Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet36/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Fuqarolarning yashash joyi


Fuqarolik kodeksining 21-moddasiga asosan, fuqaroning doimiy yoki
asosan yashab turgan joyi uning yashash joyi hisoblanadi. U hovli,
xonadon (kvartira), xizmat turar joyi, maxsus uylar(yotoqxona,
mehmonxona, yolg‘iz qariyalar uylari, faxriylar, nogironlar uchun internat-
uylar, shuningdek, fuqaro doimiy yoki asosan mulkdor sifatida ijara
(ikkilamchi ijara) asosida yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarda
yashab turgan boshqa joy bo‘lishi mumkin.
Fuqaroning yashash joyi yetarli darajada aniqlash belgilanishi lozim.
Bu o‘rinda faqat aholi punktinigina ko‘rsatish kifoya emas, balki ko‘chasi,
uy, xonadon tartib raqami ham albatta ko‘rsatilishi lozim.
Doimiy yashash ushbu joyda uzoq muddat istiqomat qilish shartligini
anglatmaydi. Eng muhimi tarkib topgan, vujudga kelgan sharoitlarga ko‘ra
fuqaro ushbu joyda istiqomat qilayotgan bo‘lishi lozim. Masalan, oliy
o‘quv yurtini tugatgandan keyin muayyan boshqa hududga ishga kelgan
yoki mutaxassis ushbu hududdagi turar-joyga o‘rnashuvi bilan, bu joy
uning doimiy yashash joyi hisoblanadi.


FKda doimiy yashash joyi iborasi bilan birgalikda, “asosan yashab
turgan joyi” iborasi ham qo‘llaniladi. Masalan, muayyan toifadagi


6


6





fuqarolarni turmush tarzi, hayoti va faoliyati doimiy istiqomat joyi bilan
bog‘liq emas. Masalan, geologlar, dengizchilar, baliqchilar, asalarichilar
va boshqa kasb-kor qilishlari o‘z hayotini ko‘p qismini o‘z uyidan chetda-
ekspeditsiyalarda, dengizda, tog‘larda o‘tkazadi. Bunday hollarda
fuqarolik yashash joyi bo‘lib uning asosan yashaydigan joyi, ya’ni u
nisbatan ko‘proq yashaydigan joy hisoblanadi.
Fuqarolar muayyan yashash joyiga ega bo‘lishi lozim degan qoida
uning mamlakat hududida erkin ko‘chib yurish, erkin harakatlanishi, erkin
ravishda yashash joyini tanlash xususini aslo istisno etmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining har bir muomalaga layoqatli fuqarosi
o‘z xohishiga ko‘ra yashash joyini tanlaydi. Yashash joyini erkin tanlash
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalarda nazarda tutilgan muhim
xususiyatlaridan biri. Ushbu huquq FKning 18-moddasida huquq
layoqatini tarkibiy qismi sifatida belgilab qo‘yilgan.
Pasport rejimi to‘g‘risidagi qoidalarga asosan, fuqarolar yashash
joyida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Binobarin, muayyan yashash joyda
fuqaro ro‘yxatga olinganidan keyin, boshqacha hol isbotlanguncha, u joy
fuqaroni doimiy yashash joyi hisoblanadi.
Umumiy qoida bo‘yicha yashash joyini erkin tanlash huquqi to‘la
muomala layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolarga tegishli bo‘ladi. Shu
munosabat bilan qisman muomala layoqatiga ega bo‘lgan 14-18 gacha
bo‘lganlar va FKning 31-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan
muomala layoqati cheklangan fuqarolar bunday huquqqa egami degan
savol tug‘iladi. Bu savolga javob FKda mustahkamlab qo‘yilgan normalar
mazmunida aks etgan. Boshqacha aytganda, bunday fuqarolar o‘z ota-
onalari, farzandlikka oluvchilari, homiylari roziligi bilangina yashash
joyini tanlashlari mumkin.
Ba’zi toifadagi fuqarolarni yashash joyi qonunda belgilab qo‘yilgan.
Birinchidan, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarni (kichik
yoshdagi bolalarni) yashash joyi ular ota-onalari, farzandlikka oluvchilari
yashash joyi hisoblanadi. Agar ota-ona boshqa-boshqa joylarda yashasalar,
u holda bola qay biri bilan birga yashasa, yashash joyi bo‘lib vasiylik
yashash joyi hisoblanadi.(FKning 21-m)


Yashash joyini erkin tanlash huquqi O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolariga tegishlidir. Biroq mamalakatimiz hududida ulardan tashqari
xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham doimiy istiqomat
qiluvchilar. Ular bilan bo‘lgan munosabatlarni tartibga solishda davlat o‘z
immigratsiya siyosatidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi
hududida g‘ayriqonuniy va nazoratdan tashqari bo‘lgan migratsiyani oldini


6


7





olish va bartaraf etish maqsadlardan kelib chiqqan holda maxsus qoidalar
belgilaydi.
Yashash joyini aniq belgilash fuqarolarning huquq va manfaatlarini
muhofaza qilishi, fuqarolik huquqiy munosabatlari barqarorligini, davlat
manfaatlarini ta’minlash uchun ahamiyatga ega.
Fuqarolik huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan qator masalalarni hal
etishda fuqaroni yashash joyini aniq belgilash zarurati mavjud. Masalan,
majburiyat qayerda ijro etilishi kerak degan masalani qonun majburiyat
fuqarolik huquqiy munosabatlari ishtirokchilari – kreditor va qarzdor
yashash joyiga qarab hal etadi. (FKning 246-moddasi). Merosni ochilish
joyi to‘g‘risida masala FKning 1117-moddasiga asosan meros
qoldiruvchining oxirgi yashash joyi hisoblanadi. Yashash joyi protsessual
qonunchilik bo‘yicha muhim ahamiyatga ega.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish