Reabilitatsiya asoslari mavjudmi? Agar mavjud bo‘lsa jinoyat ishini taqdiri qanday hal qilinadi?
2-kazus
Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan ayblangan Qobilovning jinoyat ishi sud majlisida ko‘rilib, jazo tayinlanmasdan ayblov hukmi bilan sud zalidan ozod qilinadi. Ma’lum bo‘lishicha, Qobilov dastlabki tergov davrida ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlangan. Sud Qobilov T.ga olti oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llagan. Hukmda Jinoyat kodeksining 83-moddasini qo‘llab, JPKning 467-, 474-moddalariga asosan Qobilov T.ni sud zalidan ozod qilinadi.
Bu vaziyatda Reabilitatsiya institutini qo‘llash mexanizmini va uning huquqiy oqibatlarini bayon qiling.
XIII BOB. PROTSESSUAL MUDDATLAR VA CHIQIMLAR
(muallif – y.f.n. S.Sahaddinov)
Annotatsiya: Ushbu mavzuning talabalar tomonidan o‘rganilishi jinoyat protsessining muhim institutlaridan biri bo‘lgan protsessual muddatlar va chiqimlarning protsessual ahamiyati va ularni qo‘llash, jinoyat protsessida muddatlarni hisoblash va uzaytirish hamda protsessual xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risida zaruriy bilim shakllantirish imkonini beradi.
13.1. Jinoyat protsessida protsessual muddatlarning
tushunchasi, ahamiyati va turlari
Protsessual muddat jinoyat sud ish yurituvi maqsadlariga erishish maqsadida jinoyat-protsessual qonun bilan u yoki bu harakatni amalga oshirish yoxud muayyan qarorni qabul qilish uchun belgilangan vaqt muddati hisoblanadi. Jinoyat protsessual muddatlarning belgilanishidan maqsad – protsess ishtirokchilarining huquq va erkinligi, qonuniy manfaatlarining oqilona muddatlar ichida himoya qilish hamda jinoyat ish yurituvida oqilona tezkorlikning ta’minlanishidan iborat.
Protsessual muddatlar – jinoyat protsessida protsessual harakat yoki qarorlarni qabul qilishning, shuningdek jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini amalga oshirish yoki bajarishdan tiyilishning jinoyat-protsessual qonunchilikda ko‘rsatilgan yoki unga asoslangan holda jinoyat ishini yuritishga mas’ul shaxslar tomonidan belgilangan muddatlari.
Jinoyat-protsessual qonunchilikda ko‘zda tutilgan muddatlar shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini taminlash mexanizmida muhim element hisoblanadi. Kriminalistika nuqtayi nazaridan, tergov qancha tez boshlangan bo‘lsa, jinoyatni ochish va isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni aniqlash, shuningdek keyingi jinoiy harakatlarning oldini olish yoki to‘xtatish uchun imkoniyatlar shuncha ko‘p bo‘ladi. Protsessual muddatlar protsessual faoliyatni tartibga soladi, uning izchilligini ta’minlaydi va yuridik natijaga erishishni kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |