Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Zaruriy mudofaa hamda oxirgi zarurat



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Zaruriy mudofaa hamda oxirgi zarurat 
o„rtasidagi farqlarni bayon qiling.


131 
XIII BOB. BIR QANCHA JINOYAT SODIR ETISH
 
 
 
Mazkur mavzuning yuridik texnikum o'quvchilari tomonidan o„rganilishi bir 
qancha jinoyat sodir etish tushunchasi, takroran jinoyat sodir etish, davomli 
jinoyat sodir etish, uzoqqa cho„zilgan jinoyat majmui, kabi tushunchalarni hamda 
ularni bir-biridan farqli jihatlarini bilish, bir qancha jinoyat sodir etishga oid 
qoidalarni to„g„ri qo„llash imkonini beradi. 
 
13.1. Bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasi 
Bir qancha jinoyat sodir etish – takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar 
majmui, retsidiv jinoyatlar kabi huquqiy institutlarni o‗z ichiga oladi. 
Shaxs tomonidan bir vaqtda yoki turli vaqtda bir qancha jinoyat sodir etishi, 
ushbu jinoyatlar uchun sudlanmagan bo‗lsa yoki sudlanganidan keyin 
sudlanganligi muddati o‗tmagan yoki olib tashlanmagan bo‗lsa bir qancha jinoyat 
sodir etish deb topilishi mumkin. 
Bir qancha jinoyat sodir etishga oid qoidalarni to‗g‗ri qo‗llash qilmishni 
kvalifikatsiya qilish va jazo tayinlashda muhim hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bir qator normalarida takroran jinoyat 
sodir etish, xavfli retsidivist, o‗ta xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etish 
kabi jinoyatni og‗irlashtiruvchi holatlar mavjud. Mazkur og‗irlashtiruvchi 
holatlarni to‗g‗ri aniqlash bir qancha jinoyat sodir etishga oid qoidalarni bilish 
bilan bog‗liq. Bir qancha jinoyat sodir etishga oid qoidalarni noto‗g‗ri qo‗llash 
ma‘muriy huquqbuzarlik sifatida baholanadigan qilmishlarni jinoyat sifatida 
noto‗g‗ri kvalifikatsiya qilinishiga olib keladi. Yoki, aksincha, jinoiy qilmishni 
ma‘muriy huquqbuzarlik sifatida baholashga sabab bo‗lishi mumkin. Masalan, 
talon-toroj qilish bilan bog‗liq jinoyatlarda qilmishni to‗g‗ri kvalifikatsiya qilish 
uchun talon-toroj davomli yoki takroranligini to‗g‗ri aniqlash muhim ahamiyatga 
ega. Davomli talon-toroj yo‗naltirilganligi sababli barcha talon-toroj epizodlari 
bo‗yicha zarar summalarini qo‗shganda hosil bo‗lgan miqdordan kelib chiqib 
hisoblansa, takroran sodir etilgan talon-torojni kvalifikatsiya qilishda barcha 
epizodlar bo‗yicha aniqlangan umumiy talon-toroj summasi emas, balki zarar 
miqdori eng ko‗p bo‗lgan epizod bo‗yicha talon-toroj summasi asos qilib olinadi.
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi ayrim normalarida miqdor masalasi 
huquqbuzarlikni jinoyat yoki ma‘muriy huquqbuzarlik deb topishga asos bo‗ladi. 
Masalan, fuqarolarning qonunga xilof ravishda oz miqdordagi valyuta 
qimmatliklarini olishi yoki o‗tkazishi ma‘muriy javobgarlikka sabab bo‗ladi. Agar 
shaxs bir necha marta oz miqdordan valyuta qimmatliklarini qonunga xilof 
ravishda olishi yoki o‗tkazishi natijasida umumiy miqdori ko‗p miqdorni tashkil 
etadigan valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olgan yoki o‗tkazgan 
bo‗lsa, uning qilmishi jinoyat yoki ma‘muriy huquqbuzarlik deb topish uchun bir 
qancha jinoyat sodir etishga oid qoidalarni to‗g‗ri bilish muhim hisoblanadi. Agar 
valyuta qimmatliklari oz miqdordan takroran sodir etilsa, bunday holda bir qancha 


132 
takroran sodir etilgan qilmish jinoyat miqdorini bersa ham ammo shaxs bir necha 
marta ma‘muriy huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javogarlikka tortiladi. 
Jinoyat kodeksidagi jinoyatlar majmuiga oid, shuningdek retsidiv jinoyatga 
qoidalarni to‗g‗ri qo‗llash jazo tayinlashda muhim hisoblanadi. Jinoyat majmuiga 
oid, shuningdek, retsidiv jinoyatga oid qoidalarni noto‗g‗ri qo‗llanishi qilmishni 
noto‗g‗ri kvalifikatsiya qilish hamda jazoni asossiz tayinlashga sabab bo‗ladi. Shu 
sababli bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasini o‗zida qamrab olgan takroran 
jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmui, retsidiv jinoyatlarga oid qoidalarni bilish 
muhim hisoblanadi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish