Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

birinchidan,
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etuvchi shaxslarga nisbatan 
tayinlanadi;
ikkinchidan,
jazoni o‗tayotgan shaxsni jamiyatda sodir bo‗layotgan 
jarayonlarning ongli, faol hamda qonunga itoatkor ishtirokchisiga aylantirish 
maqsadini ko‗zlaydi;
uchinchidan,
ijtimoiy xavfli qilmishlarning qonunga muvofiq muayyan 
jazolar tayinlash bilan bog‗liq jinoiy qilmishlar deb topilishi hamda mazkur 
jazolarning amalda qo‗llanilishi ma‘naviy va axloqiy jihatdan beqaror shaxslarga 
ijobiy, ya‘ni ular tomonidan huquqiy-tartibot talablariga rioya etilishi yo‗nalishida 
ta‘sir ko‗rsatishini nazarda tutadi.
Alohida majburlov chorasi bo‗lgan jinoiy jazo boshqa davlat majburlov 
choralaridan farqli ravishda:
1) faqat jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor 
deb topilgan shaxsga;
2) faqat sud davlat nomidan chiqargan hukmga binoan; 
3) faqat jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda tayinlanishi mumkin; 
4) jinoiy jazoning shaxsga nisbatan jafo keltirish darajasi ancha yuqori; 
5) shaxsning muayyan huquqlaridan mahrum qilish yoki cheklash doirasi 
ancha yuqori bo‗ladi; 
6) jinoiy jazo sudlanganlikni keltirib chiqaradi. 
JK 42-modda 2-qismida jazo maqsadlariga: 
– mahkumni axloqan tuzatish;
– mahkumning jinoiy faoliyatini davom ettirishiga to‗sqinlik qilish; 
– mahkumning yangi jinoyat sodir etishini oldini olish; 
– boshqa shaxslarning ham jinoyat sodir etishlarini oldini olish kiradi deb 
ta‘kidlangan. 
Tarbiyalash 
jazoning alohida bir maqsadi sifatida jinoyat sodir etgan shaxsga 
jazo qo‗llash orqali uni qonunga rioya etish ruhida tarbiyalash, qonun va axloq 


145 
normalarini hurmat qilish, halol turmush kechirish va mehnat qilish ruhida 
tarbiyalashdan iboratdir. 
Jinoiy faoliyatni davom ettirishiga to„sqinlik qilish
esa jazoning maxsus 
maqsadi sifatida shaxsni, jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanadigan manfaatlarga qarshi 
qaratilgan ijtimoiy xavfli tajovuziga chek qo‗yilishini anglatadi.
Jinoyatning oldini olish
jinoyat huquqida ikkiga umumiy va maxsus oldini 
olishga ajratiladi (umumiy va maxsus preventsiya).
Umumiy ko‗rinishdagi oldini olish deganda boshqa shaxslarning ham jinoyat 
sodir etishlarini oldini olishni nazarda tutsa, maxsus oldini olish esa mahkumning 
yangi jinoyat sodir etishini oldini olishni nazarda tutadi. 
Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga 
to‗sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir 
etishining oldini olish maqsadida qo‗llaniladi.
Jazoning umumiy ogohlantiruvchi ta‘siri uch asosiy ko‗rsatkich bo‗yicha 
amalga oshiriladi:
birinchidan, u qo‗rqitish ta‘sirini vujudga keltiradi. Jazodan qo‗rqish 
jamiyatning ma‘naviy va axloqiy jihatdan beqaror a‘zolarini jinoyat sodir etishdan 
o‗zini tiyishga majbur qiladi;
ikkinchidan, jazo ma‘naviy va axloqiy taqiqlarni yanada mustahkamlaydi. 
Natijada shaxs huquq kuchaytirgan axloq normalariga rioya qilib, belgilangan 
ijtimoiy tartibni buzishdan o‗zini tiyishi mumkin; 
uchinchidan, jinoiy javobgarlikka tortish imkoniyatining mavjudligi 
odamlarda odatdagi qonunga bo‗ysunuvchanlikni tarbiyalash va rag‗batlantirishga 
qodir. 
Mahkumni axloqan tuzatish maqsadi
jazoni o‗tagan shaxs o‗z jamiyatining 
mehnatga vijdonan munosabatda bo‗luvchi, uning qonun-qoidalarini hurmat 
qiluvchi munosib a‘zosiga aylanishini nazarda tutadi. 
Nihoyat, 
jinoyatlarning oldini olish
jinoiy jazoning uchinchi va ayrim 
mutaxassislarning fikricha, eng muhim maqsadidir. Jazoning ogohlantiruvchi 
ta‘siri uning og‗irligida emas, balki muqarrarligida o‗z aksini topadi.
Jazoning ogohlantiruvchi ta‘siri uch bosqichdan iborat: 
1) qonun chiqarish; 
2) sudning jazo tayinlashi; 
3) jazoni ijro etish. 
Jinoyatlarning oldini olish jazoning pirovard maqsadidir. Mahkumlarni 
axloqan tuzatish va qayta tarbiyalash, jinoyatlarning umumiy va maxsus oldini 
olish jinoiy jazoning oraliq maqsadlari bo‗lib, ular jazoning pirovard maqsadiga 
erishishga xizmat qiladi. Jazolash jinoiy jazoning maqsadi hisoblanmaydi, u 
jazoning mohiyati va mazmunini tashkil etadi va uning maqsadiga erishish vositasi 
bo‗lib xizmat qiladi.
Jazoning maqsadlariga uni tayinlash va ijro etishning mushtarakligini 
ta‘minlash orqali erishiladi. Qilmishning og‗irligiga va aybdorning ijtimoiy 
xavflilik darajasiga mos, odil jazo tayinlanishi lozim. Faqat shundagina jazo o‗z 


146 
oldiga qo‗yilgan maqsadlarga erishish imkonini berishi mumkin. Ayni vaqtda 
tayinlangan jazo lozim darajada ijro etilishi ham muhim ahamiyatga ega.
Darhaqiqat bugungi kundagi eng muhim masalalardan biri bu jinoiy jazoning 
qanday qo‗llanilishi, ya‘ni tayinlanishi va ijro etilishidir. Chunki jazoning asl 
mohiyatini aks ettirish va undan ko‗zlangan maqsadga erishishda, uni to‗g‗ri 
tayinlash, tayinlangan jazoni esa oqilona ijro etilishi hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etadi. Shu munosabat bilan, hozirda dunyo bo‗ylab ko‗plab mutaxassislarni
davlatning jinoyat-huquqiy siyosati samarasizligi sabablarini jazo siyosatidan 
emas, balki aynan penitensiar siyosatdan izlashga urinayotganligi ham bejizga 
emas. Jinoiy jazo tizimi turlicha bo‗lishi mumkin, og‗ir, yengil, liberal yoki 
repressiv va hokazo. Ammo u odilona va to‗g‗ri tayinlanmasa, bu masala umuman 
ahamiyat kasb etmaydi. Xuddi shunday, tayinlangan jazo, u qanday jazo turi 
bo‗lishidan qat‘i nazar, oqilona ijro etilmasa (har ikkala holatda ham jazoning 
maqsadlariga tamomila erishish nazarda tutilmoqda), har qanday mantiq chippakka 
chiqishi muqarrar. 
Tayinlangan jazoni ijro etish o‗ta nozik masala hisoblanadi. Sababi jamiyat 
uchun xavfli bo‗lgan, boshqa shaxsga, jamiyatga yoki davlatga ziyon keltirgan 
shaxs bilan ishlash, unga nisbatan jazoning maqsadlarini tatbiq etish nuqtayi 
nazaridan yondashish har doim va har tomonlama murakkab faoliyat hisoblanadi. 
Uning nozikligi ham aynan shu bilan belgilanadi. Jazoni ijro etishda ham birinchi 
navbatda differensiasiya prinsipi yetakchilik qilmog‗i lozim. Shaxsni sodir etgan 
jinoyati, uning sababi, jinoyatchi shaxsi va boshqa holatlar hisobga olinib, 
differensiasiyalashgan va individuallashgan jazoni ijro etish tizimi samarali 
bo‗lishi mumkin. Dunyoning ko‗plab davlatlari bunday tizimni allaqachon 
tushunib yetgan va ular bunday usulni bir necha yildirki muvaffaqiyat bilan qo‗llab 
kelishmoqda. Jazoni ijro etish jarayonida jazoning maqsadlari to‗la o‗z aksini 
topishi ham o‗ta muhim masala hisoblanadi. Ya‘ni bunda jinoyat sodir etgan shaxs, 
qilmishi uchun, eng avvalo, jazolanishi, ayni vaqtda tarbiyalanishi lozim. Jazo 
ijrosi mexanizmi shunday bo‗lishi kerakki, bunda ushbu har ikkala maqsad o‗zaro 
mushtarak va hamohang bo‗lmog‗i lozim.
Jinoyatchilikni profilaktika qilishda davlat juda ko‗plab vositalardan 
foydalanishi mumkin. Eng avvalo, barcha masala iqtisodiy tomonga borib taqaladi. 
Mamlakatda iqtisodiy vaziyat qanchalik mo‗‘tadil bo‗lsa, jamiyatdagi ijtimoiy 
ahvol Shunchalik mustahkam bo‗ladi. Lekin bu ham muammoning yechimi emas. 
Chunki bunday holatda ham jinoyatchilikka chek qo‗yib bo‗lmaydi. Sababi ushbu 
vaziyatda jinoyatchilikning yangi ko‗rinishlari avj oladi. Masalan, iqtisodiy 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish