Bog'liq Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)
Masalan,“Sharq”nashriyot-matbaakonserniOʻzbekistonRespublikasiPrezidentining16 oktabr2000yilgiPF-2737-sonFarmonigamuvofiq,“Sharq”nashriyot-matbaaaksiyadorlik kompaniyasi etib oʻzgartirilgan.
Birlashish va qoʻshilish topshirish balansi, boʻlinish va ajralishda
boʻlinish hujjati asosida mol-mulk universal vorislik asosida oʻtadi.
8
2
Huquqiy vorislik boʻyicha huquq va majburiyatlar toʻla (universal) yoki
qisman (singulyar) asosda qayta tashkil etilayotgan yangi subyektga oʻtadi.
Yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganida ulardan har birining huquq va
burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik
shaxsga oʻtadi. Yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshilganida, bu
yuridik shaxsga qoʻshilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari
topshirish hujjatiga muvofiq oʻtadi. Yuridik shaxs boʻlingan taqdirda
uning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq yangidan vujudga
kelgan yuridik shaxslarga oʻtadi. Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir
necha yuridik shaxs ajralib chiqqanida qayta tashkil etilgan yuridik
shaxsning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq ularning har
biriga oʻtadi. Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgartirilganida
qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish
hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga oʻtadi.
Singulyar huquqiy vorislikda huquq va majburiyatlarning belgilangan
ma’lum bir qismi oʻtadi.
Yuridik shaxsni bekor qilishning ikkinchi shakli – uni huquq
subyekti sifatida tugatish hisoblanadi. Korxonani tugatish uning huquq va
burchlarini huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga oʻtmasdan bekor
boʻlishiga olib keladi. Yuridik shaxslarni tugatish ularni qayta tashkil
etishdan farqlanadi. yuridik shaxs qayta tashkil etilganda kreditorlarning
talabi vorislik asosida yangidan tashkil etilgan korxonaga vorislik boʻyicha
oʻtadi. Tugatilganda esa yuridik shaxs oʻz-oʻzidan huquq subyekti sifatida
barham topadi va shu bilan birgalikda uning huquq va burchlari ham
tugaydi. Shuning uchun ham korxonani tugatishda kreditorlarning huquq
va burchlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish talab etiladi.
FKning 53-moddasida yuridik shaxslarni tugatish asoslari
quyidagicha belgilangan: 1) yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) ning
yoki ta’sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs
organining qaroriga muvofiq, shu jumladan, yuridik shaxs organining
qaroriga muvofiq, yuridik shaxsning amal qilish muddati tugashi, uni
tashkil etishdan koʻzlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan yoki
yuridik shaxsni tashkil qilish chogʻida qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl
qoʻyilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib boʻlmasa, sud
yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazishni haqiqiy emas deb topganida,
2
) yuridik shaxs faoliyati ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan
yoki qonun bilan taqiqlab qoʻyilgan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda,
shuningdek, FKda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga
8
3
muvofiq tugatiladi, 3) yuridik shaxsning bankrot deb hisoblanishi uning
tugatilishiga olib keladi.
Yuridikshaxs tugatilayotganda, tugatish komissiyasi tayinlanadi.
Tugatish komissiyasi yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi
ma’lumotlar bosib chiqarilgan matbuot organlarida yuridik shaxsning
tugatilishi hamda uning kreditorlar tomonidan talablarni bayon etish tartibi
va muddati haqida xabar e’lon qiladi (FK, 55-modda). Bu muddat tugatish
haqida xabar e’lon qilingan paytdan boshlab ikki oydan kam boʻlishi
mumkin emas.
Yuridik shaxs yagona davlat reyestridan chiqarilgandan soʻng
tugatilgan hisoblanadi.