Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Lavozimdan chetlashtirish



Download 0,94 Mb.
bet153/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

8.4. Lavozimdan chetlashtirish
(Muallif – yuridik fanlar doktori, professor G.Z.To‘laganova)



Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasi).




Har bir shaxs mehnat qilish, kasb tanlash, qulay ish sharoitlarini talab qilish va ishsizlikdan himoya qilinish huquqiga egadir.
(Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 23- moddasi).

Jinoyat-protsessual kodeksining 255-moddasida ko‘zda tutilgan lavozimdan chetlashtirish jinoyat-protsessual majburlov choralari orasida alohida o‘rin tutadi. Ya’ni shaxs va fuqaroning mehnat huquqlarini bevosita cheklaydi.


Jinoyat-protsessual kodeksida lavozimdan chetlashtirish asoslari, qo‘llash va uning ustidan shikoyat qilish tartibi, amal qilish muddati, qonunga xilof ravishda lavozimdan chetlashtirish oqibatida yetkazilgan ziyonni qoplash qoidalari bir necha moddalarda bayon etilgan (Jinoyat-protsessual kodeksining 255 – 260-moddalari).
Amaldagi qonunchiligimizga asosan bu chora faqat mansabdor shaxslarga emas, balki har qanday toifadagi shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Ilgari lavozimdan chetlashtirish shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishga jalb etish to‘g‘risidagi boblarga kiritilgan bo‘lsa, endilikda unga protsessual majburlov choralari qatoridan alohida 29-bob ajratilgan.
Bundan tashqari, ayrim toifadagi mansabdor shaxslarni lavozimidan chetlashtirish tartibi (Jinoyat-protsessual kodeksining 259-moddasi) hamda shaxsning lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani oqibatida yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan yoki jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra tugatilgan bo‘lsa, to‘la hajmda qoplanishi (Jinoyat-protsessual kodeksining 260-moddasi) qayd etilgan.
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasi ehtiyot choralariga juda o‘xshaydi, lekin u ehtiyot choralariga mansub bo‘lgan erkinlik va shaxsiy daxlsizlikni emas, balki faoliyat turi va kasb tanlash kabi konstitutsiyaviy huquqni cheklaydi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi 335-sonli Qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksining 256-moddasiga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish uchun asoslar mavjud bo‘lganda prokuror, tergovchi ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qo‘llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorda: lavozimidan chetlashtiriladigan shaxs haqidagi ma’lumotlar; uning ish joyi; lavozimdan chetlashtirish asoslari ko‘rsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. Tergovchining ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. Prokuror ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. Ushbu qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlar mazkur jinoyat-protsessual majburlov chorasini qo‘llash tartibini eng jiddiy ehtiyot chorasi hisoblangan qamoqqa olishga yaqinlashtirdi. Lavozimdan chetlashtirish o‘z tabiatiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 47-moddasida nazarda tutilgan xizmat bo‘yicha cheklashga ham o‘xshaydi, lekin ular qo‘llanish maqsadlari bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Xizmat bo‘yicha cheklash jazo chorasi bo‘lib, u faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilsa, lavozimdan chetlashtirish har qanday ayblanuvchi, sudlanuvchiga nisbatan qo‘llanadigan vaqtincha protsessual majburlov chorasidir. Amaldagi qonunchilikda ayblanuvchi yoki sudlanuvchini mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, har qanday korxona va tashkilotda (davlat, xususiy) egallab turgan har qanday lavozimidan chetlashtirish mumkinligi nazarda tutiladi. Lavozimdan chetlashtirish vaqtincha qo‘llanadigan chora bo‘lib, u faqat dastlabki tergov va sudda muhokamasi davrida qo‘llaniladi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 259-moddasiga ko‘ra, sudning ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi ajrimi korxona, muassasa, tashkilot rahbari uchun majburiy bo‘lib, rahbar ajrimni olishi bilan darhol uni ijro etishi hamda bu haqda tergovchini, prokurorni va sudni xabardor qilishi shart.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish