jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish borasida amalga oshiriladigan sudning faoliyati.
Shunga ko‘ra, ushbu muhim protsessual faoliyatning asosida jinoyat ishini tergov qilish chog‘ida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror isbotlash vazifasining predmeti bo‘lgan – jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashi shartligi majburiyati yotadi. Buning uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokuror dalillarni to‘plashi hamda kerakli tergov harakatlarini amalga oshirishlari, sud esa ana shu dalillarni har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirishi va o‘z ichki ishonchiga tayanib baholashi lozim. Ushbu vazifani lozim darajada amalga oshirmaslik jinoyat ishining prokuror yoki sud tomonidan qo‘shimcha tergovga qaytarilishi kabi protsessual sanksiyaga duchor bo‘lishi mumkin. Aniqlangan holatlar bo‘yicha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tegishli davlat organiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga, jamoat birlashmasiga, jamoaga yoki mansabdor shaxsga jinoyatning sababini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bataraf qilish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishi, sud esa shu haqda ajrim chiqarishi lozim.
Taqdimnoma jinoyat ishini tergov qilish faoliyatini amalga oshirishda surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning, shuningdek sudning jinoyatlarni oldini olish borasidagi profilaktik-huquqiy vazifalarini bajarishdagi asosiy protsessual vosita hamda sud tomonidan yana sud muhokamasining tarbiyaviy ahamiyatini oshirish borasidagi faoliyati hisoblanadi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 297-moddasiga binoan, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jinoyat ishini tergov qilish chog‘ida jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlab chiqib, tegishli davlat organiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga, jamoat birlashmasiga, jamoaga yoki mansabdor shaxsga ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnomani kiritishi lozim va taqdimnomaning nusxasi ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Mazkur modda taqdimnomaning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan qaysi vaqtda kiritish lozimligini tartibga solmasa-da, lekin amaliyotda bunday taqdimnoma jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovning yakunlash bosqichida kiritiladi. Lekin taqdimnoma jinoyat ishini tugatish yoki ishning prokurorga yuborishga qadar kiritilishi joiz. Shuningdek, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar jinoyat ishini yakunlash bosqichigacha isbotlangan bo‘lsa yoxud kelgusida shunday jinoyatlarni oldini olish uchun zudlik bilan tegishli choralar ko‘rish zaruriyati mavjud bo‘lgan hollarda, taqdimnoma ishni dastlabki tergovda yuritishning boshqa bosqichlarida ham kiritilishi mumkin.
Jinoyatning sodir etilishiga, unga olib kelgan sabablar hamda uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhim hisoblanadi. Ularni shartli uch guruhga ajratish mumkin:
1) ayblanuvchi shaxsning o‘zining ijtimoiy xavfli ekanligi;
2) shaxsning shakllanish shart-sharoitlari;
3) jinoyatni sodir etish sharoitlari.
Birinchi guruh ayblanuvchining shaxsiga oid xususiyatlar doirasida aniqlanadi. Ikkinchi guruh voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan yuritiladigan jinoyat ishlarida aniqlanadi. Uchinchi guruh esa, deyarli barcha jinoyat ishlarida aniqlanadi. Bunga: jinoyatning sodir etilishini yengillashtirgan, uning sodir etilishiga yoki og‘irroq oqibatning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holatlarni kiritish mumkin.
Qonunda taqdimnomaning mazmuni to‘g‘risida biron-bir talablar bildirilgan bo‘lmasa-da, lekin unda jinoyatning sodir etilishiga qanday holatlar sabab bo‘lganligi, unga qanday shart-sharoitlar imkon berganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi hamda ushbu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilishda qanday choralarni ko‘rish zarurligi ko‘rsatilishi kerak. Shu bilan birga, taqdimnomada aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga zid bo‘lgan xulosalar qilmaslik lozim. Taqdimnoma tegishli davlat organi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqilishi va uning natijasida ko‘rilgan choralar haqida surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga xabar berilishi lozim. Taqdimnoma Jinoyat-protsessual kodeksining 299-moddasiga binoan bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqilishi kerak.
Taqdimnoma agar unga yo‘llangan javob ishni prokurorga yoki sudga yuborgunga qadar kelib tushgan bo‘lsa, uning javobi ham ishga qo‘shib qo‘yiladi. Agar taqdimnoma yuzasidan ko‘rilgan choralarni aks ettirgan javob ishning prokurorga yoki sudga yuborilganidan keyin kelgan bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi uni ishga qo‘shib qo‘yish uchun tegishincha prokurorga yoki sudga yuborishi mumkin.
Jinoyatning sodir etilishiga, unga olib kelgan sabablar hamda uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarning shartli turlari:
ayblanuvchi shaxsining ijtimoiy xavfli ekanligi
shaxsning shakllanish shart-sharoitlari
jinoyatni sodir etishga sabab bo‘lgan shart-sharoitlari
Do'stlaringiz bilan baham: |