Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish
7
2
Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish yuridik faktlar tizimida
alohida o‘rin tutadi. Fuqarolik holati hujjatlari qayd etilishi bilan fuqarolik
huquq va burchlar vujudga keladi, o‘zgaradi yoki bekor bo‘ladi. Shu
sababli ham qonunchilikda fuqarolik holati hujjatlarning muayyan toifalari
davlat tomonidan belgilanishi nazarda tutilgan. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasi birinchi qismiga ko‘ra,
quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerak:
1
2
3
4
) tug‘ilish;
) o‘lim;
) nikoh tuzilganligi;
) nikohdan ajralish.
Inson tug‘ilishi va uning hayoti uchun muhim bo‘lgan holatlarni
yuridik hujjatlarda ifodalash hamda muayyan huquqlarning shaxsga
tegishli ekanligi rasmiylashtirish bugungi rivojlangan kishilik jamiyatda
alohida o‘rin tutadi. Albatta, insonning tug‘ilishi, uning borligi (tirikligi,
yashayotganligi) muayyan rasmiylashtirishlarsiz ham mavjud voqelik
hisoblanadi. Biroq, murakkab dunyo va ijtimoiy munosabatlar sharoitida,
bir shaxs huquqlarining ikkinchi shaxs huquqlardan farqlash, insonning
huquq va majburiyatlarini aniq ifodalashda, u bilan bog‘liq barcha
ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni amalga oshirishda insonning tug‘ilishi,
o‘limi kabi fuqaro uchun muhim bo‘lgan faktlar, shuningdek, muayyan
yoshga etgandan so‘ng fuqaroning nikohdan o‘tish yoki nikohini bekor
qilish holatlari tegishli ravishda rasmiylashtirilishi va muayyan tartibda
“
hisobda yuritilishi” davlat va jamiyat boshqaruvi uchun muhim
omillardan biri sanaladi.
Mazkur faktlarni qayd etish va ular “hisobini yuritish”
mamlakatimizda maxsus davlat organi - fuqarolik holati dalolatnomalarini
yozish (FHDYO) bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Ma’lumki,
FHDYO organlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga
bo‘ysunuvchi organ bo‘lib, ularning asosiy vazifasi qonun hujjatlarida
belgilangan, fuqarolik-huquqiy tusdagi yuridik faktlarni yozib qo‘yish,
qayd qilish va maxsus riyestr kiritib qo‘yishdan iborat. FHDYO organlari
davlat organi bo‘lishi bilan birga, fuqarolik huquqiy munosabatlarda
ishtirok etuvchi, aholiga muayyan turdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik
shaxs ham hisoblanadi. Shu bilan birga FHDYO organlarida qonun
hujjatlarida belgilangan alohida turdagi yuridik faktlar – tug‘ilish, o‘lim,
nikoh tuzish, nikohdan ajralish, otalikni belgilash, farzandlikka olish, ism
o‘zgartirish qayd etilishi FHDYO organi uchun o‘ziga xos yuridik
majburiyatlarni vujudga keltiradi. Xususan, FHDYO organi va uning
7
3
mas’ul shaxslari farzandlikka olish sirini oshkor qilmasliklari, fuqarolarga
pulli xizmat ko‘rsatishlari (masalan, joylarga chiqib nikohni qayd etish) va
shu kabi fuqarolik-huquqiy harakaterdagi “faoliyat” olib borishlari lozim.
Tug‘ilish fuqarolik holati bo‘lib, uni qayd etish yo‘li bilan ushbu
yuridik fakt rasmiy tus kasb etadi va jismoniy shaxsning huquq layoqatini
rasmiy jihatdan tasdiqlaydi. Tug‘ilganlikni qayd etish fuqarolik holati
sifatida davlat tomonidan qayd etiladi va shu yo‘l bilan jismoniy shaxsning
huquqiy maqomi yuzaga keladi. Zero, jismoniy shaxsning keyingi hayoti
davomida, masalan, bolani poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish,
bolalar bog‘chasiga joylashtirish, maktabga o‘qishga chiqish kabi
harakatlarda tug‘ilganlik guvohnomasi asosiy hujjat sanaladi.
Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlarini
paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib xizmat qiluvchi hujjat (gerbli guvohnoma)
berish uchun asos bo‘ladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd
etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDYO organi tomonidan
berilgan guvohnoma, unda ko‘rsatilgan faktning to‘g‘riligini tasdiqlovchi
shaksiz dalil hisoblanadi.
Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tug‘ilganligini, uning
ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.
O‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgandan so‘ng, o‘lim
haqida gerbli guvohnoma rasmiylashtiriladi va murojaat qilgan shaxsga
taqdim etiladi.
Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma - bu nikohdan o‘tgan
shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va
majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.
Nikohdan ajralganlik er-xotin o‘rtasidagi oila-nikoh munosabatlari
rasman tugaganligini anglatadi va bu haqda ularga nikohdan ajralganlik
guvohnomasi beriladi hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga nikohdan
ajralish qayd etilganligi haqida belgi qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |