Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taminlash



Download 0,94 Mb.
bet158/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

8.8. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taminlash.
(Muallif – yuridik fanlar doktori, professor G.Z.To‘laganova)

Protsess ishtirokchilariga g‘ayrihuquqiy tahdid o‘tkazish jinoyat sudlov ishlari samaradorligini pasayishiga olib keluvchi omillardan biri bo‘lib, jinoyatchilikka qarshi kurashning bugungi kundagi ahvoli ushbu masalaga alohida e’tibor qaratish lozimligini taqozo etmoqda. Protsess ishtirokchilarining xavfsizligini taminlashda Inson huquqlar umumjahon deklaratsiyasi (8-modda), “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi Xalqaro Pakt (14-modda), BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1985-yil 29-noyabrda qabul qilingan “Jinoyat va mansab suiiste’molligidan jabrlanganlar uchun odil sudlovning asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi Deklaratsiya, BMTning 2000-yil 15-noyabrda qabul qilingan “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiya” (24-modda), BMTning 2000-yilda qabul qilingan “Jinoyatchilik va odil sudlov to‘g‘risida: XXI asr chaqirig‘iga javoblar” nomli Vena deklaratsiyasi, BMTning 2005-yil 22-iyulda qabul qilingan Rahbariy prinsiplari (27-modda) va boshqa xalqaro hujjatlardagi qoidalar huquqiy asos sifatida e’tirof etiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22-, 43-,
44-moddalarida mustahkamlangan qoidalar ham barcha fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga xizmat qiladi.
Jinoyat-protsessual kodeksining bir qancha moddalarida ham protsess ishtirokchilarining xavfsizligini taminlash to‘g‘risidagi qoidalar o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 270-moddasiga ko‘ra, jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga, shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlariga o‘ldirish, kuch ishlatish, mol-mulkini yo‘q qilib tashlash yoxud mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoki o‘zga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinayotganligi haqida yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror sud bu shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishlari shart.
Protsess ishtirokchilari xavfsizligining kafolatlariga jabrlanuvchilarning, guvohlarning, xolislarning yoki protsessning boshqa ishtirokchilarini, shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini taminlash taqozo etgan hollarda sudning yopiq sud majlisi o‘tkazish huquqi ham taalluqlidir (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi).
Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsess boshqa ishtirokchilarining xavfsizligini taminlash maqsadida tergov harakatlari bayonnomasining kirish qismlari tanishib chiqish uchun taqdim qilinmasligi mumkin. Bunday hollarda bayonnomalarning ko‘rsatib o‘tilgan protsess ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kirish qismlari muhrlangan holda saqlanadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 375-moddasi).
Bundan tashqari, sud majlisiga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatida protsess ishtirokchilari xavfsizligini taminlash maqsadida ularning taxalluslari ko‘rsatilishi mumkin. Xavfsizligi ta’minlanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar ular ishtirokida o‘tkazilgan tergov harakatlari bayonnomalarining kirish qismi bilan birga muhrlangan holda sudga taqdim etiladi. Ular bilan faqat ayblov xulosasini tasdiqlovchi prokuror va ishni ko‘rib chiquvchi sudya tanishishlari mumkin (Jinoyat-protsessual kodeksining 380-moddasi). Bunday shaxslarni tanib olish xavfsizligini taminlash maqsadida ularning fotosuratidan foydalaniladi (Jinoyat-protsessual kodeksining 127-moddasi).
Ishtirokchilarga nisbatan o‘tkaziladigan g‘ayrihuquqiy tahdid turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, telefon orqali suhbatda yoki shaxsiy uchrashuvda tahdidli so‘zlarni aytish, ko‘chalarda shaxsning orqasidan indamay kuzatib yurish, mol-mulkka shikast yetkazish yoki uni yo‘q qilishga intilish, oila a’zolarini ta’qib ostiga olish, turli uydirma va bo‘htonlar tarqatish, zo‘ravonlik yoki o‘ldirish bilan qo‘rqitish v.h.
Ishtirokchilarga nisbatan g‘ayrihuquqiy tahdid solinishi mumkinligi to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar mavjudligi xavfsizlikni taminlash choralari ko‘rilishiga asos bo‘la oladi.
Odil sudlovga ko‘maklashishni istagan shaxslarga o‘tkazilayotgan tahdid to‘g‘risidagi har qanday ma’lumotlar (shaxsning arizasi, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tahdid solish faktining aniqlanganligi, boshqa manbalardan olingan xabarlar) xavfsizlikni taminlash choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi. Vakolatli organlar tomonidan protsess ishtirokchisiga xavf solinayotganligi to‘g‘risida protsessual yoki boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar, shaxslarning xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi arizalari ushbu choralarni qo‘llash uchun asos bo‘ladi.
Jinoyat-protsessual kodeksi 270-moddasining 2-qismida: “Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ichki ishlar organlariga ishda ishtirok etayotgan shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulki muhofaza qilinishini ta’minlovchi barcha zarur choralarni ko‘rish xususida yozma ravishda topshiriq berishga haqlidir”, deyiladi. Barcha zarur choralar nimalardan iborat, ishtirokchilarga nisbatan qanday xavfsizlik choralari qo‘llanishi to‘g‘risida qonun hech qanday sharh bermaydi. Fikrimizcha, aynan shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulki muhofaza qilinishiga doir qanday choralar qo‘llanilishi qonunda aniq ko‘rsatilishi maqsadga muvofiqdir.
Jinoyat-protsessual qonunchilikda protsess ishtirokchilari xavfsizligini taminlashga qaratilgan kafolatlar tizimi ham nazarda tutilgan bo‘lib, jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga, shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlariga o‘ldirish, kuch ishlatish, mol-mulkini yo‘q qilib tashlash yoxud mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoki o‘zga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinmoqda deyish uchun yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror sud bu shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishlari shart.
Protsess ishtirokchilari xavfsizligining kafolatlariga jabrlanuvchi, guvoh, xolis yoki protsessning boshqa ishtirokchilarining, shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini taminlash taqozo etgan hollarda sudning yopiq sud majlisini o‘tkazish huquqi va boshqalar taalluqlidir.


MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR


Mazkur mavzuni o‘rganishda talabalar protsessual majburlov choralarining barcha turlari va o‘ziga xos xususiyatlariga oid masalalarni xorijiy davlatlar qonunchiligida va tarmoq qonunlarda mustahkamlanishi holatini qiyosiy-huquqiy tahlil qilib, jinoyat ishlarini yurituvida ularning ahamiyatini aniqlashlari lozim.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish