Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Takroran jinoyat sodir etish belgilari



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Takroran jinoyat sodir etish belgilari:
– Jinoyat kodeksi Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda 
alohida ko‗rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir 
necha jinoyatni sodir etgan bo‗lishi; 
– turli vaqtlarda sodir etgan bo‗lishi; 
– ularning birortasi uchun ham sudlangan bo‗lmasligi; 
– umumiy qasd bilan qamrab olinmagan bo‗lishi; 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining ―Bir necha jinoyat sodir 
etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‗g‗risida‖gi qaroriga 
ko‗ra jinoyatlar takroranligi deganda, qonunga ko‗ra shaxs tomonidan turli 
vaqtlarda qasddan sodir etilgan ikki va undan ortiq jinoyat tushunilib, bunda sodir 
etilgan jinoyat 
1. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi aynan bir moddasida nazarda tutilgan 
bo‗lishi, basharti unda bir xil jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilangan 
bo‗lsa.
2. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasi aynan bir qismida 
nazarda tutilgan bo‗lishi, basharti ushbu moddada turli jinoyat tarkiblari uchun 
javobgarlik belgilangan bo‗lsa, (masalan, JK 228, 248, 273-moddalari) shart. 
3. Jinoyat qonunida alohida nazarda tutilgan ayrim hollarda, shaxs 
tomonidan qasddan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida nazarda 
tutilgan ikki va undan ortiq jinoyat sodir etilishi ham takroran jinoyat deb topiladi 
(masalan, JK 118, 119, 211, 212-moddalari 2-qismlari, 213-moddasi 3-qismi, 276-
moddasi 2-qismi). 


133 
1. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi aynan bir moddasida nazarda tutilgan 
bo‗lishi, basharti unda bir xil jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilangan 
bo‗lsa deganda quyidagini tushunish kerak. Jinoyat kodeksining ko‗p moddalari 
bitta jinoyat tarkibidan iborat bo‗lib, bunday moddalar faqat bir qismdan yoki bir 
necha qismdan iborat bo‗ladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 106-moddasi bir 
jinoyat tarkibidan iborat. Shaxs Jinoyat kodeksining 106-moddasida nazarda 
tutilgan jinoyatni sodir etib, sodir etgan jinoyati uchun sudlanmasdan yana mazkur 
jinoyatni sodir etishi Jinoyat kodeksining 106-moddasidagi jinoyatni takroran sodir 
etgan deb topiladi. Bundan holda jazo tayinlashda har bir jinoyat uchun alohida 
emas, balki takroranlik belgisiga ko‗ra bitta jazo tayinlanadi. Bunday holda Jinoyat 
kodeksining 56-moddasiga asosan, ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan 
shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi og‗irlashtiruvchi belgi 
hisoblanadi. Yana bir misol. Jinoyat kodeksining 169-moddasining 1-qismidagi 
jinoyatni sodir etgan shaxs, ushbu jinoyati uchun javobgarlikka tortilmasdan 
Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismidagi jinoyat sodir etganda ham uning 
keyingi sodir etgan jinoyati takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Bunday holda 
shaxsning ikkinchi sodir etgan qilmishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi 
―a‖ bandi takroranlik belgisiga ko‗ra kvalifikatsiya qilinadi. Shaxsga jazo 
tayinlashda faqat bitta 169-moddasi 3-qismi ―a‖ bandi bilan jazo tayinlanadi.
2. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasi aynan bir qismida 
nazarda tutilgan bo‗lishi, basharti ushbu moddada turli jinoyat tarkiblari uchun 
javobgarlik belgilangan bo‗lsa deganda quyidagini tushunish kerak. Masalan, 
Jinoyat kodeksining 228-moddasining 1-qismi soxtalashtiruvchining o‗zi yoki 
boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan 
majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni 
qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, 
muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash 
yoxud sotish uchun javobgarlik belgilangan bo‗lsa, mazkur moddaning 3-qismida 
hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish uchun javobgarlik 
belgilangan. Ya‘ni Jinoyat kodeksining 228-moddasida turli jinoyat tarkiblari 
uchun javobgarlik belgilangan. Shu sababli ushbu moddaning 1-qismidagi 
jinoyatni sodir etib, shaxs sodir etgan jinoyati uchun sudlanmasdan, Jinoyat 
kodeksining 228-moddasining 3-qismidagi jinoyatni sodir etishi takroran jinoyat 
sodir etish deb topilmaydi. Ya‘ni ushbu jinoyatlarning tarkibi boshqa-boshqa. 
Mazkur holatda qilmish alohida-alohida kvalifikatsiya qilinadi va sodir etilgan 
jinoyatlar uchun alohida-alohida jazo tayinlanadi. 
3. Jinoyat qonunida alohida nazarda tutilgan ayrim hollarda, shaxs 
tomonidan qasddan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida nazarda 
tutilgan ikki va undan ortiq jinoyat sodir etilishi ham takroran jinoyat deb topiladi 
deganda quyidagini tushunish kerak. Masalan, Jinoyat kodeksining 211 yoki 212-
moddasidagi jinoyatni sodir etib, javobgarlikka tortilmasdan 210-moddasining 1-
qismidagi jinoyatni sodir etganda ham shaxs, Jinoyat kodeksining 210-
moddasining 2-qismi ―a‖ bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunday holda jazo 
tayinlashda sodir etilgan jinoyatlar uchun alohida-alohida jazo tayinlanadi.


134 
Tamom bo‗lgan jinoyat ham, jazoga sazovor bo‗lgan jinoyatga tayyorgarlik 
ko‗rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda 
jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Masalan, shaxs 
Jinoyat kodeksining 169-moddasining 1-qismidagi jinoyatni sodir etgandan so‗ng, 
javobgarlikka 
tortilmasdan 
169-moddaning 
2-qismidagi 
jinoyatni 
sodir 
etayotganda ushlanadi. Ya‘ni jinoyat suiqasd bosqichida to‗xtatiladi. Bunday holda 
shaxsning ikkinchi qilmishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi ―a‖ bandiga 
suiqasd deb topiladi hamda JKning 25-moddasi orqali kvalifikatsiya qilinadi. Ya‘ni 
ikkinchi jinoyat tamom bo‗lmagan bo‗lsa ham takroran deb topiladi. Shuningdek, 
shaxs birinchi marta o‗g‗rilik jinoyatini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til 
biriktirib sodir etib, keyinchalik Jinoyat kodeksining 169-moddasining 1-qismidagi 
jinoyatni javobgarlikka tortilmasdan yakka o‗zi sodir etganda ham keyingi jinoyati 
takroran sodir etilgan jinoyat deb topiladi. Takroran jinoyat sodir etishning ijtimoiy 
xavfi yuqoriligi kelib chiqib, ayrim jinoyatlarning og‗irlashtiruvchi belgisi sifatida 
mustahkamlangan.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining ―Bir necha jinoyat sodir 
etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‗g‗risida‖gi qarorida 
―Agar jinoyat-huquqiy normada takroranlik kvalifikatsiya belgisi sifatida 
ko‗rsatilgan bo‗lsa, shaxs tomonidan sodir etilgan bir necha aynan o‗xshash yoki 
takroranlikni tashkil etuvchi boshqa jinoyatlar Jinoyat kodeksining mazkur 
jinoyatni takroran sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli 
moddasi (moddasining qismi) bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bitta qilmishda 
takroranlik bilan bir qatorda Jinoyat kodeksi mazkur moddasining boshqa 
qismlarida ko‗rsatilgan kvalifikatsiya belgilari mavjudligi aniqlangan hollarda ham 
qilmish shu tarzda kvalifikatsiya qilinishi kerak (masalan, o‗g‗rilik sodir etilganda 
JK 169-moddasining uchinchi qismida ko‗rsatilgan takroranlik belgisi va ushbu 
moddaning to‗rtinchi qismida ko‗rsatilgan boshqa kvalifikatsiya belgilari 
aniqlangan bo‗lsa, qilmish JK 169-moddasining to‗rtinchi qismi bilan 
kvalifikatsiya qilinishi lozim). Bunday hollarda shu moddaning boshqa qismlarida 
ko‗rsatilgan jinoyatning kvalifikatsiya belgilari ayb mazmuniga kiritilishi va 
shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish 
to‗g‗risidagi qaror va hukmda ko‗rsatilishi shart‖ deb tushuntirish berilgan. 
Jinoyat kodeksining 32-moddasiga ko‗ra agar shaxs ilgari sodir etgan 
qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan bo‗lsa, jinoyat takroran 
sodir etilgan deb topilmaydi. Javobgarlik yoki jazodan ozod qilish asoslari Jinoyat 
kodeksining 64 –76-moddalarida mustahkamlangan. 
Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yo‗naltirilgan bir 
jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga o‗xshash bir necha jinoiy qilmishlardan 
iborat bo‗lgan (davomli) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi. Takroran 
jinoyat sodir etishning davomli jinoyat sodir etishdan farqlashda qasdga e‘tibor 
qaratilishi lozim. Yagona qasd bilan sodir etilgan, ammo bitta jinoyat tarkibini 
tashkil etuvchi bir necha harakatlardan iborat jinoyat davomli jinoyat deb topiladi. 
Masalan, shaxs ko‗p miqdordagi mulkni talon-toroj qilish maqsadida bir necha 
marta xonadonga kirib, o‗g‗rilik sodir etadi. Bunday holda shaxsning bir necha 


135 
marta kirganligi uning harakatini takroran deb topishga asos bo‗lmaydi. Ya‘ni 
mazkur holatda shaxsni yagona qasdi xonadondan ko‗p miqdordagi mulkni talon-
toroj qilishga qaratilganidan kelib chiqadi.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining ―Bir necha jinoyat sodir 
etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‗g‗risida‖gi qarorida 
quyidagi tushuntirishlar berilgan. Jinoyatlar takroranligini bir qator aynan o‗xshash 
xatti-harakatlar bilan turli vaqtlarda sodir etilgan bo‗lsa-da, biroq yagona qasd 
bilan qamrab olingan, obyekt va sodir etish usuli, oqibatlari bir xilligi jihatidan 
o‗zaro o‗xshash davomli jinoyatdan farqlash lozim. Bunday hollarda barcha 
qilmish Jinoyat kodeksining mazkur jinoyatni sodir etganlik uchun javobgarlikni 
nazarda tutuvchi bitta moddasi yoki moddasi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi 
lozim. 
Davomli jinoyat bir necha xatti-harakatlardan oxirgisi sodir etilgan paytdan 
boshlab tugallangan deb hisoblanishi tufayli, jinoyat qonuniga bu qilmish uchun 
jazoni 
kuchaytiradigan 
yoki 
shaxsning 
holatini 
boshqacha 
tarzda 
yomonlashtiradigan o‗zgartirishlar kiritilganda, agar jinoyat epizodlaridan hech 
bo‗lmaganda bittasi qonun yangi tahrirda amal qila boshlagan davrda sodir etilgan 
bo‗lsa, davomli jinoyatning barcha epizodlari yangi qonun bo‗yicha kvalifikatsiya 
qilinishi kerak. 
Davomli jinoyat sodir etilishi davrida shaxs tomonidan boshqa jinoyat sodir 
etilgan bo‗lib, uning belgilari Jinoyat kodeksining davomli jinoyat uchun 
javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinmasa, 
uning harakatlari Jinoyat kodeksining davomli jinoyat uchun javobgarlikni nazarda 
tutuvchi hamda boshqa jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari 
majmui bo‗yicha kvalifikatsiya qilinadi. 
Davomli jinoyatning boshlanishi birinchi jinoiy harakat boshlanganda
tamom bo‗lishi oxirgi jinoiy harakatni amalga oshirilishi bilan bog‗liq.
Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo‗lib, bir 
jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa cho‗zilgan) jinoyat takroran 
sodir etilgan deb topilmaydi. Uzoqqa cho‗zilgan jinoyat ham bir umumiy qasdga 
qaratilgan bo‗ladi. Masalan, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni 
moddiy ta‘minlashdan bo‗yin tovlash; ota-onani moddiy ta‘minlashdan bo‗yin 
tovlash, harbiy yoki muqobil xizmatdan bo‗yin tovlash, dezertirlik va boshqa 
jinoyatlarni uzoqqa cho‗zilgan jinoyat sifatida qarash mumkin. Uzoqqa cho‗zilgan 
jinoyatning boshlanishi birinchi jinoiy harakatning boshlanishi bilan tamom 
bo‗lishi shaxsning o‗zi tomonidan yoki jinoyatni to‗xtatilishiga ta‘sir qiluvchi 
omilni vujudga kelishi masalan, boshqa organlar tomonidan jinoyat sodir etgan 
shaxsni qo‗lga olinishi bilan bog‗liq.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish