Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet35/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Emansipatsiya


6


3





tushunchasi
shartlari


Voyaga etmagan shaxsni qonunda ko'rsatilgan hollarda
muomala layoqatiga ega bo'lgan deb e'lon qilish


1


6 yoshga to’lgan


Mehnat Shartnomasi asosida ishlash


Ota-onasi roziligi bilan tadbirkorlik


faoliyati bilan shug’ullanish


Ota-ona roziligi bilan vasiylik va homiylik
organi qarori asosida


tartibi


Ota-ona roziligisiz sud qarori asosida


Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati


Fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan
paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir (FK
ning 24-m). Tadbirkorlik faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladigan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad
(foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat bo‘lib hisoblanadi
(Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunning 3-
m). Yakka tartibdagi tadbirkor – bu fuqaro tomonidan amalga
oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Fuqaro yakka tartibdagi
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda turli shartnomaviy
munosabatlarga kirishadi, ushbu shartnomalarni bajarish bilan bog‘liq
majburiyatlarni bajarish uchun turli yuridik harakatlarni sodir etadi
(masalan, da’vo bildirish va talabnoma qo‘yish uchun). Tadbirkor fuqaro
barcha yuridik harakatlarni o‘z nomidan va tavakkal qilgan holda amalga
oshiradi.


Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun fuqaro belgilangan
tartibda yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi shart.
Fuqarolarning yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshiriladigan
tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan, agar qonun hujjatlarida yoki huquqiy


6


4





munosabat mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, Fuqarolik kodeksi
normalari qo‘llaniladi.


Yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda (ya’ni,
FK ning 24-modda 1-qism talablarini buzgan holda) tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro tuzgan bitimlar xususida o‘zining
tadbirkor emasligini vaj qilib ko‘rsatishiga haqli emas. Sud bunday
bitimlarga FK ning, shuningdek, boshqa qonunlarning tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq majburiyatlar to‘g‘risidagi
qoidalarini qo‘llashi mumkin. Bunday qoida muhim ahamiyatga ega,
chunki FK ning tadbirkorlar ishtirokidagi bitimlarda ular zimmasiga
oshirilgan mas’uliyat yuklaydi. Masalan, FK ning 333-moddaga asosan
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda o‘z majburiyatini bajarmagan
yoki lozim darajada bajarmagan shaxs bunga fors-major sabab bo‘lganini
isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi. FK ning 425-moddada chakana oldi-
sotdi shartnomasi bo‘yicha sotuvchi tadbirkorlik subyekti bo‘lishi nazarda
tutiladi. Bu esa uning zimmasiga qator majburiyatlar yuklaydi va h.k.
Tadbirkorlik faoliyati tavakkalchilikka asoslangan faoliyat bo‘lgani
sababli tadbirkor kutilgan natijaga erishmasligi, oxir-oqibatida bankrot
(nochor) bo‘lishi mumkin. FK ning 26-modda ga asosan yakka tadbirkor
kreditorlarning o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq
bo‘lgan talablarini qanoatlantirishga qodir bo‘lmasa, bunday tadbirkor
belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkin.


Odatda, tadbirkor bankrot deb topilgandan keyin uning kreditorlari
uning mavjud mol-mulkiga nisbatan o‘z talablarini qaratishga haqli
bo‘ladilar. Yakka tadbirkorni bankrot deb topish rasm-rusumlarini amalga
oshirish jarayonida uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan
bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlari bo‘yicha kreditorlari ham o‘z talablarini
qo‘yishga haqli. Mazkur kreditorlarning ushbu tartibda qo‘yilmagan
talablari yakka tadbirkorni bankrot deb topish rasm-rusumlari tamom
bo‘lganidan keyin ham o‘z kuchini saqlab qoladi (FK ning 26-modda


1


-qism). Yakka tadbirkorning majburiyatlari tadbirkorlik bilan bog‘liq


yoki bog‘liq emasligi bu o‘rinda muhim prinsipial ahamiyatga ega.
Masalan, fuqaro A. 2001-yil iyo’n oyida S. dan o‘z qizini turmushga
chiqarish munosabati bilan to‘y xarajatlari uchun 100 ming so‘m qarz
oladi. 2001 yil 1 oktyabrda u tuman hokimligida yakka tadbirkor sifatida
ro‘yxatdan o‘tadi. 2001 yil 1 noyabrda “Tadbirkorbank”dan 3 million
so‘mli kredit oladi (3 oy muddatga). Lekin bozor konstrukturasini
o‘zgarishi oqibatida to‘lovga layoqatsiz bo‘lib qoladi, kredit o‘z muddatida
qaytarilmaydi. 2002 yil avgustida shahar xo‘jalik sudi A. ni bankrot deb


6


5





e’lon qiladi. Uning kim oshdi savdosida sotilgan mol-mulki 500 ming
so‘m deb baholanib, S. ning talabi bo‘yicha 50 ming so‘m,





Tadbirkorbank” talabi bo‘yicha 450 ming undiriladi. Tadbirkorlik rasm-


rusumlari bo‘yicha tadbirkor bankrot deb topilgach uning mol-mulki
bo‘lmasa, uning tadbirkorlik bilan bog‘liq majburiyatlari bekor bo‘ladi,
lekin boshqa majburiyatlari saqlanib qoladi. Demak, A. ning S. dan yana


5


0 ming so‘m qarzi saqlanib qolgan holda, “Tadbirkorbank”dan olgan


kreditlarining qoplanmagan 2 million 555 ming so‘mlik kreditini qaytarish
bo‘yicha majburiyatlari bekor bo‘ladi.
Sud tomonidan yakka tadbirkorni bankrot deb topishning yoki yakka
tadbirkor o‘zini bankrot deb e’lon qilishining asoslari va tartibi qonun
bilan belgilanadi (FK ning 26-modda 4-qism).
Shunday qilib, qonunda bankrot deb topilgan fuqaroning tadbirkorlik
bilan bog‘liq majburiyatlaridan ozod bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Bu esa
mulkiy talofatlar ko‘rgan shaxsni ruhiy-psixologik larzalardan saqlashga
va hayotni yangidan boshlashiga imkon beradi. Shu sababli ham fuqaro
bankrotlik instituti vaziyat taqozosiga ko‘ra moddiy jihatdan og‘ir ahvolga
tushib qolgan shaxsni samarali himoya qilish usullaridan hisoblanadi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish