1.4. Zaruriy mudofaa
Zaruriy mudofaa.
JKning 37-moddasida qilmishning jinoiyligini istisno
etuvchi zaruriy mudofaa holati tushunchasi keltirilgan.
Unga ko‗ra,
zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya‘ni mudofaalanuvchi
yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini
qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish
chog‗ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan
bo‗lsa, jinoyat deb topilmaydi.
Qonun chiqaruvchi jamiyat a‘zolariga o‗z huquq va manfaatlarini jinoiy
tajovuzlardan himoya qilish huquqini taqdim etar ekan, zarur hollarda tajovuzchiga
zarar yetkazish orqali o‗zi yoki boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat
yoki davlat manfaatlarini himoya qilishga ruxsat etadi. Ta‘kidlash kerakki, zaruriy
mudofaadan foydalanish huquqi shaxsning o‗ziga qilingan tajovuzga nisbatangina
amalga oshirilmaydi, balki zaruriy mudofaadan foydalanish davlat mulki, jamoat
Do'stlaringiz bilan baham: |