Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jinoyat-protsessual kodeksining 48 – 110-moddalari



Download 0,94 Mb.
bet151/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Jinoyat-protsessual kodeksining 48 – 110-moddalari.
Fuqarolarning jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlanishining asoslari va qonuniyligi prokuror tomonidan har o‘n kunda kamida bir marotaba tekshirilib boriladi va shaxsning qonunga zid ravishda yoki zaruriyatsiz ushlanganligi aniqlangan taqdirda, uni zudlik bilan ozod qilish choralari ko‘riladi.

Gumon qilinuvchi, nisbatan ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov choralari qo‘llanilganda, bu haqda 24 soatdan kechiktirmasdan uning oila a’zolariga yoxud yaqin qarindoshlariga, agar bu shaxs chet el fuqarosi bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berish shartligi to‘g‘risidagi qonun talablariga og‘ishmay rioya qilinishi lozim (Jinoyat-protsessual kodeksining 217-moddasi).




Ushlab turilgan shaxsning qarovsiz va yordamga muhtoj voyaga yetmagan farzandlari, keksaygan ota-onalari, boshqa boqimlari bo‘lganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror ularni qarindoshlarining yoki boshqa shaxslar yoxud muassasalarning homiyligiga topshirishi, majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsning nazoratsiz qolayotgan mol-mulki yoxud uy-joyi bo‘lsa, ularni qo‘riqlash chorasini ko‘rishi shart (Jinoyat-protsessual kodeksining 218-moddasi).



Ushlab turish muddati va ushlab turilganlarni saqlash joylari. Ushlab turish muddati ushlangan shaxsning militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi va yetmish ikki soatdan ortiq davom etishi mumkin emas. Jinoyat-protsessual kodeksining 243-moddasining o‘ninchi qismiga ko‘ra, sud taraflar qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashning asoslanganligi yoki asoslanmaganligiga doir qo‘shimcha dalillarni taqdim etishlari uchun ushlab turish muddatini 48 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuniga asosan ushbu modda quyidagi mazmundagi o‘n birinchi qism bilan to‘ldirildi: “Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilingan va garov tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan taqdirda, gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini ushlab turish muddati garov kiritish imkonini berish uchun sud tomonidan ko‘pi bilan qirq sakkiz soatgacha bo‘lgan muddatga uzaytiriladi, ko‘rsatilgan muddatda garov kiritilmagan taqdirda qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan hisoblanadi.”
Ushlab turish muddatlari MDH davlatlari qonunchiligida cheklangan: odatda u 48 – 72 soatni tashkil etadi. Ba’zi MDH davlatlari va ko‘plab rivojlangan mamlakatlar qonunchiligida ushlab turish muddati 48 soat qilib belgilangan (Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 22-moddasi, Portugaliya Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasi). Ayrim mamlakatlarda bu muddat 24 soatdan oshmasligi lozim (Belgiya Konstitutsiyasining 12-moddasi).
Ushlab turish muddati tugagunga qadar va asoslar mavjud bo‘lganda shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi, unga ayb e’lon qilinishi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 109 — 112-moddalarida belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilgan holda so‘roq qilinishi va uning ko‘rsatuvlari baholanishi va Jinoyat-protsessual kodeksining 236 — 240-moddalari qoidalariga amal qilgan holda ehtiyot chorasini tanlash haqidagi masala hal qilinishi zarur.
Agar surishtiruv yuritish jarayonida gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash uchun asoslar borligi aniqlansa, surishtiruvchi Jinoyat-protsessual kodeksining 342-moddasiga muvofiq, surishtiruv yuritish muddati o‘tishini kutmasdan, ishni darhol tergovchiga o‘tkazishi shart. Alohida hollarda, Jinoyat-protsessual kodeksining 226-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi gumon qilinuvchi sifatida Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasiga asosan ushlangan shaxsga nisbatan sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 243-moddasida belgilangan tartibda qo‘llanilishi mumkin.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan keyin va ushlab turishning butun muddati mobaynida surishtiruvchi, tergovchi ushlab turishning qonuniyligi, asosliligini tekshirish uchun hamda jinoyatni sodir etish holatlarini aniqlash va jinoyatni aynan mazkur gumon qilinuvchi tomonidan sodir etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni to‘plash yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazishlari mumkin. Yetmish ikki soat ichida shaxsning asossiz, noqonuniy ushlab turilganligi ayon bo‘lsa, ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasi bekor qilinib, shaxs darhol hibsdan ozod etiladi.
Qonunda belgilangan ushlab turish muddati o‘tgandan so‘ng sudga taqdim etilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma sud tomonidan ko‘rib chiqilmaydi. Bunday hollarda, ushlab turilgan shaxsni ozod qilish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksining 234-moddasi va 240-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq hal etiladi. Shu bilan birga, bunday iltimosnoma sudga qonunda belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng, biroq ushlab turish muddati o‘tgunga qadar taqdim qilingan taqdirda, sud uni ko‘rib chiqish uchun qabul qilishi lozim. Bunday holda, sud qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan xususiy ajrim chiqaradi.
Shaxsni noqonuniy ushlab turish tufayli yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan bo‘lsa yoki O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra ish tugatilgan bo‘lsa, Jinoyat-protsessual kodeksining 235-moddasida nazarda tutilgan tartibda to‘liq hajmda qoplanadi.
Ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini o‘tash muddati ayblanuvchini qamoqda saqlash hamda Jinoyat kodeksining 62-moddasida belgilanganiga mutanosib ravishda sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga kiritiladi, ya’ni sud dastlabki qamoqning har bir kunini qamoq, intizomiy jazoga jo‘natish va ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga, axloq tuzatish ishlari yoki xizmat bo‘yicha cheklashning uch kuniga tenglashtirib hisoblaydi. Bu muddat ushlab turish bayonnomasida qayd etilgan gumon qilinuvchi haqiqiy ushlangan vaqtga qarab belgilanadi.
Ushlangan shaxslar ozodlikdan mahrum etish joyi hisoblanmagan xizmat binolarida yoki vaqtincha saqlash hibsxonasi kameralarida saqlanadilar. Ushlab turilgan harbiy xizmatchilar esa gauptvaxtaga joylashtiriladi.
Ushlab turilganlarning huquqlarini ta’minlaydigan sharoitlar yaratilishi, ularni saqlash joylari sanitariya va boshqa qulayliklarga ega bo‘lishi shart.
Ushlab turilganlarni istisno tarzida ayrim joylarda maxsus moslashtirilgan binolarda, dengiz va daryo kemalarda esa, maxsus ajratilgan kayutalarda saqlashga yo‘l qo‘yiladi. Jazoni ijro etish koloniyalarida ushlab turilganlarni saqlash uchun ozodlikdan mahrum etilganlardan alohida, maxsus kameralar jihozlanadi.
Ushlab turilganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilangan. (Jinoyat-ijroiya kodeksining 35 – 40 va 58-moddalari).



Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda tekshiradilar (Jinoyat-ijroiya kodeksi 16-modda).




Prokuror ushlab turilganlarni saqlash joylarida shaxslar saqlanishining qonuniyligi, ushlab turish tartibi va sharoitlari haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, ularning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etilishi va jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarini qo‘llayotgan organ va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi. (O‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahrirda 30- moddasi).


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish