Futbolchilar antroparametrik o‘lchamlari va tezlik sifati orasidagi korreksiyasini o‘rganishda akt dan foydalanish



Download 146 Kb.
Sana25.02.2022
Hajmi146 Kb.
#462861
Bog'liq
MAQOLA Ibodov aziz


Futbolchilar antroparametrik o‘lchamlari va tezlik sifati orasidagi korreksiyasini o‘rganishda AKT dan foydalanish..
Ibodov A. I.
Annotatsiya.
Maqolada antropometrik o'lchovlar va futbol bo'yicha milliy terma jamoalar ishtirokchilarining JCh-2018 ishtirokchilarining tezligi sifatlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: Antropometrik kattalik indekslari, Ketle indekslari, texnologiyasi, roli va nisbiy birligi aniqlangan.
Annotation.
In article the analysis of correlation between the anthropometrical sizes and qualities of speed of participants of national teams of commands on soccer for ChW 2018 by means of information and communication technologies is made.

Ko‘pchilik sport turlarida sportchilarning antropometrik xarakteristikalari yuqori sport natijalariga erishishda prinsipial ahamiyat kasb etishi mumkin.


Millionlar o‘yini bo‘lgan futbol va eng nufuzli, jumladan jahon birinchiligi musobaqalarida erishish mumkin bo‘lgan yuqori natijalar nimalarga va qanday omillarga bog‘liqligi shu paytgacha eng muhim va dolzarb bo‘lib kelgan bundan buyon ham shunday bo‘lib qolishi muqarrar. Chunki futbol amaliyoti futbolchining ampluasiga bog‘liq bo‘lgan bir qator o‘ziga xos antropometrik ko‘rsatkichlarini talab qiladi.
Ana shunday muhim va muvaffaqiyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri – bu futbolchilarning asosiy antropometrik parametrlarini jamoa erishishi mumkin bo‘lgan yuqori natijalarga bog‘liqligini o‘rganilganlik darajasi adabiyotlarda yetarli yoritilmagan (1).
Maqolada bir qator Jaxon chempionatlarida futbol jamoalari tarkibida ishtirok etgan futbolchilarning asosiy antropometrik parametrlari umumlashtirilgan, qiyoslangan va tahlil qilingan.1 Asosiy antropometrik ko‘rsatkichlar Rossiya va Fransiya milliy futbol federatsiyalarining rasmiy saytlarining har birini (jami 32 tadan) 8 tasining yetakchi jamoalari ma’lumotlaridan olingan.
Yevropa yetakchi jamoalari tajribali o‘yinchilarining antropometrik parametrlarini inobatga olgan holda milliy chempionatdagi ishtiroklarini umumlashtirish, qiyosiy tahlil qilish hamda futbolchilarning beshta ko‘rsatkichlari: yoshi, tana uzunligi, gavda massasi (vazni), antropometrik o‘lcham indeksi (AO‘I) va Ketle indeksini o‘rganish maqolaning maqsadi sifatida tanlandi. Ma’lumki, Ketle indeksi kilogrammlarda ifodalangan futbolchi tanasi massasini metrlarda ifodalangan o‘yinchi tana uzunligining kvadratga ko‘tarish natijasiga bo‘lish (=m/l2) orqali aniqlanadi. Ketle indeksining inson salomatligi uchun optimal qiymati 20 dan 25 gacha nisbiy birlik oralig‘ida bo‘ladi. Muallif tomonidan AO‘I futbolchilarni kuch va sport ish qobiliyatini baholash uchun ishlab chiqilgan.
AO‘I = m × l,
bunda m – kilogrammlarda ifodalangan tana vazni, l – metrlarda ifodalangan tana uzunligi (bo‘yi) (2).
Antropometrik ko‘rsatkichlarni o‘zaro qiyoslashda, odatda, futbolchining ampluasi inobatga olinadi, chunki jamoaning turli zveno a’zolariga qo‘yiladigan antropometrik talablar sezilarli farq qiladi.
To‘plangan ma’lumotlarni matematik qayta ishlashda o‘rtacha arifmetik qiymat, standart og‘ish, shuningdek ikkita o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar orasidagi o‘zgarishlar ishonchliligi (R) aniqlangan.
Tadqiq qilingan futbol jamoalarining yoshga oid ma’lumotlari, ko‘pchilik shunga o‘xshash izlanishlardagi kabi, sinalgan futbolchilarning umumiy o‘rtacha yoshini «darvozabon-himoyachi-yarim himoyachi-hujumchi» yo‘nalishida kamayib borishini ko‘rsatdi (1 - jadval).
Futbolchilarning tana uzunligi va vazni, odatda quyidagicha o‘zgarishi: «darvozabon-himoyachi-yarim himoyachi-hujumchi» yo‘nalishida bu ko‘rsatkichlarni kamayishi, hujumchilar uchun himoyachilar ko‘rsatkichlariga yaqinligi kuzatiladi (3). Ushbu tadqiqotlarda ham bu qonuniyat deyarli ideal holda namoyon bo‘ldi, biroq deyarli barcha hollarda tana uzunligi va vazni bo‘yicha nemis chempionati o‘yinchilari Rossiya va Xorvatiya o‘yinchilaridan statistik jixatdan ishonchli (n<0,01) ustunlik qiladilar. Shu bilan birga, adabiyotlarda keltirilgan statistik qonuniyat, har doim ham to‘liq bajarilavermaydi.
Futbolchilarning (JCh-2018) antropometrik ko‘rsatkichlari (1 – jadval)

Futbolchi ampluasi

Yoshi

Tana uzunligi, sm

Tana vazni, kg

AO‘I

Ketle indeksi

Darvozabon

29,68±0,95

187,93±0,75

81,81±1,39

153,91±3,15

23,11±0,27

Himoyachi

27,92±0,65

183,88±0,60

77,43±0,65

142,69±1,68

22,87±0,07

Yarim him.

27,39±0,43

178,09±0,99

72,78±0,80

129,98±2,10

22,92±0,10

Hujumchi

26,96±0,51

182,82±0,73

77,41±1,12

141,80±2,51

23,13±0,21

Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar sinalgan futbolchilarning absolyut ko‘pchiligi uchun Ketle indeksi 20 dan 25 gacha nisbiy birlik (n.b) oralig‘idaligi aniqlangan. Chunonchi, faqat 2 ta 20 dan pasaygan va faqat 2 ta 26 n.b. dan katta bo‘lgan futbolchini aniqlaganlar, xolos.


Turli Jaxon chempionatlarida ishtirok etgan darvozabonlarning antropometrik ko‘rsatkichlari (2-jadval)

Jamoa

Yoshi

Tana uzunligi, sm

Tana vazni, kg

AO‘I

Ketle indeksi

Rossiya

24,96±0,57

188,59±0,86

81,26±0,78

153,43±2,06

22,83±0,14

Xorvatiya

28,50±1,29

187,60±0,96

81,34±0,91

152,64±2,37

23,12±0,17

Fransiya

27,19±1,48

190,13±0,81

85,92±1,17

163,47±2,66

23,77±0,27

YeVRO2012

29,68±0,95

187,93±0,75

81,81±1,39

153,91±3,15

23,11±0,27

Turli Jaxon chempionatlari futbol jamoa himoyachilari antropometrik ko‘rsatkichlari (3 – jadval)



Jamoa

Yoshi

Tana uzunligi, sm

Tana vazni, kg

AO‘I

Ketle indeksi

Rossiya

24,71±0,55

183,35±0,58

76,53±0,56

140,68±1,30

22,78±0,10

Xorvatiya

25,31±0,68

181,63±0,61

74,90±0,93

136,20±2,09

22,68±0,18

Fransiya

25,84±0,22

185,15±0,76

79,48±0,92

147,55±2,26

23,16±0,13

YeVRO2012

27,92±0,65

183,88±0,60

77,43±0,65

142,69±1,68

22,87±0,07

Turli Jaxon chempionatlari futbol jamoa yarim himoyachilari antropometrik ko‘rsatkichlari (4 – jadval)





Jamoa

Yoshi

Tana uzunligi, sm

Tana vazni, kg

AO‘I

Ketle indeksi

Rossiya

24,04±0,43

178,68±0,44

72,26±0,44

129,40±1,08

22,63±0,07

Xorvatiya

25,06±0,47

178,82±0,45

72,05±0,41

129,03±0,84

22,53±0,16

Fransiya

25,94±0,23

180,34±0,54

75,03±0,26

135,51±0,76

23,07±0,12

YeVRO2012

26,39±0,43

178,09±0,99

72,78±0,80

129,98±2,10

22,92±0,10

Turli Jaxon chempionatlari futbol jamoa hujumchilari antropometrik ko‘rsatkichlari (5 – jadval)



Jamoa

Yoshi

Tana uzunligi, sm

Tana vazni, kg

AO‘I

Ketle indeksi

Rossiya

23,19±0,86

181,72±1,08

75,61±0,49

137,82±1,50

22,84±0,14

Xorvatiya

23,89±0,47

181,97±1,08

74,30±0,95

135,46±2,42

22,43±0,14

Fransiya

25,76±0,80

184,49±1,21

78,36±1,13

143,46±3,04

23,00±0,18

YeVRO2012

26,96±0,51

182,82±0,73

77,41±1,12

141,80±2,51

23,13±0,21

Futbolchilarning individual AO‘I qiymatlarini tadqiq qilish darvozabonlar uchun AO‘I>130 bo‘lishi kerakligini aniqlash imkonini berdi. AO‘I<115 bo‘lgan o‘yinchilar, odatda, yarim himoyada samarali harakatlanishlari, biroz kamroq darajada ustivorlik bilan futbol jamoasining hujumiga jalb qilinishi mumkin. AO‘I<100 bo‘lgan o‘yinchilar yuqori mahoratli professional futbol jamoalarini shakllantirishga deyarli yaroqsiz hisoblanadi. Buning tasdig‘i sifatida 29 ta tadqiq qilingan jamoalar orasida faqat bitta AO‘I<100 bo‘lgan o‘yinchi borligi aniqlangan.


Yuqori AO‘M singari muhim kattalikka ega bo‘lgan jamoalar ham qiziqish uyg‘otadi (5 - jadval). Barcha chempionatlar orasida AO‘I>145 va AO‘I>160 natijalar orasida darvozabonlar eng katta foizni tashkil qilgan. Xususan, Fransiya superligasida 95%dan ko‘proq darvozabonlar AO‘I>145 ga ega. Maydon o‘yinchilari orasida eng katta masshtabli o‘yinchilar – himoyachilar ekan. Aksincha, yarim himoyachilar orasida katta masshtabli futbolchilar eng kam bo‘lib chiqdi.
Chunonchi, etakchi Xorvatiya jamoalari tarkibida birorta ham (AO‘I>160) bunday yarim himoyachi yo‘q ekan. Bundesligadagi antropometrik baquvvat o‘yinchilar soni Rossiya va Xorvatiya Oliy liga futbolchilaridan ustunligi kuzatildi.
Jaxon mamlakatlari chempionatlarida yuqori antropometrik o‘lchamlar indeksiga (AO‘I) ega bo‘lgan o‘yinchilar mavjudligi bo‘yicha futbol jamoalari xarakteristikasi (% larda). (6 – jadval)

O‘yinchi ampluasi

Rossiya

Xorvatiya

Fransiya

YeVRO 2008

> 145

> 160

> 145

> 160

> 145

> 160

> 145

> 160

Darvozabon

67,9

32,1

78,3

21,8

95,5

72,7

72,0

32,0

Himoyachi

40,8

3,9

22,5

4,2

58,2

25,5

41,4

13,8

Yarim himoyachi

7,4

0,9

8,5

1,2

27,6

2,6

19,2

4,1

Xujumchi

30,4

4,3

28,3

-

56,4

17,9

39,0

9,8

Maydon o‘yinchilari

23,0

2,6

18,1

2,0

44,1

13,5

31,4

8,7

Agar Fransiya superligasida klub jamoalarida AO‘I>145 bo‘lgan maydon o‘yinchilari ko‘pligi (jami 1011, ulardan 34 tasi uchun AO‘I>160) oddiy hol bo‘lsa, Rossiya Premerligasi klub jamoalarida faqat 78 ta AO‘I>145, Xorvatiya Premerligasida 56 ta AO‘I>145 maydon o‘yinchilari to‘p suradilar.


JCh-2018 yarim finalchi terma jamoalari orasida antropometrik jixatdan eng baquvvat maydon o‘yinchilarga Fransiya va Xorvatiya ega ekan. Shu bilan birga, Ispaniya terma jamoasida faqat ikkita AO‘I>145 ega bo‘lgan maydon o‘yinchilari mavjud ekan.
Shunday qilib, antropometrik o‘lchamlar indeksi (AO‘I) futbol jamoalari seleksiya ishlarida muvaffaqiyat bilan qo‘llanishi mumkin.
Ish mualliflari, dastlabki antropometrik parametrlarni o‘lchashda MAO‘I formulasiga tuzatma kiritishni tavsiya etadilar. Shunda modifikatsiyalashtirilgan AO‘I o‘rniga
MAO‘I = m × l × d
dan foydalanish mumkin.
Bunda d – santimetrlarda ifodalangan ko‘krak qafas aylanasi.
Ushbu MAO‘I indeks yordamida kim jamoa tarkibida «taran-ulkan» hujumchilar mavjudligini tahlil qilish tavsiya etilgan.
Yevropaning yetakchi futbol jamoalarining antropometrik ma’lumotlarini tahlil qilish turli ampluali futbolchilari uchun quyidagi model ko‘rsatkichlarini taklif etganlar. Futbol jamoasi darvozaboni bo‘yi 190 sm atrofida, AO‘I esa 150 dan 160 gacha bo‘lishi kerak. Yarim himoyachi 185 sm dan kam bo‘lmagan bo‘yga, AO‘I esa 145 dan kam bo‘lmasligi kerak. Hujumchining optimal antropometrik parametrlari «taran», kombinatsion va dribler o‘yinchilar uchun farq qilishi lozim.
Shunday qilib, tahlil natijalari antropometrik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmasligini hamda uni amalga oshirish shakllari va usullari keyinchalik ham yanada takomillashib borishini ko‘rsatdi. Antropometrik nazoratning oddiy usullaridan biri antropometrik o‘lchamlar indeksi (AO‘I)ni hisoblash bo‘lib, u futbolchilarning potensial qobiliyatlarini tahlil qilish imkonini beradi. Mualliflar taklif etgan AO‘I faqat futbolda emas, balki boshqa o‘yin sport turlarida ham keng qo‘llanishi mumkin.
Foyadlanilgan adabiyotlar
1.Akramov R.A. “Futbol//.O‘quv qo‘llanma”.T.:O‘zDJTI , 2006.
- 406 b
2.Nurimov Z.I. “Sovershenstvovanie gruppovыx takticheskix deystviy futbolistov”//. O‘quv qo‘llanma. T.:O‘zDJTI, 2005.-106 b
3. Allamuratov Sh.I., Nurmuxamedov A.M., ”Sport biomexanikasi”//. Darslik. T.:Lider Press , 2009.- 222 b
4.Kazoqov R.T.,”Sportda AKT” //. Uslubiy qo‘llanma. T.:O‘zDJTI, 2017.-156 b

1 Казоқов Р.Т.,”Спортда АКТ” //. Услубий қўлланма. Т.:ЎзДЖТИ, 2017.-156 б

Download 146 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish