Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Taqdimnoma va xususiy ajrimlarni bajarish majburiyati



Download 0,94 Mb.
bet188/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

11.4. Taqdimnoma va xususiy ajrimlarni bajarish majburiyati
Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risidagi taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuborilgan davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs zarur choralarni ko‘rishi va ko‘rilgan choralarning natijalari to‘g‘risida kechi bilan bir oylik muddat ichida tegishincha surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni xabardor qilishi shart.
Taqdimnoma yoki xususiy ajrim bajarilmagan yoki vijdonan bajarilmagan taqdirda korxona, muassasa yoki tashkilotning aybdor rahbari qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi (Jinoyat-protsessual kodeksi 299-modda).
Mazkur talab konstitutsiyaviy asosga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasida sud hokimiyatining aktlari barcha davlat organlari, jamoat uyushmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy ekanligi ta’kidlanadi. Shu bois, sud hokimiyatining ijtimoiy-huquqiy mavqeyi bevosita u qabul qiladigan aktlarning imperativ xususiyatga ega ekanligiga ham bog‘liqdir. Shundan kelib chiqib, jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risidagi taqdimnoma yoki xususiy ajrim ham imperativ xarakterga ega. Ularni bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 181-moddasi sudning xususiy ajrimini (qarorini) bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni; Jinoyat kodeksining 232-moddasi sud aktlarini bajarmaganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi.
Taqdimnoma yoki xususiy ajrimni olgandan keyin davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs quyidagi masalalarni hal qilishi lozim: 1) taqdimnomada ko‘rsatilgan jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish borasida tegishli choralarni ko‘rish; 2) taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuborgan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorga yoki sudga ko‘rilgan choralar to‘g‘risida xabar yuborish.
Mazkur modda nazarda tutadigan muhim qoidalardan biri - jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni barataraf etish choralarini ko‘rish muddati hisoblanadi. Ushbu muddat bir oy qilib belgilangan bo‘lib, shu muddat ichida davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs taqdimnoma yoki xususiy ajrimda ko‘rsatilgan jinoyatning sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi lozim. Agar jinoyatning sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralari uzoqroq muddatni yoxud ko‘plab tashkiliy-ma’muriy, moliyaviy-iqtisodiy, huquqiy, axloqiy-ma’naviy masalalarni hal qilishni talab qiladigan bo‘lsa, davlat organi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs ko‘rilayotgan choralar hamda ko‘rilishi nazarda tutilgan choralar haqida surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni va sudni xabardor qiladi. Belgilangan muddat ichida taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuzasidan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga xabar yuborilmaganligi yoxud jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarining ko‘rilmaganligi dastlabki tergov organlarining, prokurorning qonuniy talablari va sudning akti bajarilmagan deb hisoblanib, qonunda nazarda tutilgan javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Amaliyotdan misol: Toshkent shahrida joylashgan davlat korxonalaridan birida bosh hisobchi lavozimida faoliyat yuritayotgan fuqaro Farxodov tomonidan davlat mulki o‘zlashtirilganligi fakti bo‘yicha prokuratura organi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi hamda dastlabki tergovda tergovchi tomonidan jinoyat sodir etishda ayblanayotgan Farxodovni lavozimdan bo‘shatish to‘g‘risida korxona rahbariga taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnoma yoki xususiy ajrimni bajarmaslik tushunchasining ikki shaklini anglash mumkin. Bular: 1) taqdimnomani yoki xususiy ajrimni bajarmaganlik; 2) ularni vijdonan bajarmaganlikdir. Taqdimnomani yoki xususiy ajrimni bajarmaganlik tushunchasi ushbu huquqiy aktlarda qayd etilgan talablarni qasddan bajarmaslikni nazarda tutadi.




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish