Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Taqdimnoma yoki xususiy ajrim



Download 0,94 Mb.
bet189/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Taqdimnoma yoki xususiy ajrim kiritiladigan tashkilot va shaxslar:

    • davlat organlari;

    • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;

    • jamoat birlashmalari;

    • jamoalar;

    • mansabdor shaxslar.

Taqdimnomani yoki xususiy ajrimni vijdonan bajarmaganlik esa, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning yoki sudning jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishda beparvolikka, yuzakillikka yo‘l qo‘yish oqibatida ularning talablarini lozim darajada bajarilmaganligi tushunilishi lozim. Taqdimnomada yoki xususiy ajrimda qo‘yilgan talablarni lozim darajada bajarmaganlik jinoyatning sodir etilishiga olib kelgan sabablarni va shart-sharoitlarni bartaraf etishning samarali choralari ko‘rilmaganligida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, taqdimnomani yoki xususiy ajrimni bajarmaganlik yoki ularni vijdonan bajarmaganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi.



11.5. Fuqaro ijtimoiy burchini namunali bajarganligi
to‘g‘risida taqdimnoma va xususiy ajrim qabul qilish

Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror – taqdimnoma, sud esa xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan tegishli korxona, muassasa va tashkilot rahbariyati va jamoasini jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda fuqaro yuksak onglilik, jasorat ko‘rsatgani, ijtimoiy burchini namunali bajarganligi to‘g‘risida xabardor qilishi mumkin (Jinoyat-protsessual kodeksining 300-moddasi).





O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasi fuqarolarga Konstitutsiya va qonunlarni, insonlarning huquq, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyatini yuklaydi.

Mana shu norma talablari har bir fuqaroning qonunlarga so‘zsiz rioya qilish majburiyati bilan birga, qonun talablarini buzgan yoki buzayotgan shaxslarning harakatlarini oldini olish burchini ham yuklaydi. Shu bois fuqarolar jinoyatning sodir etilishini oldini olishda, jinoyat sodir etilganda uning holatlarini aniqlab olish, aybdorlarni qidirish va fosh etish, shuningdek jinoyatning sodir etilishi sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash uchun davlat organlariga ko‘mak berishlari lozim. Ushbu qoida jinoyat ishlari yurituvida ijtimoiy burchini namunali bajargan mana shunday fuqarolarni rag‘barlantirishning aynan protsessual vositalaridan biri hisoblanadi. Shunday holatlar mavjud bo‘lganda jinoyatni oldini olish yoki uni fosh etishda yuksak onglilikni namoyon qilgan, jasorat ko‘rsatgan yoxud ijtimoiy burchini namunali bajargan shaxslarni ular ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilot rahbariyati va jamoani xabardor qilish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror – taqdimnoma, sud esa xususiy ajrim chiqarishi mumkin.


Agar jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda yuksak onglilikni namoyon qilgan, jasorat ko‘rsatgan yoxud ijtimoiy burchini namunali bajargan shaxs ishlamaydigan yoki vaqtincha ishsiz bo‘lsa, surishtiruvchi tergovchi, prokuror – taqdimnoma, sud esa xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan mana shu shaxs yashaydigan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organini xabardor qilishi mumkin.
Jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda yuksak onglilikni namoyon qilgan, jasorat ko‘rsatgan yoxud ijtimoiy burchini namunali bajargan shaxslar to‘g‘risidagi taqdimnomaning yoki xususiy ajrimning qat’iy shakli o‘rnatilgan bo‘lmasa-da, lekin ularda sodir etilgan jinoyatning holatlari, fuqaroning namunali xatti-harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks etishi lozim. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud protsessual aktda jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda yuksak onglilikni namoyon qilgan, jasorat ko‘rsatgan yoxud ijtimoiy burchini namunali bajargan shaxsni aniq shaklda rag‘barlantirish masalasini qo‘yishga haqli emas. Bu masala mazkur shaxs ishlaydigan korxona, muassasa yoki tashkilotning rahbariga tegishli ma’muriy-tashkiliy masala hisoblanadi.
Mazkur protsessual tartib dispozitiv xarakterga ega bo‘lib, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror – taqdimnoma, sud – xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan tegishli korxona, muassasa va tashkilot rahbariyati va jamoasini jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda fuqaro yuksak onglilik, jasorat ko‘rsatgani, ijtimoiy burchini namunali bajarganligi to‘g‘risida xabardor qilish majburiyatiga ega emas. Biroq jinoyat-protsessual qonunchiligining 2-moddasida belgilangan vazifalarini samarali amalga oshirishda jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda yuksak onglilikni namoyon qilgan, jasorat ko‘rsatgan yoxud ijtimoiy burchini namunali bajargan shaxslarni rag‘barlantirish vositalaridan foydalanish zururiy protsessual harakatdir.
MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR
Mazkur mavzuni o‘rganishda talabalar jinoyat protsessida jinoyatlarni oldini olish tushunchasi va turlari, mazkur institutning shakllari va huquqiy oqibatlariga oid masalalarni ko‘rib chiqishlari, qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazib, jinoyat ishlari yurituvida jinoyatlarni oldini olish institutining rolini aniqlashlari lozim.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish