Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet38/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

Vasiylik va homiylik


O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 32-moddasi


1


-qismiga binoan, vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki


muomalaga to‘liq layoqatli bo‘lmagan fuqarolarning huquq va
manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Voyaga yetmaganlarga
vasiylik va homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi.
Vasiylar va homiylarning bunga tegishli huquq va burchlari qonun
hujjatlari bilan belgilanadi.
Vasiylik va homiylik o‘z huquq va manfaatlarini o‘zlari mustaqil
himoya qilishga qiynaladigan yoki eplay olmaydigan fuqarolarni himoya
qilish usulidir. Voyaga yetmaganlar uchun esa vasiylik va homiylik ularni
oilada tarbiyalanishi uchun imkoniyatdir. Umuman olganda esa, vasiylik
va homiylik tarkibiga fuqarolik, oila, ma’muriy huquq qoidalarini olgan
kompleks huquqiy institut hisoblanadi.


Vasiylik va homiylikni quyidagi ikki ma’noda tushunish mumkin:


1


) keng ma’noda (fuqarolik-huquqiy) – bu muomala layoqatining


etishmagan qismini to‘ldirish va voyaga yetmagan hamda muomalaga
layoqatsiz shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish usuli;


2


) tor ma’noda (davlat organining xizmat vazifalari) – ota-ona


qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya
qilish, shuningdek, ularni tarbiyalashdir.
Vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni quyidagi guruhlarga
ajratiladi:


1


. Vasiyning vasiylikdagi shaxs bilan munosabatlari mulkiy va


shaxsiy aloqalar bilan bog‘liq. Vasiyga vasiylikdagi shaxsga nisbatan ota-
onaning o‘z bolasiga nisbatan hokimiyat huquqi tegishli bo‘ladi va
vasiyning vasiylikdagi bolaning shaxsiga nisbatan bevosita majburiyati –
unga tarbiya berish hisoblanadi.


2


. Vasiylikdagi shaxsning mol-mulkiga nisbatan munosabat


vasiylikdagi shaxsning vakili sifatida harakatlarni amalga oshirish
huquqlarini ifoda etadi. Bunda birinchi navbatda, vasiylikdagi shaxsning
mol-mulkini uning ehtiyojlari uchun sarflash, shuningdek, uning mol-
mulkini saqlashga e’tibor qaratiladi.


3


. Vasiyning uchinchi shaxsga nisbatan munosabati bir tomondan


vasiylikdagi shaxsga nisbatan hukmronlik huquqiga ega subyekt sifatidagi,


7


0





ikkinchi tomondan vasiyning vasiylikdagi shaxs qonuniy vakili sifatidagi
maqomidan kelib chiqadi.


4


. Vasiylik bir emas, bir nechta vasiy tomonidan ifodalanganda va


ba’zan vasiy bilan birga, homiy ham tayinlanganda, vasiylar o‘rtasida,
shuningdek, vasiy va homiy o‘rtasida munosabat yuzaga keladi.


5


. Vasiyning vasiylik idorasi bilan munosabati. Bu holda vasiy


vasiylik idorasining nazoratida bo‘ladi va undan tposhiriq, farmoyishlar


oladi.





Vasiylik va homiylik to‘g‘risida” gi Qonunnning 3-moddasiga


ko‘ra, vasiylik – o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan etim bolalarni va ota-
onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud
tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot,
tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy
shakli;
homiylik – o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan etim
bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni,
shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni
ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy
nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida
joylashtirishning huquqiy shaklidir.
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar –
alohida g‘amxo‘rlikka, shuningdek, o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo‘lgan etim bolalar va ota-
onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ota-onalik huquqidan
mahrum etilmagan ota-onasi bo‘lgan hamda bolalarning hayoti yoki
sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘dirayotgan yoki ularning ta’minoti, tarbiya
va ta’lim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda
yashayotgan bolalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj
bo‘lgan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga
layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar hisoblanadi.
Vasiylik va homiylik bo‘yicha faoliyat:


tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik
ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari tomonidan – voyaga yetmaganlarga
nisbatan;
tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan – sud tomonidan
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan
fuqarolarga nisbatan;


tuman, shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish markazlari tomonidan – sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra


7


1





homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolarga
nisbatan amalga oshiriladi.
Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan
belgilanadi.
Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga
muhtoj bo‘lgan shaxsning yashash joyi bo‘yicha, agar shaxs muayyan
yashash joyiga ega bo‘lmasa, vasiyning yoki homiyning yashash joyi
bo‘yicha belgilanadi.
Qonunchilikka ko‘ra muayyan toifdagi shaxslar vasiy yoki homiy
etib tayinlanishi mumkin emas va ular quyidagilardir:


-


ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari


cheklangan shaxslar;


-


sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati


cheklangan deb topilgan shaxslar;


-


sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning o‘z


zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganligi
yoki lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiiste’mol
qilganligi, farzandlikka olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda
bo‘lganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganligi
oqibatida bekor qilingan bo‘lsa;


-


o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki


lozim darajada bajarmaganligi yoxud o‘z huquqlarini suiiste’mol qilganligi
uchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan
shaxslar;


-


qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan shaxslar


(“Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasi).
Qonunchilikka binoan vasiylar o‘z vasiyligidagi shaxslarning
qonuniy vakili bo‘lib, ularning nomidan yoki ularning manfaatlarini
ko‘zlab barcha zarur bitimlarni tuzadi.
Homiylar o‘z homiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo‘lib,
homiyligidagi shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishida va
majburiyatlarini bajarishida ko‘maklashadi, shuningdek, ularni uchinchi
shaxslar tomonidan bo‘ladigan suiiste’molliklardan muhofaza qiladi.
Vasiy va homiylarning, vasiylik va homiylikdagi shaxslar huquq va
majburiyatlari, vasiylik va homiylikning tugatish asoslari “Vasiylik va
homiylik to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish