Qo‘mondonlik kuzatuvi ostidagi harbiy xizmatchining ota-onalari, qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan ko‘rishishi kuzatuvni qo‘llagan surishtiruvchi, tergovchi yoxud sudning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Harbiy qism qo‘mondoni kuzatuv qoidalarini buzgani holda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ustaviga asosan javobgarlikka tortiladi.
Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan muddatli harbiy xizmatchi yoki o‘quv yig‘iniga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur shaxs surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bo‘yicha harbiy qism, qo‘shilma, harbiy muassasa, harbiy o‘quv yurti qo‘mondonligining kuzatuviga berilishi mumkin. Ushbu ehtiyot chorasi kafillikning o‘ziga xos turi bo‘lib, ayblanuvchi, sudlanuvchi munosib xulq-atvorda bo‘lishi harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan harbiy nizomlarda belgilangan choralar vositasida ta’minlanadi.
Qo‘mondonlik kuzatuvi biror lavozimni egallamagan oddiy harbiy xizmatchiga nisbatan qo‘llanilib, mazkur ehtiyot chorasini tanlanishi uchun u ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan bo‘lishi lozim.
Qo‘mondonlik kuzatuvi ayblanayotgan harbiy xizmatchi kelgusida sodir etishi ehtimol bo‘lgan jinoiy faoliyatining oldini olish, tergovga to‘sqinlik qilmasligini taminlash maqsadida qo‘llanadi. Buning uchun ayblanuvchining xulq-atvori ustidan kuzatuvni amalga oshiruvchi qo‘mondonlikdan rozilik olish talab qilinmaydi. Ushbu ehtiyot chorasini qo‘llash, bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi qo‘mondonlik uchun majburiydir, unga harbiy xizmatchi ustidan kuzatuv o‘rnatish zaruratini keltirib chiqargan ayblovning mohiyati tushuntirilishi lozim.
Agar harbiy xizmatchi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblanayotgan bo‘lsa, uni qismning doimiy nazorat o‘rnatilgan maxsus tartibli xonasiga joylashtiriladi. Qo‘mondonlik kuzatuvi ostidagi harbiy xizmatchini surishtiruv, tergov, prokuratura, sud idoralariga qurollangan soqchilar olib boradi va olib keladi.
Qo‘mondonlik kuzatuvi ostidagi harbiy xizmatchining ota-onalari, qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan ko‘rishishi kuzatuvni qo‘llagan surishtiruvchi, tergovchi yoxud sudning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Harbiy qism qo‘mondoni kuzatuv qoidalarini buzgani holda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ustaviga asosan javobgarlikka tortiladi.
Kuzatuv ostidagi harbiy xizmatchi o‘z majburiyatlarini bajarmagan va oldini olish maqsadida mazkur ehtiyot chorasi qo‘llanilgan harakatlarni sodir etgan taqdirda, bu haqda harbiy qo‘mondonlik shu ehtiyot chorasini qo‘llagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga xabar berishi lozim.
MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR
Mazkur mavzuni o‘rganishda talabalar ehtiyot choralarining barcha turlari va har birining o‘ziga xos xususiyatlariga oid masalalarni tegishli Oliy Sud plenumi qarorlari va tarmoq qonunlar asosida qiyosiy-huquqiy tahlil qilib, jinoyat ishlarini yuritishda ularning rolini aniqlashlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |