda
tashkil etilgan boʻlsa ham, ular butun bir tashkilot (korxona, muassasa)
ishining bir qisminigina bajaruvchi tashkilotlari boʻlgani tufayli yuridik
shaxs boʻla olmaydi.
Mulkiy mustaqillik belgisi – yuridik shaxsga ma’lum bir mol-mulkni
mulk (xoʻjalik yuritish, operativ boshqaruv) huquqi asosida tegishliligini
bildiradi. Ya’ni FKning 39-moddasidagi yuridik shaxs ta’rifidan kelib
chiqadigan boʻlsak, “oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ
boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan”dagina, tashkilot yuridik
shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslarning mol-mulki ularning balans yoki
smetasida hisobda turadi va FKning 39-moddasi talablariga muvofiq har
qanday tashkilotda balans yoki smeta mustaqil boʻlishi lozim. Davlat
tashkilotlari davlatga qarashli mulkka nisbatan toʻla xoʻjalik yuritish yoki
operativ boshqarish huquqigagina egadirlar. Xoʻjalik jamiyatlari va
shirkatlari, jamoat tashkilotlari, ularning birlashmalari oʻzlariga mulk
huquqi asosida tegishli boʻlgan mulkni egallaydi. Alohida mulkka ega
boʻlmagan yoki mustaqil ravishda boshqara olmaydigan va shu sababli
boshqa shaxslar bilan xoʻjalik munosabatlarida boʻla olmaydigan
tashkilotlar fuqarolik huquqining subyekti boʻlib hisoblanmaydi.
Mustaqil mulkiy javobgarlik – yuridik shaxs oʻz majburiyatlari
yuzasidan oʻziga tegishli boʻlgan (davlat tashkiloti esa, oʻziga biriktirib
qoʻyilgan) mulki bilan javob beradi. Yuridik shaxs hisoblangan davlat
tashkilotlarining majburiyatlari yuzasidan davlat javobgar boʻlmaydi, bu
tashkilotlar ham davlat tashkilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar
boʻlmaydilar. Davlat budjetida turadigan tashkilotlarning qarzini qoplash,
mablagʻ berish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari
bilan belgilanadi.
Yuridik shaxsning yuqori organi oʻziga qarashli yuridik shaxs
hisoblangan tashkilotlarning qarzlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Ammo yuridik shaxsning yuqori organi oʻziga boʻysunadigan
tashkilotning qarzlari uchun qonunda yoki ta’sis hujjatida nazarda tutilgan
hollarda javobgar boʻlishi mumkin. Quyi tashkilotlar ham oʻzlarining
yuqori tashkilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi. Yuridik
shaxslar oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga qarashli butun mol-mulki
bilan javob beradi. Davlat korxonasining mol-mulki yetarli boʻlmaganida
davlat uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar (qoʻshimcha) javobgar
boʻladi. Yuridik shaxsning bankrotligi uning mulkdori yoki ta’sischining
gʻayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan boʻlsa, yuridik shaxsning
7
7
mol-mulki yetarli boʻlmaganda, uning mulkdori (yoki ta’sischisi)
zimmasiga subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Fuqarolik muomalasida oʻz nomidan harakat qilishi – yuridik shaxs
hisoblangan tashkilot oʻz nomidan huquqiy munosabatlarda qatnashib,
turli bitimlar tuza olishi, mulkiy va mulkiy harakterda boʻlmagan
huquqlarga ega boʻla olishi va majburiyatlar vujudga keltira olishi,
demakdir. Yuridik shaxs sudda, xoʻjalik sudida yoki hakamlik sudida
mustaqil ravishda da’vogar va javobgar boʻla oladi.
Yuridik shaxsni yuqoridagi belgilaridan tashqari uni individual belgilari
(firma nomi, tovar (xizmat) belgisi) ham mavjud.
Yuridik shaxs vujudga kelishi va rivojlanishi bilan birga, uning
mohiyatini oʻzida ifoda etuvchi bir qator qarashlar, nazariyalari mavjud,
ular zamonaviy yuridik shaxs tushunchasining vujudga kelishi va
mohiyatini ifodalashda muhim oʻrin egalladi. Bunday nazariyalarga
fikstiya nazariyasi, ijtimoiy voqelik nazariyasi, mavjud holat nazariyasi,
tashkilot nazariyasi, manfaat nazariyasi, ma’muriyat nazariyasi, direktor
nazariyasi, jamoa nazariyasi, jamoa mulki nazariyasi va boshqalardir.
Yuridik shaxs belgilari
tashkiliy
birlik
mulkiy
mustaqillik
mustaqil mulkiy
javobgarlik
fuqarolik muomalasida
oʻz nomidan harakat qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |