Reja: Yuridik shaxs tushunchasi



Download 37,3 Kb.
bet1/5
Sana16.03.2022
Hajmi37,3 Kb.
#499012
  1   2   3   4   5
Bog'liq
yuridik shaxslarni bo`lish va ajratish


Yuridik shaxslarni bo`lish va ajratib chiqarishning amalga oshirish usullari

Reja:


  1. Yuridik shaxs tushunchasi

  2. Yuridik shaxsning huquq va muomala layoqati

  3. Yuridik shaxslarning vujudga kelish va bekor boʻlishi

  4. Yuridik shaxsning turlariga tavsif
  1. Yuridik shaxs tushunchasi va belgilari


Fuqarolik huquq subyektlari ichida yuridik shaxslar oʻz belgilari, vujudga kelish va bekor boʻlish usullari, fuqarolik-huquqiy munosabatda ishtiroki, subyektiv huquqlarni amalga oshirishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik huquqining mustaqil subyektlari sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashish va shu munosabat bilan muayyan huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi layoqati nafaqat fuqarolarga, balki yuridik shaxslarga ham beriladi.
Mamlakatimizda yuridik shaxslar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yaxlit tizimi yaratilgan. Ularning har birida turli xoʻjalik yuritish shakliga ega boʻlgan u yoki bu yuridik shaxslarga oʻziga xos ta’riflar, tushunchalar berilgan. FK esa ularning barchasini umumlashtirib quyidagicha ta’rif beradi:
Oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan ham oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu molmulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy-nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar boʻla oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi (FK, 39-modda).
Shuningdek, fuqarolik huquqi subyekti yuridik shaxs sifatida tan olinishi uchun muayyan huquqiy belgilarga ega boʻlishi talab etiladi. Yuridik shaxs belgisi uning ichki oʻziga xos xususiyatidir. FKda yuridik shaxsga berilgan ta’rifdan aniqlanishicha, har qanday tashkilot emas, balki muayyan talablarga javob beradigan tashkilotlargina yuridik shaxs boʻla oladi.
Tashkiliy birlik – bu yuridik shaxsning huquq subyekti sifatida tashkil boʻlganligini, oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqaruv organlari va boʻlinmalari orqali muayyan huquq va majburiyatlarga ega boʻlishligini bildiradi. Yuridik shaxsning tashkiliy jihatdan tuzilishi (strukturasi) ta’sis hujjatida koʻrsatiladi. Yuridik shaxslarning ayrim filiallari (xoʻjalik boʻlimlari, uchastkalari, agentliklari) ma’lum tizimga ega boʻlgan, muayyan tarzda tashkil etilgan boʻlsa ham, ular butun bir tashkilot (korxona, muassasa) ishining bir qisminigina bajaruvchi tashkilotlari boʻlgani tufayli yuridik shaxs boʻla olmaydi.
Mulkiy mustaqillik belgisi – yuridik shaxsga ma’lum bir mol-mulkni mulk (xoʻjalik yuritish, operativ boshqaruv) huquqi asosida tegishliligini bildiradi. Ya’ni FKning 39-moddasidagi yuridik shaxs ta’rifidan kelib chiqadigan boʻlsak, “oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan”dagina, tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslarning mol-mulki ularning balans yoki smetasida hisobda turadi va FKning 39-moddasi talablariga muvofiq har qanday tashkilotda balans yoki smeta mustaqil boʻlishi lozim. Davlat tashkilotlari davlatga qarashli mulkka nisbatan toʻla xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqigagina egadirlar. Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari, jamoat tashkilotlari, ularning birlashmalari oʻzlariga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mulkni egallaydi. Alohida mulkka ega boʻlmagan yoki mustaqil ravishda boshqara olmaydigan va shu sababli boshqa shaxslar bilan xoʻjalik munosabatlarida boʻla olmaydigan tashkilotlar fuqarolik huquqining subyekti boʻlib hisoblanmaydi.
Mustaqil mulkiy javobgarlik – yuridik shaxs oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻziga tegishli boʻlgan (davlat tashkiloti esa, oʻziga biriktirib qoʻyilgan) mulki bilan javob beradi. Yuridik shaxs hisoblangan davlat tashkilotlarining majburiyatlari yuzasidan davlat javobgar boʻlmaydi, bu tashkilotlar ham davlat tashkilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydilar. Davlat budjetida turadigan tashkilotlarning qarzini qoplash, mablagʻ berish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Yuridik shaxsning yuqori organi oʻziga qarashli yuridik shaxs hisoblangan tashkilotlarning qarzlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi. Ammo yuridik shaxsning yuqori organi oʻziga boʻysunadigan tashkilotning qarzlari uchun qonunda yoki ta’sis hujjatida nazarda tutilgan hollarda javobgar boʻlishi mumkin. Quyi tashkilotlar ham oʻzlarining yuqori tashkilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi. Yuridik shaxslar oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga qarashli butun mol-mulki bilan javob beradi. Davlat korxonasining mol-mulki yetarli boʻlmaganida davlat uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar (qoʻshimcha) javobgar boʻladi. Yuridik shaxsning bankrotligi uning mulkdori yoki ta’sischining gʻayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan boʻlsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli boʻlmaganda, uning mulkdori (yoki ta’sischisi) zimmasiga subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Fuqarolik muomalasida oʻz nomidan harakat qilishi – yuridik shaxs hisoblangan tashkilot oʻz nomidan huquqiy munosabatlarda qatnashib, turli bitimlar tuza olishi, mulkiy va mulkiy harakterda boʻlmagan huquqlarga ega boʻla olishi va majburiyatlar vujudga keltira olishi, demakdir. Yuridik shaxs sudda, xoʻjalik sudida yoki hakamlik sudida mustaqil ravishda da’vogar va javobgar boʻla oladi.
Yuridik shaxsni yuqoridagi belgilaridan tashqari uni individual belgilari (firma nomi, tovar (xizmat) belgisi) ham mavjud.
Yuridik shaxs vujudga kelishi va rivojlanishi bilan birga, uning mohiyatini oʻzida ifoda etuvchi bir qator qarashlar, nazariyalari mavjud, ular zamonaviy yuridik shaxs tushunchasining vujudga kelishi va mohiyatini ifodalashda muhim oʻrin egalladi. Bunday nazariyalarga fikstiya nazariyasi, ijtimoiy voqelik nazariyasi, mavjud holat nazariyasi, tashkilot nazariyasi, manfaat nazariyasi, ma’muriyat nazariyasi, direktor nazariyasi, jamoa nazariyasi, jamoa mulki nazariyasi va boshqalardir.



  1. Download 37,3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish