Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holat



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holat 
– sodir etilgan 
qilmishda jinoyat tarkibi elementlari rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin 
ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli emasligi natijasida uning jinoiyligini 
istisno etuvchi holatdir. 


120 
harakatsizlik)ni uni sodir etish sharoiti, shakli, maqsadi va uning ijtimoiy xavfliligi 
darajasiga qarab jinoyat sifatida e‘tirof etmasligi mumkin. 
Bunday hollarda sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlik istisno 
etiladi. Sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlikni istisno etishda uning 
subyektiv tomoni aybli (kam ahamiyatli qilmish) va aybsiz (oxirgi zarurat, 
jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‗rqitish natijasida jinoyat sodir etish) 
bo‗lishi mumkin.
Ta‘kidlash lozimki, qilmishning jinoiyligini istisno etishda uning ijtimoiy 
xavfli, jinoyat qonuniga zid, shuningdek aybli emasligi inobatga olinadi.
Qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlarning jinoyat qonunida 
belgilanganligi bunday belgiga ega qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir 
etilganda uning jinoiyligini istisno etish majburiy xarakter kasb etishini anglatadi. 
Boshqacha aytganda, bu kabi qilmishlarni sodir etish jinoiy javobgarlikning asosini 
keltirib chiqarmaydi. Bu esa qilmishda jinoyat tarkibi mavjud emasligini bildiradi. 
Shunga ko‗ra, qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlar jinoyat qonuniga 
xilof bo‗lmaganligi, ularda aybning shakli mavjud emasligi, ijtimoiy xAfv 
tug‗dirmasligi hamda unga nisbatan jinoyat qonunida jazo qo‗llash tahdidi ko‗zda 
tutilmaganligi sababli ham ular jinoyat deb topilmaydi. 
Qonun chiqaruvchi tomonidan qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi 
holatlarning belgilanishi ijtimoiy munosabatlarni jinoiy tajovuzlardan himoya 
qilishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki jamiyatning barcha 
a‘zolari faol ishtirok etishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, mazkur qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlar har 
bir shaxsga o‗z huquq va manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishga imkon 
yaratadi. Shu sababdan ham qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlar 
ijtimoiy foydali qilmish
deb ham ataladi. 
Qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlarning jinoyat-huquqiy tavsifini 
yoritishda quyidagi asoslarga ko‗ra jinoyat tarkibining mavjud bo‗lmasligini qayd 
etish lozim: 
– 
jinoyat obyekti mavjud emasligi, ya‘ni qilmishning jinoiyligini istisno 
etuvchi holatlarda sodir etilgan qilmish jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanadigan 
ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilmaydi, aksincha, ularni muhofaza qilish 
maqsadida amalga oshiriladi; 
– 
jinoyatning obyektiv tomoni, ya‘ni qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi 
holatlarda sodir etilgan qilmishning tashqi tomon belgilari garchi ijtimoiy xavfli 
qilmishni sodir etishning tashqi jihatlarini ifodalasada, ammo bu qilmish (harakat 
yoki harakatsizlik) ijtimoiy foydali bo‗lib, jinoiy-huquqiy xarakter kasb etmaydi; 
– 
jinoyatning subyektiv tomoni, ya‘ni qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi 
holatlarda sodir etilgan qilmishda shaxsning qilmishga ichki ruhiy munosabati 
aybning qasd yoki ehtiyotsizlik shaklini keltirib chiqarmaydi (zaruriy mudofaa, 
oxirgi zarurat, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur 
choralari chegarasidan chetga chiqish hollari bundan mustasno). 


121 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish