Mavzu: Yuqori sinf o’quvchilari (7-11 sinf) va o’qituvchilar o’rtasida kelib chiquvchi nizolarni oldini olish hamda ularning darslardagi faolligini kuchaytirish



Download 29,5 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi29,5 Kb.
#678390
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Yuqori sinf o’quvchilari (7-11 sinf) va o’qituvchilar o’rtasida kelib chiquvchi nizolarni oldini olish hamda ularning darslardagi faolligini kuchaytirish.


Axborot texnologiyalari asrida yurtimizda ta’lim turlarining barchasi jadal rivojlanib bormoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, oliy va o’rta maxsus, professional ta’lim va h.k. Xususan, birgina xalq ta’limini olib qaraganda maktablarning moddiy texnik bazalari tubdan isloh qilinmoqda. Yangi o’quv binolari foydalanishga topshirilmoqda. Faoliyat yuritish va o’quvchilarga yetarlicha ta’lim tarbiya bilim, kasbga yo’naltirish uchun yangi, yetuk bilimli va yuksak salohiyatli kadrlar tayyorlanmoqda. Yosh kadrlarning faoliyat jarayonida yangiliklar yutuqlar bilan bir qatorda yuqori sinf o’quvchilari bilan o’rtalarida turli nizolar ham kelib chiqishi kuzatilmoqda. Psixologlar hamda tegishli mutasaddilar bu vaziyatlarni o’rganish jarayonlarida bu holatlar dars paytida o’quvchilarning aksariyati o’smirlikning turli davrdaligi va shu sababli o’qituvchilar hamda o’quvchilarning turli sahxsiy qadiryatlari to’qnashh kelganligi sabab bo’layotganligi ma’lum bo’lmoqda. Bu ko’ngilsizliklarning oldini olish uchun o’qituvchilar va o’quvchilar bilan alohida hamda jamoaviy suhbatlar, seminar-treninglar tomon ham odob-axloq normativlariga bo’ysungan holda qarshi tomonning shaxsiy qadiryatlarini hurmat qilishi lozimligi psixologlar tomonidan uzluksiz tushuntirilib borilishi zarur Bu faoliyat uzluksiz jadal yo’lga qo’yilar ekan har ikki tomonning ham ongida, dunyo qarashida bir-birlarining manafaatlariga hurmat bilan qarash, darslarda hamkorlikda ish yuritish, o’zaro fikr almashish hamda ulkan yutuqlarga erishish mumkinligi haqida yuksak tushunchalar paydo bo’ladi. Dars jarayonlarida o’qituvchi o’quvchilar shaxsiy fikrini tinglay bilishi, imkon qadar har bir o’quvchiga individual yondashishi zarur. Ular bilan muloqotga kirishayotganda har bir o’quvchining fe’l – atvori va ruhiy holati hisobga olinishi zarur. Mashg’ulot o’tish paytida do’stona muloqot hamda fikrlarni tinglay bilish yaxshi samara beradi. O’qituvchi va o’quvchilar o’zaro nizloarini yana boshqa sabablari ham mavjudki, bular; maktab amaliyotchi psixologlari o’z faoliyati davomida o’quvchilar va o’qituvchilarni to’liq qamrab ololmaganli, tarbiyasi og’ir bolalar bilan mqasadli, rejali va davomli ish olib borishni yo’lga qo’ymasligi, ota-onalarnin farzandi tarbiyasiga befarqligi, maktab-mahalla jamoalari bilan hamkorlik qilmasligi, o’quvchilarning televideniya, ijtimoiy tarmoqlardan noto’g’ri foydalanishi, qo’shtirnoq ichidagi “ommaviy madaniyat”ga o’tib ketayotganligi kabilardir. Bugungi kunda o’quvchilarning dasga befarqligi, faoliggining susayishi kabilar quyidagi mulohazalar bilan ham izohlanmoqda: daslarning bir xil “qolip”da o’tilishi, o’quvchilar o’zlari egallamnoqchi bo’lib kasbi uchun kerakli fandan boshqasiga e’tibor qaratmasligi, o’qituvchilarning faqatgina “a’lochilar” bilan band bo’lishi, dars davomida ikki tomon hamkorligining yetarlicha amalga oshmasligi, dars jarayonlarida yangiliklarni innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanmasligi, darslarga o’quvchilarning qiziqishlariga mos keladigan holda tashkil etilmasligi va hakozolar. Ammo, shuni unutmaslik kerakki jamiyat ravnaqi uchun yetuk kadr, ma’nan yuksak salohiyatli shaxsni tarbiyalashda ta’lim-trabiya ulkan ahamiyat kasb etadi.
Demak, yurtimizning gullab yashshi, yangi avlod ta’lim tarbiyasi sifatini oshirish uchun ota-onalar, mutasaddi tashkilotlar, pedagoklar: barchasi birday mas’uldir. Har bir pedagog o’z darsi paytida eng avvalo samimiyligini yo’qotmasligi deb o’quvchilarga ta’lim berish barobarida yuqori ta’lim sistemali bilan raqobatbardosh bo’lishlari lozim. Emotsionalligini oshirishi, har dars mashg’ulotiga alohida e’tibor, yangicha pedagogik bilim, ko’nikma, malakalar bilan, yaxshi tashkil etilgan innovatsion ruhdagi qo’shimcha materiallar bilan yondashishi zarur. O’smir o’quvchilar bilan ishlash, ularda darslarga bo’lgan qiziqishni uyg’otish hamda kuchaytirish, yangi matevatsiyalar berish, ularni dars jarayonlariga keng ko’lamda qamrab olish o’qituvchilardan mashaqqatli mehnat va ulkan mahorat talab qiladi. Shu jumladan o’quvchilarning e’tiborini tortish, mashg’ulotlarda faolligini oshirish, bilim darajasini yuqori darajaga ko’tarish uchun har bir bolaning aqliy holatidan kelib chiqqan holda turli darajadagi murakkabliklarga ega topshiriqlar berish, o’quvchilar o’zlarinig barcha imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanishlariga imkon yaratish, dars jarayonlarini o’quvchilarning yoshlariga mos keluvchi, qo’shimcha mashg’ulotlar bilan boyitilishi, o’quvchilarning dars mashg’ulotlarini o’zlashtirish jarayonida qilgan mehnatlaridan qoniqish hissini uyg’otishlari ham ulkan Qolaversa, zamonaviy, innovatsion moddiy texnik bazaga ega kutubxonalarni, o’quv xonalari va shunday muhitni shakillantirish ham o’qish jarayonlariga qiziqishni oshirish mumkin.
Shaxsiy qadiryatlarning sistemasini taraqqiyot ettirish uning yutuqli faoliyatini rag’batlantirish ham o’quv mativatsiyasini yuksaltirishga imkon yaatadi.
O’quv mashg’ulotlari uzluksiz, to’liq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shu sababli dars paytida o’qituvchilar o’quvchilar yoshini hisobga olgan holda ichki ko’nikmalarni unutmasligi katta ahamiyat kasb etadi.
O’quv motivini yuqori darajada shakillantirishnig muhim hislati yana shundaki, u shaxs rivojlanishining muhim omili hisoblanadi hamda asosiy vazifani bajaradi.
Vatanimiz ravnaqiga hissa qo’shuvchi, teran fikirlovchi, ma’nan yuksak saviyali, chuqur bilimli, mustahham e’tiqodli yosh avlodni tarbiyalash uchun barchamiz birdek mas’ulimiz Maktab, Mahalla, ota-ona tizimi hamkorlikda ish yuritar ekan kelajak avlod farovon hayot egalari bo’lib tarbiyalanadi.
19.05.2022 yil
Download 29,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish