Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet154/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

8.5. Majburiy keltirish
(Muallif – yuridik fanlar doktori, professor G.Z.To‘laganova)

Majburiy keltirish jiddiyligi bo‘yicha lavozimdan chetlashtirish chorasidan keyingi o‘rinda turuvchi protsessual majburlov chorasi hisoblanadi.




Majburiy keltirish – protsessual majburlov chorasi bo‘lib, amaldagi jinoyat-protsessual qonunchilikka ko‘ra u ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, ekspert, xolis va tarjimonlarga nisbatan ular tomonidan tegishli majburiyatlar bajarilmagan holatlarda qo‘llaniladi.

Majburiy keltirish protsessual majburlov chorasi bo‘lib, u ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, ekspert va sudlanuvchi chaqiruvlarga binoan uzrsiz sabablarga ko‘ra hozir bo‘lmaganda, tergov va sud harakatlari yurituvini taminlash maqsadida surishtiruvni olib borayotgan shaxs, tergovchi, prokuror va sud huzuriga majburiy tarzda keltirishdan iborat. Majburiy keltirish jinoyat-protsessual javobgarlik chorasi yoki jinoyat-protsessual sanksiya hisoblanadi.


Jinoyat-protsessual kodeksining 262-moddasiga binoan majburiy keltirish gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohning protsessual harakatlarda yoki sud majlisida ishtirok etishini taminlash uchun, faqatgina bir holatda – basharti ular uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortganligi aniqlangan taqdirda qo‘llaniladi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 57-moddasida fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgan shaxs ayni vaqtda jabrlanuvchining barcha huquqlaridan foydalanishi va uning majburiyatlarini bajarishi shart ekanligi ta’kidlangan. Demak, fuqaroviy da’vogar ham majburiy keltirilishi mumkin.
Jinoyat-protsessual kodeksining 74-moddasiga binoan xolis o‘zi ishtirok etgan tergov harakatini yuritish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha guvoh tariqasida so‘roq qilinganda, Jinoyat-protsessual kodeksining 66-moddasida nazarda tutilgan guvohning huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarini bajaradi. Binobarin, xolis guvohning majburiyatlarini bajarayotgan hollarda, unga nisbatan majburiy keltirish tarzidagi protsessual majburlov chorasi qo‘llaniladi.
MDH davlatlari qonunchiligida majburiy keltirilishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxati turlicha ko‘rinishga ega. Bu chora Armaniston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 153-moddasida faqat gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvohga, Estoniya Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 783-moddasi va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining 111-moddasi 2-qismida esa gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi va guvohdan tashqari fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon va xolislarga nisbatan qo‘llanishi nazarda tutilgan. Belarus Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 128-moddasi 2-qismiga ko‘ra esa, majburiy keltirish tarzidagi chora surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning qarori bilan jinoyat protsessi ishtirokchilarining barchasiga nisbatan qo‘llanishi mumkin.
Jinoyat-protsessual kodeksining 97-moddasi ikkinchi qismida chaqiruv qog‘ozida shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va kimning huzuriga chaqirilayotganligi, qaysi kunda va qaysi soatga kelishi kerakligi, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro‘y berishi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozimligi ta’kidlangan. Chaqiruv qog‘ozi chaqiriluvchiga topshirilib, tilxat olinadi. Chaqiruv qog‘ozi olib borilganda chaqiriluvchi vaqtincha yo‘q bo‘lsa, unga berib qo‘yish uchun chaqiruv qog‘ozi u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga, yotoqxona ma’muriyatiga, uy egasiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. Biroq, jinoyat-protsessual qonunchilikda chaqiruv qog‘ozi kechikib yoxud qandaydir sabablarga ko‘ra umuman topshirilmaganda qanday yo‘l tutish lozimligi ko‘rsatilmagan. Shaxs uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro‘y berishi to‘g‘risida ogohlantirilmagan har qanday holatda, unga nisbatan majburiy keltirish chorasi qo‘llanmasligi kerak. Majburiy keltirish jinoyat-protsessual majburlov chorasi bo‘lib, u tergov va sud organlariga chaqiruv bo‘yicha kelmayotgan shaxsni majburiy tarzda keltirishdan iboratdir. Amaldagi jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga ko‘ra, jinoyat ishini yuritish munosabati bilan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan belgilangan tartibda chaqirilgan shaxslar aynan ko‘rsatilgan vaqtda hozir bo‘lishlari shart. Uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganlari taqdirda ular majburiy keltiriladilar (Jinoyat-protsessual kodeksining 261-moddasi).
Amaldagi jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohga nisbatan majburiy keltirishni qo‘llash mumkinligiga, basharti ular uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortganligi aniqlangan taqdirda, yo‘l qo‘yiladi. Jinoyat-protsessual kodeksining 262-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchini oldindan chaqiruvsiz majburiy keltirish ular surishtiruv, dastlabki tergov va suddan yashirinib yurgan yoki aniq yashash joyi bo‘lmagan taqdirda qo‘llanilishi mumkin.
Majburiy keltirish protsessual majburlov chorasi sifatida insonga jismoniy ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim ijro etish uchun ish yuritilayotgan joydagi ichki ishlar organiga topshiriladi (Jinoyat-protsessual kodeksining 264-moddasi birinchi qismi). Majburiy keltirish chorasining ijro etilishi amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksi va Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 12-yanvardagi 2/1, 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish