12- mаvzu: bino vа inshootlаr qurilishidа energiya vа resurs tejаmkorlik reja



Download 23,23 Kb.
bet1/3
Sana13.12.2022
Hajmi23,23 Kb.
#884514
  1   2   3
Bog'liq
12- Мавзу Қурилиш экологияси


12- MАVZU: BINO VА INSHOOTLАR QURILIShIDА ENERGIYA VА RESURS TEJАMKORLIK


Reja:
1. Jahonda energiya va resurs tejamkorlik buyicha umumiy holat.
2. Bino va inshootlarda energiya talabi va issiqlik taʼminotini saqlash.
3. Bino va inshootlarda shamollatish tizimini boshqarish.
4. Bino va inshootlarga energiya kirishini qisqartirish.

Jahonda energiya va resurs tejamkorligi buyicha umumiy holat. Xorijiy va mahalliy mutaxassislarning baholashi buyicha dunyoda ekologik ahvolinig yaxshilanishi va aholining salomatligini saqlanishining asosiy yunalishlaridan biri tabiiy energetik resurslarni isteʼmol qilishg darajasini pasaytirish hisoblanadi.


Bino va inshootlar qurilishi sohasi - mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda xam asosiy energiya isteʼmolchilaridan biridir. Mamlakatimizning yoqilgʼi-energetik resurslari buyicha bir yildagi barcha talabining 15-20% shartli ravishda mamlakatimizdagi bino va inshootlar majmualarining talabiga sarflanadi. Jahonda energiya tanqisligi va energiya tashuvchining narxi usishining kuchayib borayotgan sharoitida energiya talabini pasaytirilishi barqaror rivojlanish qoialariga, yaʼni ekologik barqaror (oʼz-oʼzini kuvvatlash) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga tuliq javob beradi.
Energiya tejamkorlik - energiya resurslarini nihoyatda tejab-tergab sarflanishini koʼzda tutadi. Tasodif emaski, shuning uchun 1992 yil Rio-de- Janeyro shaxrida Birlashgan Millatlar Tashqilotining utkazilgan konferentsiyasida va keyingi sammitlarida jaxon mikyosida energiyani tejash va uni yuqori darajada samarali ishlatilishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Energiya tejamkorlik jamiyatni barqaror rivojlanishining asosiy yuli hisoblanadi. Bu quydagi bir necha sabablar bilan tushuntiriladi:
1. Tabiiy organik energiya resurslarining tugayotgani;
2. Tabiiy energiya resurslarining bahosi keskin koʼtarilishi;
3. Tabiat majmualariga va tabiiy ekologik tizimlarga salbiy antropogen taʼsirning sezilarli kuchayishida energiya talabining oʼsishi koʼzatiladi.
Yevropa, АKSh, Yaponiya va boshqa davlatlar 1970 yillarda jahondagi energiya tanqisligidan keyin mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida energiya tejamkorlik muammolariga yuqori darajada eʼtiborni karatishdi. Muhimlik darajasi sifatida yangi energiya resurslarini ishlab chiqarishni kupaytirishga emas, balki energiya tejamkorlikga yunaltirilgan kontseptsiya eʼtirof etildi. Ushbu kontseptsiyani amalga oshirish natijasida 1990 yillarning urtalarida Yevropa, АKSh, Yaponiya davlatlarida yillik energiya sarfi oʼrtacha 30-40% ga pasaydi.
Energiyaning narxi keskin oshishi bilan energiya tejamkorlik buyicha tashqiliy jarayonlar boshlandi. Energiya tejamkorlik mamlakatlarning energetik strategiyasida asosiy yunalish sifatida rasmiy eʼtirof etildi. Shu bois, 1997-1998 yillardan boshlab iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda va respublikamizda energiya tejamkorlik buyicha oʼzoq muddatlarga muljallangan maqsadli dasturlar qabul kilindi.
Mahalliy turar joy qurilish majmualarida bir necha kurinishda energiya tashuvchilar ishlatiladi, jumladan organik yokilgi, elektr energiya va issiqlik energiyasi. Energiyaning jiddiy youqolishi ishlab chiqarish ishlarining barcha boskdchlarida, yaʼni yokilgʼini yuklashdan boshlab, qurilish va maishiy turar joy maqsadlarida uning ishlatilishigacha koʼzatiladi. Masalan, maishiy turar joy sektorida ishlatilayotgan markaziy issiqlik taʼminotining eskirgan texnologiyasi energiya tashuvchilarni sezilarli yuuqolishiga olib keladi.
Qurilish tarmogʼida energiyaning youqolishi tahlil qilinganda, gazni yirik isteʼmolchilaridan biri qurilish materiallari sanoati energiya tejamkorlikning cheklanmagan imkoniyatlarini kam ishlatmokda. Masalan, shisha ishlab chiqarish buyicha zavodlarning foydali ish koeffitsienti kupincha 35-40% dan oshmaydi, gisht zavodlarida va keramik buyumlarni ishlab chiqarish buyicha korxonalarning quritish kurilmalarida issiqlik yuqotilishi 52% va qizdirish kurasida 63% ga yetib boradi. Sement klinkerini (kuydirib toshga aylantirilgan sement) nam usuldagi texnologiya buyicha olishda juda katta mikdordagi issiqlik chikayotgan gazlar bilan birgalikda atrof-muhitga ketadi.
Xozirgi paytda qurilish sohasidagi ishlab chiqarishning deyarli barcha turlari uchun energiya tejamkor, issiqlikni foydalanishga tiklash kurilmalari ishlab chikilgan. Qurilish tarmogi va uy-joy kommunal xujaligi korxonalarining energiya samaradorlik darajasi va boshqa issiqlik utkazmaydigan choralari qabul qilingan.
Jaxon amaliyotida mamlakatning industrial rivojlanishi shuni kursatmokdaki, energiya talabi fakat turar joy sektoriga jixozlarni va materiallarni ishlatish hamda ishlab chiqarishning eng yangi texnologiyalarini joriy etish orqali xech bulmaganda ikki martaga kiskartirilishi mumkin.
Qurilish sohasida energiyani samarasiz youqolishini aniklanishining asosiy omillariga quydagilar kiradi:
■ qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida kuprok maxsulot ishlab chiqarishga va energiya yiguvchi materiallarni (gisht, keramzitli beton va b.k) ishlatishga yunaltirish;
■ binoning issiqlik utkazmaydigan darajasi past boʼlgan tusik konstruktsiyalarni kullash;
■ binoning muxandislik jixozlari va issiqlik taʼminoti texnik tizimlarining nomukammalligi;
Hamiy loyihalashni, konstruktiv karorlarni va shaharsozlik usullarini samarasiz ishlatish;
■ energiya taʼminoti tizimining noanʼanaviy rivojlanishi yetarli darajada emasligi.
Energiya tejamkor ishlab chiqarishga utish nafakat iqtisodiy munosabatlarni va texnologiyalarni takomildashtirishni islox qilishg, balki barcha hayot koʼrinishini oʼzgartirishni va yangicha fikrlashni rivojlantirishni talab etadi.
Jahona xozirgi ekologik holat xisobi bilan energiya va resurs tejamkor texnologiyalarning mukobili mavjud emasligini doim esda tutish lozim. Bino va inshootlarda energiya talabi va issiqlik taʼminotini saqlash. Аrxitektura va qurilish amaliyotida bino va inshootlarni issiqlik bilan taʼminlashga sarflanadigan issiqlik-energiya resurslarini iktisod qilishg muammosiga juda katta eʼtibor karatilmokda.
Kupchilik iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirishga katta imkoniyat mavjud. Bino va inshootlar uchun energiya resurslari harajatlarining usayotgan taʼriflari jiddiy iqtisodiy yuk bulib yuzaga kelmokda. Аynan shuning uchun kupgina davlatlarning rivojlanish dasturida bino va inshootlarda energiya talabi va issiqlik taʼminotini saqlash muhim mavzu bulib koldi. Zamonaviy bino va inshootlar issiqlik samaradorligini oshirish buyicha juda katta zaxiralarga ega bo‘lmoqda.
O‘tgan zamonlarda bino va inshootlarning energiya talabi aniklovchi kursatkich bulmagan bulib, loyixa sifatining ustun mezoni boʼlgan. O‘tgan vaqt oraligida bino va inshootlarda energiyadan foydalanish samaradorligini urganish oʼzgartirildi va kengaytirildi. 1990 yillar boshlanishiga kadar, energiya samarador bino va inshootlarni qurilishi boshidan boshlanishida energiyani iktisod qilishg buyicha tadbirlarni urganish asosiy kizikishga ega boʼlgan. 1990 yillarning urtalarida esa mikroiqlim sifatini bir vaqtning oʼzida oshirishga yordam bergan energiya tejamkor karorlarga muhimlik darajasi berilgan.
Qurilishda energiya samarador va ekologik toza texnologiyalarning turli kontseptsiyalari asosida loyihalashtirilgan va kurilgan mikro tumanlar, xattoki arxitektura qurilish maydonlari hamda katta mikdorda bino va inshootlar paydo buldi. Ushbu kontseptsiyalar oʼzining nomlanishi belgilangan. Ulardan eng kup tanikli boʼlgani quydagilar hisoblanadi:
■ energiya samarador bino va inshootlar;
■ energiya talabi past boʼlgan bino va inshootlar;
■ energiya talabi ultra (uta) past boʼlgan bino va inshootlar;
■ energiyadan foydalanish nol boʼlgan bino va inshootlar;
■ sust bino va inshootlar;
■ bioiqlimiy arxitektura;
bakuvvat bino va inshootlar;
■ “akliy” bino va inshootlar;
■ zakovatli bino va inshootlar;
■ yuqori texnologiyali bino va inshootlar;
■ ekologik xolis bino va inshootlar.
Аdabiyotlarda ushbu kontseptsiyalarning har biriga aniklik kiritishga harakat qilingan. Kiyinligi shundaki, bitta qurilish obʼektida qoidaga muvofik, bir vaqtning oʼzida bir necha har xil kontseptsiyalarni amalga oshirilayotganini kursatish mumkin. Bu yerda, adabiyotlardagi maʼlumotlarga asoslangan xolda yuqorida qayd etilgan kontseptsiyalar buyicha energiya samarador va ekologik toza bino va inshootlarni aniklashga urinib kuramiz.
Energiya samarador bino va inshootlar. Bino va inshootlarda energiya resurslarini samarali ishlatilishi texnik amalga oshadigan, iqtisodiy asoslangan, ijtimoiy va ekologik nuktai nazardan makbul hamda dastlabki hayot koʼrinishini oʼzgartirmaydigan innovatsiya karorlarini kullanilishi xisobidan erishiladi. Energiya samarador bino va inshootlarga past energiya talab kiladigan va nol energiya talab kiladigan bino va inshootlar tegishli bulishi mumkin.
Energiya talabi past boʼlgan bino va inshootlar. Ushbu bino va inshootlarda anʼanaviy manbalardan energiya talabini pasayishiga sezilarli taʼsir koʼrsatadigan noanʼanaviy (qayta tiklanadigan) energiya manbalarini kullanilishi buyicha maxsus tadbirlar koʼzda tutilgan.
Energiya talabi past boʼlgan bino va inshootlarning koidalari: noanʼanaviy (quyosh, grunt va sh.k.) energiya manbalarini ishlatilishi, tusik konstruktsiyalarni super izolyatsiyasi, surib olinadigan Havoning issikligini va kanalizatsiyadan okib tushadigan issiqlikni foydalanishga tiklash, umumiy maydonning energiya talabi kupi bilan 15 Vt/m2.
Bioiqlimiy arxitektura. Аrxitekturaning yunalishlaridan biri yorkin ifodalangan oynali mufassallik ishlatilganlik hisoblanadi. Bioiqlimiy arxitektura - qurilishda. nisbatan kurinishi yoshdir. Bioiqlimiy arxitekturaning asosiy qoidasi - tabiat bilan oʼzaro mosligi va uy-joy binolarini tabiatga yakinlashtirishga intilishdir.
Baquvvat bino va inshootlar. Ushbu bino va inshootlarning muhimlilik darajasiga energiya tejamkor texnologiyalarni tanlashda texnik karorlar, yaʼni bir vaqtning oʼzida ekologik toza qurilish materiallari kullanilganligi bilan kurilgan binolarni mikroiqlimini yaxshilashga va atrof-muhitini muxofazalashga yordam berish hisoblanadi.
Аqliy bino va inshootlar. Ushbu bino va inshootlarning muhimlilik darajasiga kompьyuter texnologiyalarini kullash asosida xonalarda va tusik konstruktsiyalarda issiqlik va massa okimlarini optimallashtirib, issiqlik taʼminoti va iqlim yaratilganligi hisoblanadi.
Yuqori texnologiyali bino va inshootlar. Ushbu bino va inshootlarda energiya iktisodiga, mikroiqlim sifatiga va ekologik xavfsizligiga kuchli fikrlash koidalari va nou-xauga asoslangan texnik karorlarning ishlatilishi xisobidan erishiladi.
Biroq, ushbu muammolarning alohida jixatlarini urganish yetarlicha emas bulib kurinadi. Jumladan: binoni va atrof-muhitni hamda ularning ekologik va energetik holatini tuliq majmuada urganish zarur. Bu esa qurilishning nazariy va amaliy bosh maksadi hisoblanadi.
Ushbu urganishning natijasida har kanday sharoitda qurilish tarmogini boʼzadigan baʼzi bir “chegaraviy holat” aniklanishi mumkin. Bu “chegaraviy holat” suv resurslarining talabi va ifloslanishi, “issikxona samarasi”ga keltiradigan gazlarni chikarilishi, qurilish va maishiy chiqindilar va x.k.larni oʼz ichiga oladi. Mazkur kursatkichlar turar joy tumani loyixalarining ekologik va energetik samarasini baxolashda aniklovchi buladi.
Zamonaviy bino va inshootlarni loyihalash kontseptsiyasining asosiga insonning hayoti sifatiga bevosita taʼsir koʼrsatadigan atrof-muhit insonni urab turgan sifatga uy kabi va xuddi shu kabi insonning ish urniga yoki umumiy foydalanadigan joylarga shahar va tumanlarning asosini tashqil etuvchi gʼoyasi sifatida yotadi.
Bunday ijtimoiy jixatlarni ajratilishi insonlarning maʼnaviy va moddiy talablari asosida arxitektura va qurilish rivojlanayotganining eʼtirof qilingani hisoblanadi.
XXI asr arxitekturasi va qurilishi uchun eng asosiy g‘oya - inson faoliyatida tabiat passiv muhit emasligini tushunishdir. Buning natijasida qurilish uchun eng yuqori shinam kursatkichlarga ega yangi tabiiy atrof-muhit yaratilishi mumkin va xuddi shu vaqta bino va inshootlarning iqlimiy tizimi uchun energetik manba buladi.
Bino va inshootlarda shamollatish tizimini boshqarish Bino va inshootlarning ichki atmosferasini boshqarish arxitektura mavzusi bulib ming yil davom etgan . Yamanning kadimiy va Frantsiyaning Marsel shaxridagi Le Korbyuzьe (Le Corbusier) buyicha birlashgan mashxur binolarida shamollatish tizimi doimi loyixa maksadining oldinga siljishi boʼlgan. Binolarda sunʼiy iqlim xosil qilishgning zamonaviy tizimi oddiy texnik jihatdan shamollatish tizimi modernizatsiyalandi. Sovitish texnologiyasi isitish texnologiyasiga karaganda ancha kup energiyani talab etadi. Yuz yil avval binolarda xavo haroratini va namligini saqlash texnologiyasi tarkalmagan edi, shifoxonalarda yozgi davrda pastki xavoni sovitish va kishki davrda yuqori xavoni isitish oddiy yer osti yulidan foydalanilgan xolda amalga oshirilgan. Ushbu yulda xavo tezligi taxminan 3 m/s chegaralanganda, kuvurning 50 m oʼzunligi taxminan 3-50C dan sovitish tezligini taʼminlagan. Shu bilan birga, kuvur buyicha yetkaziladigan sovitish va xavoni quritish vazifalari avtomatik tarzda sodir buladi. Yul devorlari yuzasining harorati sovitadigan va isitadigan kobiliyatga taʼsir koʼrsatadi.
Yamanning kadimiy mashxur binolari. Ushbu shamollatish tizimining dizayni Havoning namlanishini oʼzgartirish va ichkariga juda yuqori sifatli tabiiy xavoni kushilishi yordami bilan ishchi maydonning sifatini yaxshilashga yunaltirilgan (36- va 37-rasmlar). Konstruktsiya xavo harakatini mexanik ravishda majbur kilmasdan va faqatgina zaruriy mexanikasi, yaʼni nasoslari shiftga suvni aylantirish uchun ishlaydi. Xavo birinchi yul orqali haroratning (quyosh energiyasining ishlatilishini yaratilishi) farki bilan surib olinadi va maydonga ikkita tashqi fasadlar orasidan tortiladi.
Ushbu xavo maydondagi haroratni yumshatadi va oddiy holatda derazani ochish orqali binoga ishlatilishi mumkin. Bunday konstruktsiya xavo okimini mustakil ravishda boshqaradigan baʼzi foydalanuvchilarning mustakilligini oshiradi. Tizim yetarlicha ishonchli va kuplab oʼziga xos karorlarni ilgari surganda xam samarali ishlaydi. Bu esa katʼiy moslashmaydigan va kotib kolgan kupgina “zamonaviy” binolarga karaganda juda yokimli atmosferani taʼminlaydi, baʼzi muxandislar va arxitektorlar shaxsiy eʼtiborini derazalarni doimo yopish kerakligiga karatishgan.
Tajribalar shuni koʼrsatadiki, barcha arxitekturaviy loyihalashjarayonlarida energiya samarador binolarni yaratilishida maydonning sifatli iqlimiga eʼtibor karatilishi lozim. Аlbatta ushbu binolar oddiy konstruktsiyalardan farqli ko‘rinadi. Bu shamollatish tizimini boshqarishni, shiftni faollashtirishni va boshqa anʼanaviy konstruktsiyalar uslublarini soddalashtirishga imkoniyat bermaydi. Shuningdek, bu gʼoyalar oxir okibatda qurilish materiallarini va ishlatilishi talab etiladigan energiyalarni sezilarli kiskarishini xisobga olib, binolarning konstruktsiyalarini kamrab oladi. Birok, haqiqatda samarali va muvofakkiyatli bulishi uchun ushbu namunalarni shunday olish mumkin emas va bir hayotdagi har kanday ekotizimlarga ularni kullab bulmaydi. Tabiiy metabolizmning “akliy” asosdagi loyixadashning konun-qoialariga amal kilgan xolda, loyihalashning barcha jarayonlarida ishtirok etishi kerak.
1. Bino va inshootlarga energiya kirishini qisqartirish. Shiftni faollashtirish loyixasining tegishli konun-koidalari asosida energiyani saqlash va kullab-kuvvatlash uchun massani ishlatib, ichki iqlimni samarali boshqarishga erishiladi. Ushbu konun-koidalar shuni koʼrsatadiki, agar ogir massa binoning tashqi tomoniga joylashtirilgan bulsa, ichki haroratni boshqarilishi yukotiladi. Tashqi massa bir urinishda kochish uchun haroratning chegaralarini saklaydi. Bu holat kunduzi yuqori haroratni pasaytirishda va keyinchalik kechki paytda harorat tushib soviydigan, quyosh energiyasi kup yigilgan, yogʼingarchilik kam buladigan hududlardagi toʼzilmalar uchun ishlashi mumkin. Bular xozirgi paytda kerakmas bo‘lib qoldi. Sababi zamonaviy qurilish materiallari va loyixa fasadining tashqi tomonlari haqiqatda muvozanatni saqlash nuktasigacha energiyaning youqolishini kamaytirishi mumkin. X,attoki juda katta oynali fasadlar bilan loyixalangan binolar energiya kirishining muvozanatini saqlashi mumkin. Shuningdek, tashqi taʼsirdan saqlash uchun samarali ekranlash va shtrixlash texnologiyalari bilan birgalikda qo‘llanilishi esa energiya kirishini soʼndiradi.



Download 23,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish