Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet192/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Reabilitatsiya

To‘liq reabilitatsiya – shaxsni noqonuniy tarzda jinoiy javobgarlikka tortish va hukm qilish natijasida unga yetkazilgan moddiy, mulkiy va ma’naviy zararni bartaraf etilishini talab qilish huquqi

Qisman reabilitatsiya - shaxsga nisbatan qo‘llanilgan jazo yoki majburlov choralarining aybdorlik yoki jazoga sazovorlik holatiga monand ravishda hal qilinmaganligi tufayli yetkazilgan ziyonni qoplanishini talab qilish huquqi

Sud, prokuror yoki tergovchining qarorini olgan shaxs qarorni moliya, ijtimoiy ta’minot, uy-joy va boshqa idoralarga yetkazilgan ziyonni qoplash, faxriy unvon, mukofotlar va darajalarni qaytarish to‘g‘risida murojaat etishi mumkin. Mazkur talablar bajarilmaganda shaxs da’vo talabi bilan fuqaroviy tartibida sudga murojaat qilishi mumkin. Shunday tartibdagi harakatni reabilitatsiya qilingan shaxs ma’naviy zararni undirish masalalasida ham amalga oshiradi.




12.2.Reabilitatsiya qilinuvchi shaxslar

Jinoyat-protsessual qonuni reabilitatsiya qilinuvchi shaxslarning doirasini ancha keng qilib belgilagan. Unga ko‘ra, reabilitatsiya qilinish huquqiga quyidagi shaxslar ega:


– o‘ziga nisbatan sudning oqlov hukmi qabul qilinib, hukm kuchga kirgan shaxslar;
– jinoiy hodisa yuz bermaganligi, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi, jinoyat sodir etishda ayblangan shaxsning sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmaganligi sababli jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi. Bunday mazmundagi qarorlar tergovchi, prokuror, sud hamda ishni apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari tartibida ko‘rib chiqqan va hal qilgan sudlar tomonidan qabul qilinishi mumkin;
– majburiy tibbiy xarakterdagi majburlov choralari qo‘llash to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan shaxslar;
– jinoyat ishini sudda ko‘rish chog‘ida gumon qilinuvchi, ayblanuvchiga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi, qarori yoxud surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning xuddi shu holat bo‘yicha va shu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi qarori mavjud ekanligi aniqlangan shaxslar. Bunday holatlarda jinoyat ishi tugatilib, ayblanuvchi (gumon qilinuvchi) reabilitatsiya qilinishi zarur.
Shu bilan birga, reabilitatsiya qilinish huquqini qisman reabilitatsiya qilingan shaxslar ham tasarruf etadilar. Ular qatoriga:
– qamoqda saqlab turilganiga qaraganda kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etishga yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan shaxslar;
– hukmdan ayblov qisman chiqarib tashlanishi va buning natijasida qonunga ko‘ra qamoqda saqlash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin bo‘lmagan shaxslar;
– ozodlikdan mahrum qilish muddatining yuqori sud tomonidan haqiqatan o‘talgan muddatga qaraganda kamaytirilishi yoki boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtirilishi natijasida mulkiy va ma’naviy ziyon ko‘rgan shaxslar;
– asossiz ravishda jinoiy jazo tayinlamay hukm chiqarilgan hollarda ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki uy qamog‘iga, tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar kiradi (JPKning 303-moddasi).
Darhaqiqat, amaliyotda shunday holatlar ham uchrab turadiki, mahkum birinchi instansiya sudi hukmda tayinlagan jazo muddatini to‘liq o‘tab bo‘lganidan so‘ng, yuqori turuvchi sud shaxsga nisbatan belgilangan jazoni qisqartiradi. Bunday holatlarda, shubhasiz shaxs o‘zini qisman reabilitatsiya etilinishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish