125
O‗z navbatida, oxirgi zaruratni qo‗llashning o‗ziga
xos shartlari ham
mavjud. Ushbu shartlar xAfvga hamda mudofaaga nisbatan qo‗llaniladi.
Oxirgi zaruratni qo‗llashning xAfvga nisbatan shartlari quyidagilar:
–
xAfvning jinoyat obyektiga zarar yetkazishga qaratilganligi;
–
xAfvning muqarrarligi;
–
xAfvning realligi.
Oxirgi zaruratni qo‗llashning mudofaaga nisbatan shartlari quyidagilar:
–
jinoyat obyektini himoya qilishga qaratilganligi;
–
xAfvni boshqa choralar bilan qaytarishning imkonsizligi;
–
zararning uchinchi shaxsga yetkazilishi;
–
keltirilgan zararning oldi olingan zararga nisbatan kamligi.
Oxirgi zaruratga misol sifatida shaxsning jinoyatchi yoki aqli noraso shaxs
tajovuzidan saqlanish maqsadida uchinchi shaxsga tegishli bo‗lgan transport
vositasini olib qochish yoki yo‗lning qatnov qismiga to‗satdan mast holdagi
piyodaning chiqib qolishi natijasida haydovchining
rulni keskin boshqa tomonga
burishi oqibatida boshqa shaxsning mulkiga zarar yetkazishini keltirish mumkin.
Oxirgi zaruratning eng muhim sharti bu ayni vaziyatda xAfvning oldini
olish maqsadida uchinchi shaxs manfaatlariga zarar yetkazmaslikdan boshqa
choraning mavjud emasligida ifodalanadi.
Zaruriy mudofaa hamda oxirgi zaruratning belgilari o‗xshash ko‗rinsa-da,
ular quyidagi jihatlarga ko‗ra o‗zaro farqlanadi:
–
xAfv (tajovuz) manbaiga ko‗ra – zaruriy
mudofaada tajovuz ijtimoiy
xavfli qilmish natijasida kelib chiqsa, oxirgi zaruratda esa xAfv ham ijtimoiy xavfli
qilmish natijasida, ham tabiiy, texnogen tusdagi hodisalar, hayvonlar ta‘sirida kelib
chiqadi;
–
zarar yetkazish manbaiga ko‗ra – zaruriy mudofaada zarar tajovuzchiga
yetkazilsa, oxirgi zaruratda esa uchinchi shaxslar manfaatiga zarar yetkaziladi;
–
zarar nisbati bilan – zaruriy mudofaada yetkazilgan zarar oldi olinganidan
kam, teng yoki undan ko‗p bo‗lishi mumkin, oxirgi zaruratda esa yetkazilgan zarar
oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‗lishi shart;
– zarar yetkazish zaruratiga ko‗ra – zaruriy mudofaada boshqa shaxslarga
yoki hokimiyat organlariga yordam so‗rab murojaat qilish yoxud tajovuzdan o‗zga
yo‗sinda qutulish imkoniyati bor-yo‗qligidan qat‘i nazar, mudofaa huquqi
ta‘minlanadi, oxirgi zaruratda esa zarar yetkazish so‗nggi chora bo‗lishi lozim.
JKning 38-moddasi ikkinchi qismiga ko‗ra
shaxsning oxirgi zarurat
holatida sodir etgan qilmishi, basharti, oxirgi
zarurat chegarasidan chetga
chiqilmagan bo‗lsa, qonuniy deb topiladi.
Shuningdek, agar boshqa vositalar orqali xAfvning oldini olish mumkin
bo‗lsa yoki keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa,
qonun bilan
qo‗riqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar yetkazish oxirgi zarurat
chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda
oldi olinishi lozim bo‗lgan xAfvning xususiyati
va xavflilik darajasi, shunday
xAfvning haqiqatan mavjud yoki mavjud emasligi va yuz berish vaqtining