Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet31/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Fuqarolik huquqlarining amalga oshirilishi va burchlarining
bajarilishi. Fuqarolik huquqlarining himoya qilinishi


Fuqarolik huquqining subyektlari o‘zlarining huquqiy maqomidan
kelib chiqib, xilma xil fuqarolik huquqlarini olish, ro‘yobga chiqarish
imkoniyatlariga egadirlar. Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish tartibi
FKning 9-moddasida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra fuqarolar va yuridik
shaxslar fuqarolik huquqlarini o‘z xohishlariga ko‘ra o‘z erki irodasi bilan
o‘z manfaatlarini ko‘zlab qo‘lga kiritadilar hamda amalga oshiradilar. Ular
o‘zlariga tegishli fuqarolik huquqlarini shu jumladan, bunday fuqarolik
huquqlarini himoya qilishni ham o‘z xohishlariga ko‘ra belgilaydilar,
tasarruf etadilar. Bunda ular bu huquqlarni amalga oshirish yoki amalga
oshirmaslikni o‘z xohishlariga ko‘ra hal etadilar. Ularni o‘z huquqlarini
amalga oshirishdan voz kechishi agar qonunda boshqacha holat
belgilanmagan bo‘lsa, huquqlarni kelgusida bekor bo‘lishiga olib
kelmaydi. Bir subyekt tomonidan o‘z huquqlarini amalga oshirishi boshqa
shaxslarni huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini
buzmasligi lozim.
Qonun fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilarini insofli, oqilona
va adolat bilan harakat qilishini nazarda tutadi. Buning ma’nosi shundan
iboratki, toki aksi isbotlanmaguncha subyekt insofli, oqilona va adolat
bilan harakat qilgan deb hisoblanadi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘z huquqlarini ro‘yobga chiqarishda
jamiyatning ma’naviy tamoyillari, ahloqiy normalarni hurmat qilishlari,
tadbirkorlar esa ish odobi, ish muomalasi qoidalariga rioya qilishlari shart.
Ular o‘z huquqlarini amalga oshirishda boshqalarga zarar yetkazmasliklari,
huquqlarni suiiste’mol qilmasliklari, ulardan qonun hujjatlariga huquqni
mohiyatiga zid ravishda foydalanmasliklari shart.


5


2





Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘z huquqlarini amalga oshirishda
yuqorida ko‘rsatilgan talablarga, shartlarga rioya etmasalar sud ularga
tegishli huquqni himoya qilishni rad etishga haqli.
Subyektiv fuqarolik huquqini real amalga oshirishni namoyon bo‘lish
holatlaridan biri bo‘lib zimmasiga majburiyat yuklangan shaxsni agarda u
majburiyatni ixtiyoriy ravishda bajarmasa, majburiyatni bajarishga majbur
qilish hisoblanadi. Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari FKning


1


1-moddasi mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib quyidagilardan iboratdir:
huquqni tan olish;


huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki


uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi
oqibatlarini qo‘llash;
davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organining hujjatini haqiqiy emas deb topish;


shaxsning o‘z huquqini o‘zi himoya qilishi;
burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;
zararni to‘lash;
neustoyka undirish;
ma’naviy ziyonni qoplash;
huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o‘zgartirish;


davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organining qonunga zid hujjatini sudning qo‘llamasligi.
Fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar
bilan ham himoya qilinishi mumkin. Masalan, intellektual mulk huquqini
himoya qilishning maxsus usullari FKning 1040-moddasida belgilangan
bo‘lib, mutlaq huquqlar qaysi moddiy obyektlar yordamida buzilgan
bo‘lsa, o‘sha moddiy obyektlarni hamda bunday buzish natijasida
yaratilgan moddiy obyektlarni olib qo‘yish orqali yoki yo‘l qo‘yilgan
buzish haqidagi ma’lumotni majburiy suratda e’lon qilib, unga buzilgan
huquq kimga tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali ham
himoya qilish mumkin.
Fuqarolik huquqlarini himoya qilish tartibi ham o‘z mohiyatiga ko‘ra
umumiy va maxsus tartibga bo‘linadi. Fuqarolik huquqlarini himoya
qilishning umumiy tartib umumyurisdiksiya sudlari va xo‘jalik sudi orqali
himoya qilish asosida shuningdek, fuqaroning o‘z huquqlarini o‘zi himoya
qilishdan iborat bo‘ladi. Fuqarolik kodeksining 10-moddasiga asosan
fuqarolik huquqlari protsessual qonunlar yoki shartnomada belgilab
qo‘yilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli bo‘lishiga qarab, sud, xo‘jalik


5


3





sudi yoki hakamlik sudi (bundan keyin – sud) tomonidan himoya qilinadi.
Qonunda nazarda tutilgan hollardagina fuqarolik huquqlari ma’muriy
tartibda himoya qilinadi. Ma’muriy tartibda qabul qilingan qaror ustidan
sudga shikoyat qilish mumkin.


Fuqarolik huquqining subyektlari o‘zlari tomonidan ham fuqarolik
huquqlarini himoya qilishlari mumkin. Biroq, bunda himoya muayyan
shartlar asosida amalga oshirilishi qonunda belgilab qo‘yilgan. FKning 13-
moddasiga ko‘ra fuqarolik huquqlarini shaxsning o‘zi himoya qilishiga
yo‘l qo‘yiladi. Fuqarolik huquqlarini shaxsning o‘zi himoya qilish usullari
huquqni buzishga mutanosib bo‘lishi hamda huquq buzilishining oldini
olish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi kerak. Masalan,
FKning 290-moddasiga ko‘ra qarzdorga yoki qarzdor ko‘rsatgan shaxsga
topshirilishi lozim bo‘lgan ashyoni saqlayotgan kreditor ushbu ashyo
haqini yoki u bilan bog‘liq chiqimlar va boshqa zararni kreditorga to‘lash
majburiyatlari qapzdor tomonidan muddatida bajarilmagan taqdirda uni
tegishli majburiyat bajarilgunga qadar ushlab qolishga haqli.
Fuqarolik huquqlarini himoya qilishning maxsus tartibi faqat qonun
yoki boshqa normativ huquqiy hujjatlarda maxsus ko‘rsatma bo‘lgan
taqdirdagina qo‘llanilishi mumkin. Masalan, mualliflik huquqlarini
jamoaviy boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan huquqlarni amalga
oshirilishi va himoya qilinishi. Bojxona kodeksining 382-moddasiga ko‘ra
bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida intellektual mulk obyektlariga
bo‘lgan huquqlarni himoya qilish choralarini ko‘radi. Bojxona hududiga
olib kiriladigan va bojxona nazorati ostida turgan intellektual mulk
obyektlariga bo‘lgan huquqlarning himoya qilinishini ta’minlash uchun
bojxona organlari:


-


intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganlik
belgilari mavjud bo‘lgan tovarlarni chiqarib yuborishni to‘xtatib turishi;
intellektual mulk obyektlarini o‘z ichiga olgan tovarlarni chiqarib


-


yuborishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishi mumkin.
Shuningdek, sport musobaqalarida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar
aniqlangan holatlarda o‘yin natijalarini bekor qilinishi, g‘irromchi
sportchilarga nisbatan ta’sir choralarini qo‘llanilishi va h.k.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish