Sud-huquq sohasidagi so'nggi o'zgarishlar asosida O'zbekiston Respublikasida sud islohotining istiqbollari



Download 21,14 Kb.
Sana26.01.2020
Hajmi21,14 Kb.
#37280
Bog'liq
sud huquq


  1. Sud-huquq sohasidagi so'nggi o'zgarishlar asosida O'zbekiston Respublikasida sud islohotining istiqbollari.
    Mezonlar:
    - xalqaro hujjatlar va O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi asosida javob berish argumenti;
    -so'nggi yillardagi islohotlar asosida sud-huquq sohasida yanada o'zgarish variantlarini taklif qilish.



Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.

O‘tgan davr mobaynida sud tizimi faoliyati samaradorligini oshirish, sudyalarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish tartibini takomillashtirish, har bir ish bo‘yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarori chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi, sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, ma’muriy sudlar tashkil etildi, shuningdek, sudyalik lavozimiga muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi joriy etildi.

Barcha toifadagi sud ishlarini sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqish amaliyotining kengaytirilganligi aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va sud hokimiyatining ochiqligini oshirish yo‘lida ko‘rilgan muhim chora bo‘ldi.

Shu bilan birga, sud hokimiyati organlari faoliyatining tahlili ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.

Xususan, sudlarning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlari qoniqarsiz darajada tashkil etilganligi sud faoliyatini lozim darajada yoritish imkonini bermayapti hamda aholining sud hokimiyatiga ishonchi pasayishiga olib kelmoqda.


Sudyalarni moddiy ta’minlash va ijtimoiy himoya qilishning amaldagi tizimi sud hokimiyatining alohida mavqei va obro‘siga, sudyalar mustaqilligi prinsiplariga muvofiq emasligi kasbiy o‘sishni yanada rag‘batlantirishga to‘sqinlik qilib, kadrlar qo‘nimsizligiga olib kelmoqda.

Odil sudlovni amalga oshirish sifatini yaxshilash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:


1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasining quyidagilar orqali sud organlari faoliyatining shaffofligini yanada ta’minlash, aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik rolini kuchaytirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi veb-saytida sud qarorlarini tizimli ravishda e’lon qilish tartibini bosqichma-bosqich joriy etildi;

qabul qilingan sud hujjati o‘qib eshittirilganidan so‘ng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirilishini sud amaliyotiga joriy etildi;

sudlar faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida har chorakda viloyat sudlari raislari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan brifinglar o‘tkazilish tartibi joriy qilingan;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari tomonidan sud ishlarini nazorat tartibida, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan sud ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish amaliyoti obzorlarini har chorakda e’lon qilinadigan tartib o'rnatildi..

2. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalarni tanlash va lavozimga tayinlashning xolisligi va shaffofligiga ishonchni oshirish maqsadida har bir hududda sudyalar korpusini shakllantirishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tuzish to‘g‘risidagi takliflar qabul qilingan va ular ko'rib chiqilyabdi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va Moliya vazirligining:

sudlarga murojaat etishda davlat bojlarini to‘lash bo‘yicha amaldagi imtiyozlar va davlat bojlari stavkalarini qayta ko‘rib chiqildi;

Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha davlat bojlari va jarimalar to‘lashdan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushayotgan summalarning, shuningdek, ijro hujjatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga undirilgan summalarning, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno, 40 foizi miqdorida ajratmalar belgilash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

5.2018-yil 1- avgustdan boshlab:

Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra sudlar, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qo‘llaniladigan bo’ldi;

malaka darajasi va mansab darajasiga ega bo‘lgan sudlar, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlariga qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladigan 50 foiz miqdorida ustama to‘lash joriy etildi;

sudlar, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining ko‘p yillik xizmatlari uchun, lavozim maoshlariga (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) ustamalar hamda malaka darajasi va mansab darajasi uchun qo‘shimcha haq miqdorlari adliya organlari xodimlari uchun belgilangan miqdorlarga tenglashtiriladi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga Oliy sud va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamentining yuqori malakali, tashabbuskor, xizmat majburiyatlarini halol va samarali bajarayotgan sudyalari va xodimlariga Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ravishda oylik mehnatga haq to‘lash fondining 100 foizigacha miqdorda ustama (pul ta’minoti) to‘lash huquqi berildi.

7.

a) Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sudyalar hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urtalash tartibi, shuningdek, ularning pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari va tartibi to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini kiritilib tasdiqlandi;



b) Markaziy bank bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga avtomobillar sotib olish uchun, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar apparatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga esa uy-joy sotib olish uchun imtiyozli kreditlar taqdim etish tartib joriy etildi.
Savol №3. (200 so'z)
O'zbekiston Respublikasi sud tizimi va O'zbekiston Respublikasi bu yo'nalishda farqlarga ega bo'lgan davlatlardan birining qiyosiy tahlilini o'tkazish (qiyosiy jadval tuzish).
Quyidagi mezonlarga asoslanib tahlil qiling:
- sudlar tizimi va ularning vakolatlari
- sud tizimining aloqalari va turli sudlarning sudlari
- sud faoliyatini xalqaro tamoyillar asosida amalga oshirish
- davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlariga sud hokimiyatining ta'siri
- sudyalarning huquqiy maqomi
O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi quyidagi tarmoqlarga bo’linadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;

harbiy sudlar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari;

fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari;

jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari;

tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari;

tuman (shahar) ma’muriy sudlari.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi o‘rinbosari - jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining raisi hamda rais o‘rinbosarlari-fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlarining raislari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalaridan iborat bo‘ladi hamda quyidagi tarkibda ish olib boradi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati;

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;

Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati;

Iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay’ati.
Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o‘n yillik muddatga va sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda tayinlanadi yoki saylanadi.

Sud raislari besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi. Ayni bir shaxs tegishli sudda surunkasiga ikki muddatdan ortiq rais etib saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emas.



Sudyalikka nomzodlarga qo`yiladigan talablar

O`ttiz besh yoshdan kichik bo`lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo`yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga еga bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo`yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma’muriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi bo`lishi mumkin.

Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo`yicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik mehnat stajiga еga bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpog`iston Respublikasi sudining, viloyat sudining, Toshkent shahar sudining, O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi bo`lishi mumkin.

Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo`yicha kamida o`n yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida besh yillik mehnat stajiga еga bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi bo`lishi mumkin.

Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda o`qishi shart. O`qish davrida ular asosiy ish joyi bo`yicha o`rtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod еtiladi, biroq o`qishning butun davrida ish joyi (lavozimi) saqlanadi.

Sudyalarning huquqlari

Sudyalar:

mansabdor shaxslar va fuqarolardan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog`liq bo`lgan o`z farmoyishlarining bajarilishini talab qilish;

mansabdor va boshqa shaxslardan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan axborot olish;

uyushmalarga birlashish huquqiga еga.

Sudyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham еga bo`lishi mumkin.

Davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish bilan bog`liq bo`lgan talab va farmoyishlarini so`zsiz bajarishlari shart. Odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan axborot, hujjatlar va ularning nushalari sudyalarning talabiga muvofiq bepul beriladi.

Sudyalarning talablari va farmoyishlarini bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo`ladi.


Sudyalar daxlsizligi

Sudyaning shaxsi daxlsiz. Sudyaning daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transporti va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga taalluqlidir.

Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ularga tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, adliya vaziri tomonidan belgilanadigan ro`yxat bo`yicha o`qotar qurol beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.

Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo`zg`atilishi mumkin.

Sudya O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan va O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin еmas.

Sudya O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin еmas.


Savol №4. (200 so'z)
Sud-huquq sohasini yanada isloh qilish bo'yicha aniq dalillar bilan aniq takliflar bering.
Mezonlar:
- qonunchilikni isloh qilish bo'yicha ikkita taklif
- huquqni qo'llash amaliyotini isloh qilish bo'yicha bir taklif

  • sud-prokuratura xodimlari malakalarini oshirish va rahbarlik kadrlarini tayyorlash tizimlarini takomillashtirish;

  • prosessual harakatlarni amalga oshirishda voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, jinoiy jazolarni liberallashtirish, shuningdek sudlanganlik tugatilishi va olib tashlanishi muddatlari va asoslarini qayta ko’rib chiqish;

  • jinoiy ishlarni ko’rib chiqishda, o’zbek xalqining ezgulik va rahmdillik kabi asriy an’analariga muvofiqligi e’tiborga olingan holda, murosaga keltirish instituti qo’llanilishini kengaytirish. Ushbu me’yor chin yurakdan tavba qilgan va zarar yetkazilgan fuqarolar oldida o’z aybini yuvgan qonunni buzgan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish imkonini beradi;

  • katta ijtimoiy xavfga ega bo’lmagan ayrim jinoyat tarkiblarini dekriminalizatsiya qilish;

  • jinoiy ish qo’zg’atilishi faqat jabrlanuvchi arizasi bo’yicha amalga oshirilgan jinoyatlar tarkibi ro’yxatini kengaytirish;

  • elektron sud ishlarini ko’rib chiqish va ijroni amalga oshirish zamonaviy shakllari va usullarini, odil sudlov amalga oshirilishini ta’minlash vositalarini joriy qilish hisobiga odil sudlovni amalga oshirish sifatini oshirish. Ushbu tashabbusning realizatsiya qilinishi sud faoliyati samaradorligini oshirishga, shuningdek Respublika rivojlanishining zamonaviy bosqichi talablariga to’liq muvofiqlikda, “Elektron hukumat to’g’risida”gi Qonunni amalga oshirish doirasida jamiyat uchun odil sudlov ochiqligi, shaffofligi va joizligi tamoyilligini hayotga izchil tatbiq qilishga xizmat qiladi.

Download 21,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish