Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

RETSIDIV JINOYAT TURLARI 
oddiy retsidiv jinoyat 
xavfli retsidiv jinoyat 
o„ta xavfli retsidiv 
jinoyat 
Jumladan, shaxsning ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganidan 
keyin qasddan yangi jinoyat sodir etishi retsidiv jinoyat deb topiladi. Ushbu 
tushuncha oddiy retsidiv jinoyat ma‘nosini bildiradi. 
Oddiy retsidiv xavfli va o‗ta xavfli retsidivdan farqli o‗laroq, Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismi moddalarida kvalifikatsiya belgisi sifatida ko‗rsatilmagan va Jinoyat 
kodeksining 56-moddasi ―n‖ bandiga asosan, faqat jazoni og‗irlashtiradigan holat 
sifatida e‘tiborga olinadi.
Retsidiv jinoyatning asosiy belgilari quyidagilar: 
birinchisi – qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi; 
ikkinchisi – sudlanganidan keyin yana qasddan jinoyat sodir etishi. 
Mazkur belgilar retsidiv jinoyatning barcha turlari uchun umumiy belgi 
hisoblanadi. 
Retsidiv jinoyat deb topish uchun shaxs tomonidan muqaddam sodir etgan 
jinoyati uchun sudlangandan so‗ng yangi jinoyat sodir etilganligi talab etilishi 
tufayli oxirgi jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlash muhim ahamiyatga ega. 
Qayd etish lozimki, shaxsga ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganligi 
to‗g‗risida e‘lon qilingan paytdan boshlab u sudlangan deb topiladi. Hukm e‘lon 
qilingan vaqtdan boshlab uning qonuniy kuchga kirgunga qadar o‗tgan vaqt ichida 
sodir etilgan yangi jinoyat retsidiv jinoyatni tashkil etmaydi. 
Masalan, shaxs Jinoyat kodeksining 109-moddasi bo‗yicha qasddan badanga 
yengil shikast yetkazish jinoyati uchun ayblov hukm qonuniy kuchga kirgunga 
qadar, Jinoyat kodeksining 169-moddasi bo‗yicha o‗g‗rilik jinoyatini sodir etdi. 
Mazkur jinoyatni retsidiv jinoyat sifatida baholab bo‗lmaydi. Chunki ushbu 
misolda shaxsning birinchi qasddan sodir etgan jinoyati uchun ayblov hukmi 
qonuniy kuchga kirmagan hamda shaxs qasddan ikkinchi jinoyatini sodir etgan 
vaqtda sudlanmagan hisoblangan. 
Quyidagi misol esa retsidiv jinoyat sifatida baholanadi. 
Masalan, shaxs Jinoyat kodeksining 109-moddasi bo‗yicha qasddan badanga 
yengil shikast yetkazish jinoyati uchun sudlanganidan so‗ng, Jinoyat kodeksining 
169-moddasi bo‗yicha o‗g‗rilik jinoyatini sodir etishi retsidiv jinoyat sifatida 
baholanadi. Retsidiv jinoyat shaxsga jazo tayinlashda og‗irlashtiruvchi holat 
sifatida baholanadi.
Ilgari hukm qilingan jinoyatiga o‗xshash jinoyat sodir etgan, Jinoyat 
kodeksida alohida ko‗rsatilgan hollarda esa Maxsus qismining boshqa moddalari 
bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi xavfli 
retsidiv jinoyat deb topiladi. Xavfli retsidiv jinoyat Jinoyat kodeksining Maxsus 
qismi ayrim normalarida og‗irlashtiruvchi holat sifatida qayd etilgan. Masalan, 


140 
shaxs qasddan badanga og‗ir shikast yetkazish jinoyatini sodir etganlik uchun 
sudlanganidan keyin, yana qasddan badanga og‗ir shikast yetkazish jinoyatini sodir 
etsa, mazkur jinoyat xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi hamda xavfli retsidivist 
tomonidan qasddan badanga og‗ir shikast yetkazish jinoyatini sodir etganlik uchun 
javobgarlikni keltirib chiqaradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining ―Bir necha jinoyat sodir 
etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‗g‗risida‖gi qarorida 
xavfli retsidiv jinoyat tushunchasi quyidagicha yoritilgan. Xavfli retsidiv jinoyat 
deb topishni qonun shaxsning ilgari sodir etgan jinoyati uchun sudlangandan keyin 
unga aynan o‗xshash yangi jinoyatni qasddan sodir etishi bilan bog‗laydi. 
Aynan o‗xshash jinoyatlar deganda: shaxs ilgari sudlangan Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismi aynan bir moddasida nazarda tutilgan (agar moddada bir xil jinoyat 
tarkiblari uchun javobgarlik belgilangan bo‗lsa); 
shaxs ilgari sudlangan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi muayyan moddasi 
aynan bir qismida nazarda tutilgan (agar moddada turli jinoyat tarkiblari uchun 
javobgarlik belgilangan bo‗lsa, masalan, JK 228, 248, 273-moddalari) jinoyatlarni 
yangidan sodir etish tushunilishi lozim. 
Jinoyat qonunida alohida nazarda tutilgan ayrim hollarda, shaxs ilgari 
sudlangan jinoyatlarga aynan o‗xshash bo‗lmagan yangi jinoyatning qasddan sodir 
etilishi ham xavfli retsidiv jinoyat deb topiladi (masalan, JK 118, 119, 211, 212-
moddalari ikkinchi qismlari).
Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan, shaxsni o‗ta xavfli retsidivist deb 
topish uchun quyidagilar asos bo‗ladi: 
Besh yildan kam bo‗lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi 
tayinlanishi mumkin bo‗lgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, ya‘ni: 
a) ilgari o‗ta og‗ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‗ir jinoyati uchun hukm 
qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam bo‗lmagan muddatga ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan o‗ta og‗ir jinoyat sodir etilishi; 
b) ilgari og‗ir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-
keyinligidan qat‘i nazar, og‗ir yoki o‗ta og‗ir jinoyatlar uchun ularning har biriga 
besh yildan kam bo‗lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi 
tayinlangan shaxsning og‗ir jinoyat sodir etishi o‗ta xavfli retsidiv jinoyat deb 
topiladi. 
Sudning hukmi bilan shaxs o‗ta xavfli retsidivist deb topilishi mumkin. 
Shaxsni o‗ta xavfli retsidivist deb topish to‗g‗risidagi masala hal qilinayotgan 
vaqtda uning boshqa davlatlar sudlarining hukmlari bo‗yicha sudlanganligi ham 
hisobga olinishi mumkin. 
Demak, Jinoyat kodeksi 34-moddasi uchinchi qismiga muvofiq o‗ta xavfli 
retsidiv jinoyat deb topish uchun yangi sodir etilgan jinoyatning faqat og‗irligi 
emas, shu bilan birga shaxs ilgari og‗ir yoki o‗ta og‗ir jinoyati uchun besh yildan 
kam bo‗lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan 
bo‗lishi ham talab etiladi. Shaxs keyinchalik jazodan ozod qilingan yoki jazo 
yengilrog‗i bilan almashtirilgan hollarda ham dastlabki tayinlangan jazo 
muddatidan kelib chiqilishi shart.


141 
Shaxsni o‗ta xavfli retsidivist deb topish to‗g‗risidagi masala hal qilinayotgan 
vaqtda uning o‗n sakkiz yoshga to‗lgunga qadar sodir etgan jinoyati uchun 
sudlanganligi, Shuningdek qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik muhlatining 
o‗tib ketganligi yoki olib tashlangan sudlanganligi inobatga olinmaydi. Masalan, 
shaxs 18 yoshga to‗lgunga qadar sodir etgan o‗ta og‗ir jinoyati uchun sudlanganligi 
davrida qasddan o‗ta og‗ir jinoyat sodir etsa, u o‗ta xavfli retsidivist deb topilishi 
mumkin emas. Ya‘ni uning birinchi jinoyati 18 yoshga to‗lgunga qadar sodir 
etilgan. 
Yana shuni qayd etish lozimki, 18 yoshga to‗lmagan shaxslar sodir etgan o‗ta 
og‗ir jinoyatlari uchun o‗ta xavfli retsidivist deb topilmaydi. 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining o‗ta xavfli retsidivist tomonidan sodir 
etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari shaxs ushbu jinoyatni 
sodir etguniga qadar qonunda belgilangan tartibda o‗ta xavfli retsidivist deb 
topilgan bo‗lsagina qo‗llaniladi. 
Qayd etish lozimki, muqaddam o‗ta xavfli retsidivist deb topilgan shaxsning 
yangi sodir etilgan jinoyat uchun javobgarligi masalasini hal etishda, shaxsning 
o‗ta xavfli retsidivist deb topilganlik holati faqat sudlanganlik undan JK 79-
moddasida belgilangan tartibda olib tashlangandagina bekor qilinadi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish