Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR



Download 0,94 Mb.
bet207/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR

  1. Protsessual muddatlar qonun bilan belgilangan vaqt oralig‘i bo‘lib, bu muddatda protsessual qarorlar va tergov harakatlari amalga oshiriladi yoki uni amalga oshirishdan tiyib turiladi. Protsessual chiqimlar jinoyat sudlov ishlarini yurgizishda sarf-xarajat qilingan pul shaklidagi chiqimlardir. Bu chiqimlar byudjet mablag‘lari hisobidan yoki protsess ishtirokchilaridan undiriladi. 2009-yil 24-noyabrdagi Oliy Sud Plenumining “Jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi №13-sonli qarorini o‘rganish va uning o‘z kuchini yo‘qotgan Oliy Sud Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud xarajatlari va jinoyat ishlari yuzasidan sud chiqimlarini undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlarini tahlil qiling.

  2. Protsessual muddat jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini o‘z vaqtida amalga oshirishlariga hamda jinoyat sudlov ishlarini to‘la, har tomonlama va xolisona yuritishlariga xizmat qiladi. Protsessual muddatlar qonun bilan yoki qonun doirasida vakolatli mansabdor shaxslar tomonidan belgilanadi. Muddatlarni hisoblash dalillarni topish, to‘plash va tekshirishda, protsess ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishda, protsessual harakatlar va qarorlarining qonuniyligini taminlashda muhim ahamiyatga ega. Protsessual muddatlarni hisoblash, uzaytirish va tiklash tartibi qanday? Protsessual muddatlarni protsessual kafolat tariqasida tahlil qiling.

1-kazus
Tergovchi tomonidan dastlabki tergov 31-dekabrda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni keyingi yilning 1-aprel sanasida tamomladi. U ayblov xulosasini imzolash va jinoyat ishini sudga yuborish uchun jinoyat ishi materiallarini prokurorga yubordi. Prokuror jinoyat ishi bilan tanishib, tergovchi tomonidan dastlabki tergov muddatlari buzilganligini ko‘rsatdi.
Prokurorning talabi qonuniymi? Protsessual muddatlar qay tartibda hisoblanadi? Ushbu holatda protsessual muddatlar talabi buzilganmi? Bu vaziyatning huquqiy oqibatlarini muhokama qiling.
2-kazus
Samarqand viloyatidan dastlabki tergov o‘tkazish joyi bo‘yicha Toshkent shahriga jabrlanuvchi sifatida jalb qilingan fuqaro ikki kun muddat mobaynida dastlabki tergov harakatlarida qatnashdi. Uning ishtirokida jabrlanuvchini so‘roq qilish, ashyolarni ko‘zdan kechirish, gumon qilinuvchini tanib olish uchun ko‘rsatish kabi qator tergov harakatlari o‘tkazildi. Jabrlanuvchi sifatida jalb qilingan fuqaro Toshkent shahriga poyezdda yetib kelgan, poyezdda uning shaxsiy buyumlarini o‘g‘irlab ketishgan. Tergovga jabrlanuvchi sifatida jalb qilingan fuqaro ikki kun davomida Toshkent shahrida “Malika” mehmonxonasida yashagan.
Fuqaroga tergovchi tomonidan dastlabki tergov harakatlariga jalb qilinishi munosabati bilan yetkazilgan protsessual xarajatlar hajmini aniqlang. Jabrlanuvchiga yetkazilgan xarajatlarni qoplashning protsessual tartibi qanday?
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR



  1. Xorijiy mamlakatlar jinoyat protsessida protsessual muddatlar va ularni hisoblash va uzaytirish tartibini tahlil qiling. Ish shakli – nazorat ishi (esse).

  2. Xorijiy mamlakatlar jinoyat-protsessual qonunchiligida protsessual chiqimlarni qoplash tartibini ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse).



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish