Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash



Download 0,94 Mb.
bet196/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

12.5. Yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash

Jinoyat-protsessual kodeksining 304-moddasida belgilanganidek, reabilitatsiya etilgan shaxsga surishtiruv, dastlabki tergov va sud organlarining qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan mulkiy ziyon to‘la hajmda qoplanadi. Qonunda yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashning hajmi va turlari belgilangan bo‘lib, unga binoan mulkiy ziyonning quyidagi turlari belgilangan hajmda qoplanishi zarur:
– reabilitatsiya etilgan shaxsning o‘zi mahrum bo‘lgan ish haqi va mehnatdan topiladigan boshqa daromadlari;
– pensiya va nafaqalar;
– pullar;
– pul jamg‘armalari va ularga to‘lanadigan foizlar;
– davlat zayomi obligatsiyalari va ularga chiqqan yutuqlar;
– aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar;
sudning hukmi, ajrimiga (qaroriga) asosan musodara qilingan yoxud davlat foydasiga o‘tkazilgan ashyolar yoxud boshqa mol-mulkning qiymati;
– surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan olib qo‘yilgan;
– sud hukmini ijro qilish chog‘ida undirilgan jarimalar va sud chiqimlari;
– yuridik yordam ko‘rsatilishi uchun shaxs tomonidan advokatlar byurosiga, hay’atiga yoki firmasiga to‘langan pul;
– shaxsga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida qilingan boshqa xarajatlar.
Agar reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan bo‘lsa, reabilitatsiya qilingan shaxsning ish haqi va mehnatdan topiladigan daromadlari, pullar, pul jamg‘armalari va ularga to‘lanadigan foizlar, davlat zayomi obligatsiyalari va ularga chiqqan yutuqlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, shuningdek sudning hukmi, ajrimiga (qaroriga) asosan musodara qilingan yoxud davlat foydasiga o‘tkazilgan ashyolar yoxud boshqa mol-mulklarni undirish bevosita uning merosxo‘rlari talab qilish huquqiga ega bo‘ladilar.
Vafot etgan reabilitatsiya qilingan shaxsning pensiya va nafaqalarini undirish huquqiga esa, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanishi lozim bo‘lganlar jumlasiga kiruvchi oila a’zolari ega bo‘ladilar.
12.6. Reabilitatsiyaga oid masalani hal qilish
Reabilitatsiyaga oid masalani hal qilish bevosita reabilitatsiya qilingan shaxsning huquqlarini amalga oshirish mumkinligini tushuntirish bilan boshlanadi. Jinoyat-protsessual kodeksining reabilitatsiya qilish asoslarini tartibga soluvchi normalarida (masalan 306-moddasi) bu masalaning uch tartibi belgilangan. Birinchisi, sudning oqlov hukmida; ikkinchisi, yuqori instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatish to‘g‘risidagi ajrimi yoki qarorida shaxsning reabilitatsiya qilish huquqlari tushuntirilishi lozim; uchinchisi, dastlabki tergovda ishni Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatish to‘g‘risidagi qarorda oqlangan yoki jinoyat ishi tugatilgan shaxsning qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 302-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar tufayli yetkazilgan mulkiy zararni undirish hamda ma’naviy ziyon oqibatlarini bartaraf etilishini talab qilish huquqi e’tirof etilishi lozim.
Amaliyotdan misol: Farmonov Jinoyat kodeksi 25-, 169-moddalari bo‘yicha jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan. Unga nisbatan sudning ajrimiga asosan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Farmonov ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etilib, dastlabki tergov harakatlari amalga oshirilgan. Ish tamomlangandan keyin jinoyat ishi materiallari sudga yuborilgan. Sud muhokamasi jarayonida Farmonovning ushbu jinoyatga daxli bo‘lmaganligi aniqlangan va u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi bo‘yicha reabilitatsiya qilingan. Farmonov chet elga ishlash uchun ketib, 3 yildan so‘ng qaytib kelib, o‘ziga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashni talab qiladi.
Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan shaxsga topshirilishi yoki shu haqda xabar yuborilishi lozim. Mazkur xabarda ushbu shaxsga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish tartibi, shuningdek mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklab olish tartibi tushuntiriladi.
Jinoyat-protsessual kodeksi reabilitatsiya qilingan shaxsga mulkiy ziyonni qoplash uchun pul tovoni to‘lashni talab qilish muddatini belgilagan bo‘lib, 312-moddasiga ko‘ra, shaxs o‘zining reabilitatsiya qilinganligi haqidagi hukm, ajrim yoki qarorni olgan vaqtdan e’tiboran ikki yil mobaynida talab qilish huquqiga ega. Aynan mana shu muddat ichida reabilitatsiya qilingan shaxs hukm, ajrim yoki qaror qabul qilgan organga unga surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning qonunga xilof faoliyati tufayli yetkazilgan moddiy ziyonni qoplash haqida murojaat qilishi lozim.
Reabilitatsiya etish to‘g‘risida qaror chiqargan sud, prokuror yoki tergovchi reabilitatsiya etilgan shaxsdan ariza tushgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan ziyon miqdorini aniqlash choralarini ko‘rishi kerak. Agar sudya, prokuror yoki tergovchi ziyon miqdorini mustaqil aniqlash imkoniga ega bo‘lmasa, unda hisob-kitob qilishni amalga oshirishni moliya va ijtimoiy ta’minot organlariga topshirishlari mumkin (JPKning 306-moddasi).




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish