Reja: Yuridik shaxs tushunchasi


Yuridik shaxslarning turlariga umumiy tavsif



Download 37,3 Kb.
bet4/5
Sana16.03.2022
Hajmi37,3 Kb.
#499012
1   2   3   4   5
Bog'liq
yuridik shaxslarni bo`lish va ajratish

Yuridik shaxslarning turlariga umumiy tavsif


Fuqarolik huquqi nazariyasida yuridik shaxslar bir necha asoslarga koʻra turlarga boʻlinadi. Jumladan, mulk shakliga koʻra xususiy (xususiy mulkka asoslangan) va ommaviy (davlat mulkiga asoslangan), faoliyat maqsadiga qarab tijoratchi va notijorat, ta’sischilarning ishtirokiga koʻra ta’sischilar faqat yuridik shaxslar boʻlgan (uyushma va assotsiatsiyalar), muassis faqat davlat boʻlgan (unitar korxonalar) hamda har qanday subyekt muassis boʻlishi mumkin boʻlgan korxonalar kabi turlari mavjud. Ayrim hollarda yuridik shaxslar ommaviy, xususiy va ommaviy yuridik shaxsga oʻxshash korxonalar tarzida turkumlanadi.
FKda yuridik shaxslar faoliyatining maqsadiga qarab (tijoratchi tashkilot va tijoratchi boʻlmagan tashkilot) tasniflanadi (FKning 40moddasi).
Qonun hujjatlariga muvofiq tijoratchi yuridik shaxslar ham tijoratchi boʻlmagan yuridik shaxslar ham tadbirkorlik (foyda olishga qaratilgan faoliyat) faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin, lekin bunda, tijoratchi yuridik shaxslardan farq qilib tijoratchi boʻlmagan yuridik shaxslar oʻz tadbirkorlik faoliyatlaridan olgan foydani faqat a’zolarining ehtiyojini qondirish yoki oʻzga mushtarak maqsadni amalga oshirish uchun ishlatadilar. Olingan foydani boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu munosabat bilan tijoratchi boʻlmagan yuridik shaxslarga nisbatan FK “foyda olishni maqsad qilib qoʻymagan” degan ibora emas, balki, “foyda olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib qoʻymagan” iborasi belgilangan. Bu esa, tijoratchi boʻlmagan tashkiloti tadbirkorlik bilan shugʻullanishi muayyan foyda koʻrishi mumkinligini belgilaydi. Faqatgina tijoratchi boʻlmagan yuridik shaxslarning asosiy maqsadi (yordamchi yoki boshqa maqsadlar bundan mustasno) foyda olish boʻlmaydi, xolos.
Tijoratchi boʻlgan yuridik shaxslar jumlasiga xususiy korxonalar, oilaviy korxonalar, xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari hamda unitar korxonalar kiradi.
Tijoratchi boʻlmagan yuridik shaxslar jumlasiga matlubot kooperativlari, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari va mulkdorlar tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasalar kiradi. Tijoratchi boʻlmagan tashkilotlar oʻz ustavida belgilangan maqsadlarga mos keladigan doirada tadbirkorlik faoliyati bilan ham shugʻullana oladi. Nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqiy maqomi umumiy asoslarda
Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunida oʻz aksini topgan.
FKning 77-moddasiga koʻra yuridik shaxslar oʻzlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, mushtarak manfaatlarini ifoda etish hamda himoya etish maqsadida uyushmalar (ittifoq) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin. Uyushma yuridik shaxs hisoblanib, uning a’zolari oʻz mustaqilligini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar. Uyushma oʻz a’zolarining majburiyatlari boʻyicha uyushmaning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar boʻladi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ham yuridik shaxs huquqlaridan foydalangan holda fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashadi (FK, 78-modda). Mazkur tashkilot kvaziyuridik shaxs hisoblanadi. Chunki unda ham yuridik shaxs ham ommaviy huquq subyekti (boshqaruv) belgilari mavjud.
Umuman, yuridik shaxslar oʻz faoliyatlarida Fuqarolik kodeksi normalariga, soha qonunlariga, shuningdek, ustavlari va boshqa ta’sis hujjatlariga asoslangan holda ish olib boradilar.


Download 37,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish