Toshkent davlat yuridik


Fuqarolik huquqlarini himoya



Download 2,11 Mb.
bet32/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Fuqarolik huquqlarini himoya qilish


Odatda normal fuqarolik muomalasi nafaqat fuqarolik-huquqiy
munosabat subyektlarining subyektiv huquqlarini amalga oshirish balki,
ularni ishonchli himoyasi orqali ham namoyon boʻladi. Fuqarolik


5


4





huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish faqatgina huquqiy choralarni
qoʻllash bilan cheklanmaydi. Uning uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga
yoʻnaltirilgan siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa harakterdagi choralar
ham mavjud.
Fuqarolik huquqlarini himoya qilish fuqarolik huquqi nazariyasining
asosiy kategoriyalaridan biri sanaladi.
Fuqarolik huquqlarini himoya qilish qonunda belgilangan doirada
ya’ni himoyaning ma’lum bir shakl, usul va vositalarini qoʻllagan holda
amalga oshiriladi. Fuqarolik huquqlarining himoya qilish shakli deganda,
fuqarolik huquqlar hamda qonuniy manfaatlarni himoya qilishdagi
tashkiliy chora-tadbirlar majmui tushuniladi. Fuqarolik huquqlarining
himoya qilishning ikki – yurisdikstiyaviy (sud orqali) va noyurisdiksiyaviy
(sudsiz) shakllari mavjud.
Himoyaning yurisdikstiyaviy shakli buzilgan yoki nizoli huquqlarni
himoya qilishda vakolatli davlat organlarining faoliyatida namoyon
boʻladi. Uning mohiyati shundaki, huquq va qonuniy manfaatlari buzilgan
shaxs oʻz huquqlarini tiklash uchun vakolatli davlat organiga murojaat
etadi.
Asosan buzilgan fuqarolik huquqlari protsessual qonunlarda yoki
shartnomada belgilab qoʻyilganidek, ishlar qaysi sudlovga taalluqli
boʻlishiga qarab, sud, xoʻjalik sudi yoki hakamlik sudi tomonidan himoya
qilinadi. Zero Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oʻninchi
bobida koʻrsatilishicha, “davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda
mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi. Har bir shaxsga
oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari va
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-
harakatlari (qarorlari) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi”.
Yurisdikstiyaviy shakl oʻz navbatida buzilgan huquqlarni himoya
qilishning umumiy va maxsus tartiblariga ega. Umumiy qoidalarga koʻra
fuqarolik huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sud tartibida
amalga oshiriladi. Fuqarolik-huquqiy nizolarning asosiy qismi fuqarolik
sudlariga toʻgʻri keladi. FPKning 31-moddasiga muvofiq fuqarolik
sudlarga taraflardan hech boʻlmaganda bittasi fuqaro boʻlgan nizolarga
doir ishlar (qonunda bunday nizolarni hal qilish xoʻjalik sudi yoki boshqa
organlarga topshirilgan hollar bundan mustasno) FPKning 279-moddasida
sanab oʻtilgan alohida tartibda koʻriladigan yuridik ahamiyatga ega
boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar, fuqaroni bedarak yoʻqolgan
deb topish va fuqaroni oʻlgan deb e’lon qilish toʻgʻrisidagi ishlar, fuqaroni
muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish


5


5





toʻgʻrisidagi ishlar, mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisidagi
ishlar, taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, ular
boʻyicha huquqlarni tiklash toʻgʻrisidagi ishlar (chaqirib ish yuritish)
hamda qonun bilan sudlarning vakolatiga berilgan boshqa ishlar taalluqli
boʻladi.
Xoʻjalik sudlari tomonidan XPKning 23-moddasi talablariga
muvofiq, iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yakka tartibdagi
tadbirkorlar fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan
kelib chiqadigan nizolarga doir, tashkilotlar va yakka tadbirkorlarning
huquqlari vujudga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun
ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash, bankrotlik va boshqa ishlar
koʻriladi.


Oʻzaro bogʻliq boʻlib, ba’zilari xoʻjalik sudiga, boshqalari esa
umumiy yurisdikstiya sudiga taalluqli boʻlgan bir necha talab
birlashtirilgan taqdirda, hamma talablar umumiy yurisdikstiya sudida
koʻrilishi kerak.


Fuqarolik-huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu
jumladan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida vujudga keluvchi xoʻjalik
nizolarini hal etishda agar taraflarning nizoni hakamlik sudiga hal qilish
uchun topshirish haqidagi kelishuvi – hakamlik bitimi mavjud boʻlsa
nodavlat organ hisoblangan hakamlik sudlari ishni koʻrib hal qiladi.
Sud himoyasining asosiy vositasi da’vo hisoblanadi. Da’vo deb
huquqni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatning himoya qilinishi
toʻgʻrisida sudga yoki boshqa vakolatli tashkilotga murojaat etishga
aytiladi. Ba’zi bir holatlarda sud himoyasining vositasi ariza va shikoyatlar
ham hisoblanadi.
Fuqarolik huquqlari va qonuniy manfaatlarni himoya qilishning
maxsus tartibi ma’muriy tartibdagi himoya hisoblanadi. Bu umumiy
qoidadan istisno sifatida ya’ni qonunda bevosita koʻrsatilgan hollardagina
qoʻllaniladi. Ma’muriy tartibdagi fuqarolik huquqlari va qonuniy
manfaatlarni himoya qilishning vositasi bu shikoyatdir. U huquq buzilgan
shaxs tomonidan tegishli vakolatli davlat organiga beriladi. Ba’zi bir
holatlarda qonunga muvofiq holda aralash ya’ni ma’muriy – sud
tartibidagi himoya usullari ham qoʻllaniladi. Bunda sudga da’vo bilan
chiqishdan oldin huquqi buzilgan shaxs sudga shikoyat bilan murojaat
qilishdan oldin davlat boshqaruv organiga chiqishi lozim boʻladi. Bularga
patent bilan bogʻliq nizolar, boshqaruv doirasidagi huquq buzarliklarni hal
qilish kabilar kiradi.


5


6





Fuqarolik huquqlari va qonuniy manfaatlarni himoya qilishning
noyuridik shakli davlat va boshqa vakolatli organga murojaat etmasdan
huquqi buzilgan shaxsning oʻzi mustaqil, oʻz xohishi bilan harakat qilishi
tushuniladi.
Biroq bunda himoya ma’lum shartlar asosida amalga oshirilmogʻi
lozim. Ular FKning 13-moddasida nazarda tutilgan. Unga asosan
shaxsning oʻzi tomonidan fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari
huquqni buzish darajasi bilan baravar boʻlishi hamda huquqni buzishga
yoʻl qoʻyish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi lozim.
Masalan, iste’molchi oʻziga sotilgan nuqsonli tovarni ushlab qolib,
yetkazilgan zarar va neustoyka toʻlanmaguncha qaytarib bermaslikka
haqli1.
Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari deganda qonun
tomonidan mustahkamlangan majburiy tusdagi moddiy-huquqiy choralar
tushuniladi. Ushbu choralar yordamida buzilgan (nizolashayotgan)
huquqlarni tiklash va huquqbuzarga muayyan ta’sir oʻtkazish amalga
oshiriladi. Ularning umumiy roʻyxati FKning 11-moddasida
mustahkamlab qoʻyilgan. Ular quyidagilardan iborat:


1


) huquqni tan olish (masalan, asarning, birov tomonidan


oʻzlashtirilib nashr etilgani toʻgʻrisida nizo boʻlgani holda, shu asarga
nisbatan mualliflikni tan olish);


2


) huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan


yoki uning buzilishi xavfini tugʻdiradigan harakatlarning oldini olish
(masalan, mulk egasi oʻz mulkidan foydalanish huquqining har qanday
ravishda buzilishini bartaraf etish va kelgusida mulkdan foydalanishda
xalaqit bermaslik majburiyatini buzuvchi shaxsga yuklash);


3


) bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi


oqibatlarini qoʻllash(FKning 116-125-moddalari talablariga asosan, bitim
haqiqiy emas deb topiladi. Haqiqiy boʻlmagan bitim uning haqiqiy
emasligi bilan bogʻliq boʻlgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik
oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir.
Bitim haqiqiy boʻlmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim
boʻyicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha
(shu jumladan olingan narsa mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan ish yoki
koʻrsatilgan xizmat bilan ifodalanganda) qaytarib berish mumkin
boʻlmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari
qonunda nazarda tutilgan boʻlmasa, uning qiymatini pul bilan toʻlashi
shart);


1


Бобоев Ж.И. Право потребителей и их защита по законодательству Республики Узбекистан.//Ўзбекистонда
ижтимоий фанлар,. 2003. № 3. -20-29 б.


5


7





4


) davlat organining yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish


organining hujjatini haqiqiy emas deb topish (Bu himoya usuli fuqarolik
qonun hujjatlariga yangi kiritilgan usullardan biri boʻlib hisoblanadi.
Fuqaroning huquqlari va erkinliklarini buzadigan, fuqaroning oʻz
huquqlari va erkinliklarini roʻyobga chiqarishiga monelik tugʻdiradigan
hamda fuqaro zimmasiga qonunga xilof ravishda qandaydir majburiyat
yuklatilishiga sabab boʻlgan xatti-harakatlar vujudga keltiruvchi turli
hujjatlari (qarorlari) shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqini vujudga
keltiradi. Bunday hujjatlarni haqiqiy emas deb topish sud tartibida amalga
oshiriladi. );


5


) shaxsning oʻz huquqlarini oʻzi himoya qilishi (mazkur usul


noyurisdikstiyaviy usul hisoblanib, oʻz huquqini himoya qilayotgan
shaxsdan himoyaviy chora-tadbirlarni qonun talablariga muvofiq amalga
oshirishni talab etadi. Bu holatda oxirgi zarurat va zaruriy mudofaa
chegaralaridan chetga chiqmaslik, uchinchi shaxslarning huquq va
manfaatlariga putur yetkazmaslik shart, ya’ni FKning 13-moddasi
talablariga muvofiq, fuqarolik huquqlarini shaxsning oʻzi himoya qilish
usullari huquqni buzishga mutanosib boʻlishi hamda huquq buzilishining
oldini olish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi kerak);


6


) burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish (masalan,


sotilgan ashyo sotuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda topshirilmaganida
uning oluvchisiga majburiy tarzda olib berish);


7


) zararni toʻlash (shaxs huquqi buzilganligi tufayli koʻrgan zararini


toʻla qoplanishini talab qilishi qonun bilan kafolatlanadi. Zararlarni
qoplash buzilgan huquq va manfaatlarni uni buzishda aybdor boʻlgan
shaxs hisobiga tiklashdir. Majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada
bajarilmagan hollarda kreditorga yetkazilgan zararni toʻlash majburiy
hisoblanadi);


8


) neustoyka undirish (neustoyka (jarima va penya) majburiyatlarni


oʻz vaqtida, lozim darajada bajarilishini ta’minlaydigan muhim usullardan
biridir. U qonunda yoki shartnomada oldindan belgilangan taraflarga
ma’lum boʻlgan va majburiyatlar bajarilmay qolganda toʻlanishi lozim
boʻlgan huquqiy chora sifatida namoyon boʻladi);


9


) ma’naviy ziyonni qoplash (huquqbuzarlik harakati (harakatsizlik)


oqibatida jabrlanuvchining boshidan kechirgan ma’naviy va jismoniy
(kamsitish, jismoniy ogʻriq, zarar koʻrish, noqulaylik va boshqa) azoblar
ma’naviy ziyon hisoblanib, bu azoblarning xususiyati ziyon yetkazilgan
haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan
holda sud tomonidan baholanadi hamda pul bilan qoplanadi);


5


8





1


0) huquqiy munosabatni bekor qilish yoki oʻzgartirish;


1


1) davlat organining yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish


organining qonunga zid hujjatini sudning qoʻllamasligi;


1


2) qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar.


Shaxs oʻz buzilgan huquqi yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan
manfaatlarini himoya qilish maqsadida vakolatli organga murojaat
qilganda yuqoridagi usullardan biri yoki bir nechasini qoʻllashni soʻrab
murojaat etadi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish